1. Talim metodlari tushunchasi Ta’lim metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish. Ta`lim metodlarining mohiyati va mazmuni


Download 148 Kb.
bet2/2
Sana08.03.2023
Hajmi148 Kb.
#1251407
1   2
Bog'liq
Zamonaviy didaktikada ta`lim meto

O’quvchining asosiy vazifasi – o’qituvchining gaplarini tinglash va ularni tushunib olishdir. Ikkinchi guruhga o’qishning yo’llari: mashqlar, mustaqil, laboratoriya, amaliy va kontrol ishlar kiradi. O’quvchi faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan metodning samaradorligini belgilaydi. O’qituvchining roli bolalarning o’qishiga mohirona rahbarlik qilishdan iborat bo’ladi. Tasniflashning shunday turlari ham mavjudki, ularda o’qitish metodlari o’qishning tegishli metodlariga: axborot-umumlashtirish, ijrochilik-tushuntirish, reproduktiv, instruktiv-amaliy va mahsulli-amaliy, tushuntirish-da'vat va qisman izlanishli, undovchi va izlanish tarziga mos keladi.
Amalda o’qitish metodlarini tasniflashga bilimlar manbai mantiqan asoslar bo’yicha (N. M. Verzilin), bilimlar manbai va o’quvchilarning o’quv faoliyatidagi mustaqillik darajasi bo’yicha (A.N.Aleksyuk, I. D. Zverov va boshqalar) baravar yondashish eng ko’p uchraydi.
S. G. Shapovalenko metodlarning to’rt jihatini: mantiqiy-mazmuniy, protsessual va tashkiliy boshqarilishi jihatlarini ko’rib chiqadi. Metodlarni tasniflash muammosiga turlicha qarashlar ular haqidagi bilimlar tabaqalanishi va birlashishining tabiiy jarayonini aks ettiradi (Svetlovskaya, Suvorova, L'vov, Mavlonova va boshqalar).


O’QITISHNING OG’ZAKI METODLARI
1. Yangi bilimlarni berish metodlari. Biz o’qitish metodlarini tasniflashda yetakchi metodlardan birini ajratdik. U bilimlar manbai, ya'ni yangi bilimlar g`amda ta'riflarni berish; tushuntirish, hikoya, maktab ma'ruzasi metodlari majmuidir. Quyida ana shu metodlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Tushuntirishni ayrim tushunchalar, voqealar, harakat prinsiplarini og’zaki talqin etish deb anglash lozim. O’qitishning bu metodida eng asosiy narsa mushohadalarni ilmiy isbotlash mantig’idir. Ilmiy fikrlash mantig’i tushuntirishga qo’yiladigan asosiy talabni belgilaydi. Bu nimani bildiradi, avvalo, o’qituvchi yangi materialni o’tishda foydalaniladigan o’quv predmetining ilmiy mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur materialni tanlay olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak. Bundan tashqari, bolalar mazkur materialni o’rganishning maqsadini aniq belgilashi, ularga qiziqarli bo’ladigan faktli materialni tanlashi lozim. Buning uchun esa o’qituvchi o’quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda ularning diqqatini tez jalb etishi va bilishga doir ishlarini faollashtirishi zarur. O’qituvchining nutqi yorqin, aytgan so’zlari bolalarga tushunarli bo’lishi kerak. Ana shu fikrlarimizning dalili sifatida matematika darsini olaylik.

Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda o‘quvchi-talabalarning fikr-lash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. "Zakovatli zukko" metodi o‘quvchi-talabalarda tezkor fikrlash ko‘nik-malarini shakllan-tirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoni-yatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchi-talabalar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi.


Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiyma-tini topish asosida o‘quvchi-talabalarning tafakkur tezligi aniqlanadi.
Ballarning belgilanishi o‘quvchi-talabalarning shaxsiy imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Metod o‘quvchi-talabalar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin.
Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling