1. Ta'lim sohasidagi islohotlar, modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlari


Uzluksiz ta'lim tizimining o‘rni va ahamiyati


Download 118.88 Kb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi118.88 Kb.
#1354603
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

2. Uzluksiz ta'lim tizimining o‘rni va ahamiyati
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta'lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta'limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta'limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta'lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e'tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta'lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta'lim olish emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz ta'lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Ba'zi bir manbalarga ko‘ra, ta'limning uzluksizligi to‘g‘risidagi ilk g‘oyalarni ba'zi bir G‘arb tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel va Senekanning insonning doimiy ravishda ma'naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda bunga o‘xshash g‘oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin. Uzluksiz ta'lim g‘oyasining paydo bo‘lishi o‘z navbatida, bir tomondan pedagogik konsepsiya sifatida, boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo‘lgan. Umuman, bugungi kun tushunchasidagi kattalar ta'limi rivojlanishi XIX asrdagi sanoat inqilobi natijasida fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar oqibati bilan bog‘liq.
  • Bilishga o‘rganish. Bu shaxsning keng umumiy madaniyatini fanlarning cheklangan sohasida bilimlarni chuqur egallashni nazarda tutadi. Shaxsning umumiy madaniyati ta'lim olishni rag‘batlantiradi, uning bilimini muttasil oshirib borishga o‘rgatadi. Bu, shuningdek, uzluksiz ta'lim tug‘dirgan imkoniyatlardan foydalangan holda o‘qishni o‘rganishni ham ko‘zda tutadi.
  • Ishlashni o‘rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o‘rganishi kerak.
  • Birgalikda yashashga o‘rganish. Umumiy loyihalarni amalga oshirish, hur fikrlilik, o‘zaro anglashuv, kelishish qadriyatlarini hurmat qilgan holda mojaroli vaziyatlarni hal qilishda bevosita ana shu fazilat asqotadi.
  • Yashashni o‘rganish. Bu o‘z shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrga ega bo‘lish, shaxsiy mas'uliyat demakdir. Shuning uchun ta'limda insonning ushbu fazilatlarini rivojlantiradigan barcha vositalardan: xotira, mushohada yurgizishga qodirlik, estetik did, jismoniy imkoniyatlar, aloqa qilishga qodirlik va hokazolardan samarali foydalanilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi F4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta'lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta'lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
2018 yil 17 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti huzurida ta'lim tizimi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda inson resurslarini rivojlantirish poydevori bo‘lgan, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma'naviyat asoslarini shakllantiruvchi umumiy o‘rta ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million o‘quvchi ta'lim olmoqda. Bu aholining 16 foizini tashkil etadi, o‘quv-tarbiyaviy va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Biroq so‘nggi 20 yilda asosiy e'tibor kollej va litseylarga qaratilib, umumta'lim maktablari faoliyatini zamon talablariga javob beradigan yaxlit bir tizimga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz bo‘lgan.
Yig‘ilishda maktablarni moliyalashtirishga ikkinchi darajali masala sifatida qaralib, ushbu tizimga byudjet mablag‘lari «qoldiq» usulida ajratib kelinganligi, ayniqsa xalq ta'limi tizimi xodimlari yillar davomida o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan boshqa ishlarga muntazam jalb qilinib, tom ma'noda «tekin xizmatkor» ga aylanib qolganligi keskin tanqid qilindi.
Respublikada ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda. Ta'lim sohasini isloh etish borasida 2016-2018 yillarning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasiga doir yetmishdan ortiq farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Ushbu g‘oyat muhim huquqiy hujjatlar mamlakatimizda ta'lim tizimini tom ma'noda sifat jihatdan tubdan o‘zgarish va yangilashlar jarayonlari uchun asos bo‘ldi.

Download 118.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling