1. Ta’limni tashkil etish shakli deganda nimani tushunasiz?


Ta’limni tashkil etish shakli qanday tanlanadi?


Download 27.88 Kb.
bet3/4
Sana25.08.2023
Hajmi27.88 Kb.
#1670043
1   2   3   4
Bog'liq
1. Ta’limni tashkil etish shakli deganda nimani tushunasiz -fayllar.org

3. Ta’limni tashkil etish shakli qanday tanlanadi?
Ta’lim mazmuni normativ xujjatlar:o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ko‘rsatilgan.O‘quv rejasi: davlat xujjatidir. O‘quv rejasi barcha ta’lim muassasalarida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat xujjatidir. O‘quv rejasi tegishli ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘quv rejasida:
- o‘quv yilining boshlanishi va tugash vaqti, beriladigan ta’tillarning kuni, ta’lim muassasasida o‘tilishi kerak bo‘lgan fanlarning tizimi;
- o‘rganilayotgan fanlarning ro‘yxati va bo‘linishi (taqsim qilinishi);
- fanlarning asosiy va fakultativlarga bo‘linishi;
- har bir sinfda o‘quv fanlarini o‘rganishda haftalik va yillik taqsim qilinishi soati ko‘rsatilgan bo‘ladi.O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida har bir o‘quv fani uchun tuziladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanini o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyoiy yo‘nalishini aniqlab beradigan xujjatdir.
O‘quv dasturida o‘quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha talabalarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o‘quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ta’lim mavzular orqali ko‘rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan talaba o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar qsqacha ifodalab beriladi. O‘quv dasturi uch qismga bo‘linadi:
- tushuntirish xati (o‘rganilayotgan fanning) maqsad va vazifalari;
- mazmuniy (asosiy) qism;
- bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashda metodik ko‘rsatma, ta’limning ko‘rsatma’li va texnik vositalari soni, tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati;
Darslik – o‘quv adabiyotlarining asosiy turi. Unda fan va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasi, aniq sohadagi bilimlar asosida tizimli ravishda bayon etiladi. Darslik ta’lim asosiy maqsad va vazifalariga, aniq yoshdagi ijtimoiy guruhning rivojlanishiga va tarbiyalanishiga javob beradi.Darslik talabalarning ikkinchi “muallimi”. Chunki u avvalo talaba uchun zarur qo‘llanmadir. Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir. Darslik bilan bir qatorda ayrim o‘quv fanlari yuzasidan o‘quv qo‘llanmalari tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, atlaslar, xrestomatiyalar, lug‘at kitoblari kabilar.
Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yaratildi. DTS O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” normativ xujjatlari asosida yaratilgan. Standart o‘lchov, andoza, qolip, mezon ma’nosini beradi. DTS ta’limning mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.DTS ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining sifatiga qo‘yiladigan minima’l darajadagi talabni aniqlaydi. DTSlarni bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.



Download 27.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling