1. Tamoyil haqida tushuncha Insonparvarlik tamoyili haqida


ALISHЕR NAVOIYNING INSONPARVARLIK GʻOYALARIDAN TAʼLIM TIZIMIDA FOYDALANISH


Download 60.42 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi60.42 Kb.
#1340556
1   2   3
Bog'liq
Insonparvarlik

ALISHЕR NAVOIYNING INSONPARVARLIK GʻOYALARIDAN TAʼLIM TIZIMIDA FOYDALANISH


05/08/2022 MAQOLALAR 573 koʻrilgan
Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy qoldirgan maʼnaviy meros nafaqat xalqimizning, balki butun insoniyatning maʼnaviy mulkiga aylangan. Chunki, hazratning insonparvarlik gʻoyalari millatidan, jinsidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar umuminsoniyatning manfaatiga xizmat qilmoqda.
Navoiy ijodining markazida inson turadi. Allomaning nazaridagi inson ijodkor, qobiliyatli, bilimli, sabr-qanoatli, rostgoʻy adolatli, halol, insofli mehnatsevar va kamtarlik kabi insoniy fazilatlarga ega boʻlgan shaxs.
Navoiyning fikricha, Allohning irodasi bilan togʻu toshlar, oʻsimliklar dunyosi, dengiz va okeanlar, bir soʻz bilan aytganda butun borliq yaratilgan. Ammo hazrati inson bu moʻjizalarning eng asosiysidir. Shu tufayli dunyodagi barcha noz-neʼmatlar, yaxshi narsalar inson uchun yaratilgan. Aql-farosat sohibi boʻlgan inson bu imkoniyatlardan oqilona foydalanishi lozim. Boshqacha aytganda, inson aql farosati, tafakkuri, muomala madaniyati, oʻzini tutishi, tevarak-atrofga boʻlgan munosabati bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Mutafakkir “Nasoyimul muhabbat” asarida avliyolarga xos boʻlgan 16ta sifatga, yaʼni tavba, halol luqma bilan ovqatlanish, oʻz kasbi bilan kun oʻtkazish, shariatga rioya etish, tariqat odobini saqlash, kamsuqumlik, farzandlari va xizmatkorlariga qoʻpollik qilmaslik, chuchuk tilli, rahmdil, saxiy va mard boʻlish, ilmlilik, xushxulqlik, rozi-rizolik bilan kun kechirish, sabrli, sadoqatli va vafoli boʻlish, riyozat chekishdan qoʻrqmaslik xislatlariga alohida eʼtibor qaratgan [6].
Alisher Navoiy insonga hayotdagi faoliyatiga, kasbi-koriga, foydali ishlariga qarab baho bergan. Allomaning barcha asarlarida komil insonga xos sifatlar yoritib berilgan. Jumladan, odob toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalari eʼtiborga loyiq. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, istarasi issiq va yoqimli boʻladi. Bunday inson doimo izzat-hurmatga loyiq. Yutuq va erishilgan natijalar odob orqali kelishi, obroʻ misqollab yigʻilishi va botmonlab toʻkilishi mumkinligi hayotning sinovidan oʻtgan haqiqatdir. Shuningdek, mutafakkirning komil insonga xos gʻoyalaridan biri qoʻli ochiqlik, saxiylikdir. “Karam – bir jabrlanganning qattiqchilik yukini koʻtarmoq va uni oʻsha qiyinchiliklardan qutqarmoq. Karam – birovning mashaqqat tikanining ogʻirligini koʻtarmoq va u tikan uchidan gulidek ochilmoq va oʻsha qilgan ishlarni tilga keltirmaslik, ogʻziga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uni yuziga solmaslikdir” [4].
Himmatli kishilar xalqning orasida obroʻga sazovor boʻladi. Alloma odamlarni insofli, saxovatli, adolatli, ahil va karomatli boʻlishga, bir-biriga yordam berishga daʼvat etadi. Mutafakkir ehsonni ulugʻlab: “Ehson degan sifatni abadiy saodat bil. Kishilik bogʻining koʻngilga yoqar daraxti ehsondir. Barcha maqbul sifatlar va holatlar ehsonga qarashlidir, bu sifat va holatlarni u oʻz ichiga olgan hamda shuning oʻzida voqeadir. U barcha ezguliklarni oʻzida toʻplagan va barcha yaxshiliklar haqiqatdan unga tegishlidir” [4].
Navoiyning fikricha, yaxshilikni oʻziga maqsad qilib olgan odamlar saxiy va himmatli boʻladi. “Saxiylik kishilar bogʻining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik oʻlkasining toʻlqinli daryosi, balki u toʻlqinli daryoning asl gavharidir” [4].
Navoiy odamlarga saxiylikni xalqqa, davlatga faqat mol-mulk bilan emas, balki oʻzidagi aql va bilim yordamida ularga maʼnaviy koʻmak ham berishi kerakligini aytadi. Shoir saxiylik himmatli boʻlish bilan bogʻliq ekanini uqtirib shunday deydi: “Saxiylik odamning odobidir, himmat uning joni, himmat dunyoga yuz ming kushoyish boʻlar, himmatsiz kishi er sendek emas, jonsiz badanli kishi tirik emas” [4].
Navoiy komil insonga xos xislatlar tavoze, ishq, vafo, saxovat himmat, muruvvat, ilm, kamtarlik kabi fazilatlar ekanini aytadi. “Qanoat – bu buloqdir, suvini olgan bilan qurimaydi, xazinadir. Naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir, urugʻi lazzat va shafqat mevasini beradi; daraxtdir, shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasini yetkazadi”, deb ifodalaydi. “Sabr achchiqdir, ammo u foyda beruvchi, qattiqdir, ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlarni ochqichdir. Achchiq soʻzli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida maqsad hosil boʻladi. Badxoʻr dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo soʻngida sogʻliq yuz beradi” [3].
Alisher Navoiyning fikricha, har bir inson xalqiga xizmat qilishi va foyda keltirishi kerak. Oʻz manfaatini xalq manfaatidan yuqori qoʻymasligi lozim.
Xalqqa ish, soʻz va koʻngil bilan ham foyda keltirish kerak. El-yurt manfaati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy inson desa boʻladi. Hazratning insonga muhabbati vatanga muhabbati bilan bogʻlanib ketgan. “Hayratul abror” dostonida shoir Hirotning tabiatini, tiniq chashmalarni togʻu toshlarni yuksak mehr-muhabbat bilan kuylaydi.
Asarda Hirot, Misr bilan bir qatorda Samarqandning tilga olinishi bu koʻhna kentning dunyo tamaddunida oʻz oʻrni borligiga yana bir bor ishonch uygʻotadi, qalblarimizni quvontiradi, Vatanga boʻlgan sadoqat tuygʻusini oshiradi.
Alisher Navoiy ilgari surgan xalqparvarlik, insonparvarlik gʻoyalaridan bugungi kunda taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida oqilona foydalanish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biridir. Hazratning gʻoyasida soʻz va ishning birligiga amal qilish fikri ilgari surilgan.
U oʻz mablagʻidan xalq uchun masjidlar, madrasalar, hammomlar, shifoxonalar, hovuzlar, koʻpriklar, rabotlar qurdirgani tarixiy manbalarda oʻz aksini topgan.
Bugungi asosiy vazifamiz – mutafakkirning umrboqiy gʻoyalaridan, xayrli ishlaridan ibrat olish va uni hayotimizning mazmuniga aylantirish. Bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiyning maʼnaviy merosini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda va uning asarlari qaytadan nashr etilmoqda.
2020 yil 19 oktyabrda Prezident Sh.M.Mirziyoyevning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Bu qarorda mutafakkirning asarlarida teran ifoda etilgan milliy va umuminsoniy gʻoyalarning jahon tamaddunida tutgan oʻrni va bu gʻoyalarning yoshlar qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi ahamiyati nazarda tutilgan. Ulugʻ shoirning adabiy-ilmiy merosini yanada chuqurroq oʻrganish va targʻib qilish maqsadida tegishli vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, qarorda “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Alisher Navoiyning asarlarini uzluksiz oʻqitish konsepsiyasini ishlab chiqishi hamda 2021-2022 oʻquv yillarida barcha taʼlim muassasalarida shu asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyilsin”, deb taʼkidlangan. Qarorda “Navoiy va yoshlar” maxsus dasturini ishlab chiqish, umumtaʼlim maktablarida “Navoiy vorislari” gʻazalxonlik tanlovini va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarida “Navoiyni anglash” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash vazifasi belgilab berilgan edi. Bu vazifalar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Oʻquvchi-yoshlarda maʼnaviy, axloqiy, insonparvarlik sifatlarini shakllantirishda, Navoiy merosidan foydalanishni takomillashtirish uchun quyidagilarga eʼtibor qaratilsa maqsadga muvofiq boʻladi:
 – Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar uchun Navoiy asarlaridagi maqolot, hikoyat va rivoyatlar asosida multimediyalar tayyorlansa;
– boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan tasviriy sanʼat, musiqa darslarining imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilsa;
– boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Navoiy asarlarining lugʻati ishlab chiqilsa;
– umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda “Navoiyning til sandigʻi” tashkil etilsa;
– oliy taʼlim muassasalarida “Navoiy pedagogikasi” maxsus kurs yoki tanlov fan sifatida oʻqitilsa;
– kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida oʻqitiladigan ijtimoiy fanlardagi mavzularga Navoiyning insonparvarlik gʻoyalari singdirilib, ular tinglovchilarga yetkazilsa;
– Navoiyning bolaligi, oʻsmirligi, oʻspirinligi va katta yoshdagi hayotiy faoliyati aks etgan seriallar tayyorlanib xalqimizga taqdim etilsa;
– mutafakkirning ijodi faqat tavallud kunida yoki bayramlarda emas, yil davomida tizimli ravishda oʻrganilsa millatimizning quyoshi boʻlgan hazrat Navoiyning ruhiyati oldidagi maʼnaviy burchimizni bajargan boʻlamiz.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvarda “Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu farmonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yettita ustuvor yoʻnalishdan iborat “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.
Taraqqiyot strategiyasida “Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish” belgilab berilgan. Prezidentimiz 2022 yilni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qildi. “Qadr – odamning odamlar orasida, xalqning xalqlar orasida topgan hurmati, oʻrni, obroʻ eʼtiborini, nufuzini bildiradi. Inson qachon xor, baxtsiz boʻladi? Agarda el nazaridan qolsa yoki qadr-qimmati yerga urilsa, poymol qilinsa. Shoʻro davrida xalqimiz ocharchilikni ham koʻrdi, zogʻora non, kunjara yedi oʻlmadi, sinmadi. Lekin beqadrlikdan yuraklari ezilib yashadi”. Qornimga emas, qadrimga yigʻlayman deb yubordi [7].
Mamlakatimizda “Inson qadri ustuvor boʻlgan jamiyat va xalqparvar davlat” gʻoyasi asosida Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi. Bundan sal kam olti asr oldin hazrat Navoiy ilgari surgan insonparvarlik gʻoyasining taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar bilan hamohang ekanini koʻrish mumkin.
Bu gʻoyalar mamlakatimizning kelajagiga, xalqimizning farovon va osoyishta hayot kechirishiga, inson qadr-qimmatining ulugʻlanishiga xizmat qiladi. Navoiyning ijod bulogʻidan suv ichgan bu gʻoyalar xalqimizni va mamlakatimizni porloq choʻqqilar sari undayveradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19-oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori.
3.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami,7-tom “Xamsa”, “Xayratul abror”. –T.: Fan. 1991.
4.Alisher Navoiy. “Mahbubul qulub”. Mukammal asarlar toʻplami. 20 jildlik. 14-jild. –T.: 1998.
5.Alisher Navoiy. “Nasoyimul muhabbat”. Toʻla asarlar toʻplami. 10-jild. –T.: Gʻafur Gʻulom nashriyoti. 2012.
6.S.Nishonova. Sharq uygʻonish davri pedagogik fikrlar taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi. 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. –T.: 1998.
7.M.Quronov va boshqalar. “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil Oʻzbekiston”. Uslubiy qoʻllanma. –T.: Maʼnaviyat, 2019.

“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. Har bir fan yoki soha o`z tamoyillari asosida rivojlanib boradi. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari pedagogika fanining umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi.



“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi.
«Prinsip» so’z i lotincha «prinsipium» so’zidan xosil bo’lgan
«asos», «boshlanish» ma’nolarini bildirali. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan qoidalardan kelib chiqaligan o’z prinsiplari mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda balki ham zararli bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi.

Download 60.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling