1. Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qiladigan shartlar


Xarajatlarni turkumlash: Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, «o’zgaruvchan» va «o’zgarmas» xarajatlar


Download 53.5 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1800505
1   2   3
Bog'liq
1. Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qiladigan shartlar

2. Xarajatlarni turkumlash: Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, «o’zgaruvchan» va «o’zgarmas» xarajatlar
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat rusurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarining qiymat ko’rinishini ifoda etadi.Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubi va texnologiyasi bilan belgilangan mahsulotni ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan bevosita bog’liq xarajatlar kiritiladi. Bo’larga: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar hamda boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar kiradi.Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan Yoki mahsulot Tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda) zarur komponent hisoblanadigan xom-ashyo va materiallar;
-mahsulotni o’rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiYot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;
-texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olingan yoqilg’ining hamma turlari;
-korxonaning texnologik, tarnsport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo’jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya;
-tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo’qotishlar;
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
-korxonada qabo’l qilingan mehnatga haq to’lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;
-natura shaklida haq to’lash tartibi bo’yicha beriladigan mahsulot qiymati;
-amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo’shgan holda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun (shu xo’jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stakalar va okladlarga nisbatan) ustama to’lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so’nggi ish uchun to’lovlar.
Amaldagi Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;
A) Ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydigan xarajatlar, ammo, davr xarajatlariga qo’shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko’rilgan foydani aniqlash uchun);
Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan ko’rgan foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari.
Favqulodda zarar (soliq to’lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda ishtirok etadigan).
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xarajatlarini yuqoridagi tarkib bo’yicha guruhlanganda, har bir guruh xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar quyidagicha turkumlanadi:
a) Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) Bevosita va bilvosia mehnat xarajatlari;
v) Ishlab chiqarishdagi ma’muriy xarajatlar.
Davr xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:
a) Sotish bo’yicha xarajatlar;
b) Boshqaruv xarajatlari;
v) Boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar quyidagicha turkumlanadi:
a) Foizlar bo’yicha sarflar;
b) Chet el valyutasi ko’rsi o’zgarishidan ko’rilgan zarar
v) Qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zarar;
g) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarf xarajatlar.
Favqulotda zararlar odatda turkumlanmaydi.

Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari.


Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi:
-Material xarajatlari;
-Mehnat haqi xarajatlari;
-Ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’muriy xarajatlar.
Bevosita material xarajatlari mehnat haqi bilan birgalikda dastlabki xarajatlarni tashkil etadi.Mehnat haqi va ishlab chiqarish xarakteridagi ma’muriy boshqaruv xarajatlari birgalikda konversiya xarajatlarini tashkil etadi.Material xarajatlari konversiya xarajatlari bilan birgalikda to’liq ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi.Noishlab chiqarish xarajatlari.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan barcha xarajatlarga noishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ular tarkibiga sotish bilan bog’liq xarajatlar, ilmiy tekshirish va tadqiqot xarajatlari, umumiy va ma’muriy boshqaruv xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, olingan kredit uchun foiz to’lovlari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan, xarajatlar kiritiladi.Mahsulot tannarxini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar quyidagilarni tashkil etadi.
1. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat;
2. Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi;
3. Mahsulot birligining tannarxi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidagi xarajatlarni yuqoridagi ko’rinishda turkumlash bilan bir qatorda yana quyidagi xususiyatlari bo’yicha ham tasniflab chiqishimz mumkin.
Yuzaga chiqish shakliga ko’ra:
-asosiy ishlab chiqarish xarajatlari;
-moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
-tasodifiy, favquloddagi xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga ko’ra:
-mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
-mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Yuzaga chiqish o’rni bo’yicha:
-bo’lim bo’yicha qilingan xarajatlar;
-sex bo’yicha qilingan xarajatlar;
-uchastka bo’yicha qilingan xarajatlar va hakozo.
Sotish hajmiga hisobdan chiqarilishiga ko’ra:
-mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;
-davr xarajatlari.
Davriga ko’ra:
-joriy davr xarajatlari;
-kelgusi davr xarajatlari.
Soliqqa tortiladigan foyda summasini aniqlashda hisobga olinishiga ko’ra:
-soliqqa tortiladigan bazaga qayta qo’shiladigan doimiy tafovutlar;
-soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladigan davri bo’yicha tafovutlar;
-soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda hisobga olinmaydigan xarajatlar.
Mahsulot hajmining o’zgarishiga muvofiq:
-o’zgaruvchan xarajatlar;
-o’zgarmas xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga qarab:
-to’g’ri xarajatlar (bevosita);
-egri xarajatlar (bilvosita).
Moliyaviy natijalarga daxlsizligi bo’yicha:
-mahsulot tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;
-foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar.
Tahlil etishda o’rganish ob’ekti va maqsadidan kelib chiqqan holda korxona xarajatlarining u yoki bu turkumi bo’yicha o’zgarishlar va o’zgarish sabablariga baho beriladi. Taqqoslash yoki qiyosiy o’rganishda joriy davr va o’tgan yil ma’lumotlari, biznes reja ko’rsatkichlari, o’rtacha ko’rsatkichlar va tarmoq bo’yicha boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko’rsatkichlar bo’yicha mutloq o’zgarishlar nisbiy ko’rsatkichlarni qo’llash orqali to’ldiriladi..

Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling