1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?


-Mavzu: Ta’rbiyaning mazmuni va asosiy yo`nalishi


Download 91.32 Kb.
bet2/13
Sana04.04.2023
Hajmi91.32 Kb.
#1323546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-mavzu

4-Mavzu: Ta’rbiyaning mazmuni va asosiy yo`nalishi
Reja:
1. Tarbiya jarayonining maqsadi.
2. Tarbiya jarayonining mazmuni.
3. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari.
4. Tarbiya qonuniyatlari.
5. Tarbiya prinsiplari.

Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi.



Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va muammolarini o‘rganadi

Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.


Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi va xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya jarayonini tashkil etishda, eng avvalo, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglab etish talab etiladi. Binobarin, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida shaxs tarbiyasiga yondashuv ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi. XXI asr insoniyat tarixida “kompyuter davri” bo‘lib qolmoqda. Bu esa shaxsni tarbiyalashga o‘ziga xos yondashuvni qaror toptirishni taqozo etadi.
Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotidan muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga tayanib ish ko‘rish zarur.

Download 91.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling