7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarishga oid huquqlar mohiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid tushunchani hosil qilish, huquqiy munosabatlar borasida tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, huquqiy ong hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;
8) fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O‘zR Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, respublikaning ichki va tashqi siyosati mazmunini o‘rganishni ta’minlash asosida o‘quvchilarda siyosiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
Tarbiya qonuniyatlari. Tarbiya jarayoni ijtimoiy hodisa sifatida quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi:
Tarbiya prinsiplari. Tarbiya prinsiplari – tarbiya jarayonini mazmuni, metod va vositalariga qo‘yiladigan talablar yoki tarbiya jarayonini tashkil qilishda tarbiyachi amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalar majmuidir.
Tarbiya prinsiplari:
Ijtimoiy hayot va mehnat bilan birlik pringsipi;
Tarbiyada insonparvarlik prinsipi;
Tarbiyalanuvchilarga xususiy yondashuv;
Tarbining bir masadga aratilganligi.
Ijtimoiy hayot va mehnat bilan birlik prinsipi. Ushbu prinsipning mazmuni tarbiyalanuvchini ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi qilib tarbiyalashni nazarda tutadi. Jumladan, tarbiyalanuvchilar davlat ramzlarini mazmun-mohiyatini bilishi, madhiyani yoddan aytib berishi, vatani tarixini, davlat tilini bilishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmasi bo‘lishi, milliy urf-odatlarni bilishi va boshqalar talab etiladi. SHuningdek, tarbiyachi ijtimoiy hayotda bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lishi hamda tarbiyalanvchilarga axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilib berishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |