1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?
Download 91.32 Kb.
|
4-mavzu
Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog etakchi rol o‘ynaydi. U ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadini tushunadi, unga erishish yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakl, metod, vositalarini to‘g‘ri tanlay oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmity tahlil qilish mumkin. SHaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir. SHaxsning ko‘pdan-ko‘p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi. Bola o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi. Har tomonlama etuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi. Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma’naviyati boy bo‘ladi. O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. YA’ni, bola shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro‘y beradi. Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq. Tarbiya jarayoni, odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi. O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. Download 91.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling