1. Tarbiyachi shaxsi va uning jamiyatda tutgan o’rni


Download 161.5 Kb.
bet2/8
Sana11.05.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1451792
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
намуна курс иши 2021

Kurs ishning maqsadi: maktabgacha va boshlang’ich ta’limda faoliyat olib boruvchi tarbiyachi-o’qituvchilarga qo’yiladigan talablarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Kurs ishining vazifalari:

  • mavzuga oid pedagogik, psixologik, falsafiy yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;

  • tarbiyachi shaxsi va uning jamiyatda tutgan o’rnini aniqlash;

  • zamonaviy sharoitda o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni asoslash;

  • maktabgacha va boshlang’ich talim-tarbiya muvofiqligining pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini aniqlash;

  • maktabgacha va boshlangich ta’limni muvofiqlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini yoritish;

  • mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining metodologik asosi. O`zbekiston respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlari, Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, O`zbekiston respublikasi Hukumatining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni bo’lib o’tgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 йил), mavzuga oid ilmiy­pedagogik, psixologik, metodik manbalar.
Ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek maktabagacha pedagogika fani bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling