1. Tarbiyachi shaxsi va uning jamiyatda tutgan o’rni


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi


Download 161.5 Kb.
bet3/8
Sana11.05.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1451792
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
намуна курс иши 2021

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: ish kirish, 4 bo`lim, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

1. TARBIYACHI SHAXSI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI


Maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni amaliyotga tatbiq etish Respublika maktabgacha ta’lim tizimida muvaffaqiyatli natijalarni qo’lga kiritish, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi. Bolani tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tizimli tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O’zbekiston Respublikasida tarbiyachi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilmoqda.


Barcha kasblar orasida tarbiyachilik kasbi o’zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yosh avlodni g’oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rgatadi, bolalarni bolalik chog’idan mehnat faoliyatiga tayyorlab, uning sirlarini puxta egallashlarida ko’maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat tarbiyachidan o’z kasbining mohir ustasi bo’lishni, bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko’nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo’llarini izlab topadigan kasb egasi bo’lishni talab etadi. Buning uchun doimo tarbiyachilar kasbiy mahoratini, ko’nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g’amho’rlik qilish, zarur shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam ko’rsatish, tarbiyachilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko’maklashish lozim.
Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan 2016 yil 29 dekabrda “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori qabul qilindi. Qarorda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan.
Hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar tarbiyachilardan talab qilinadi:
1. Tarbiyachi eng avvalo mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisidir.
2. Tarbiyachi tabiatan bolalarni seva olishi, o’z mehrini, his-tuyg’ularini har lahzada bolalar ichki dunyosi bilan bog’lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo’lishi kerak.
3. Tarbiyachi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada bolalarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
4. Zamonaviy tarbiyachining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi talab etiladi.
5. Tarbiyachi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur va puxta bilimga ega bo’lishi, bunda o’z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi lozim.
6. Tarbiyachi maktabgacha pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. Tarbiyachi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.
8. Tarbiyachi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
9. Tarbiyachi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o’zlashtirib borishi shart.
10. Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi kerak: turli sheva so’zlardan holi bo’lishi, nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi; hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana olishi lozim.
11. Tarbiyachining kiyinish madaniyati o’ziga xos bo’lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. Tarbiyachi ta’lim muassasasida asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. Tarbiyachi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart.
14. Tarbiyachi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
Hozirgi sharoitda zamonaviy tarbiyachi qator vazifalarni bajaradi. Tarbiyachi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. Tarbiyachi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:

  • bolani ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy an’ana va qadriyatlarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbatni shakllantirishi;

  • kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, boshqa fanlar doirasidagi bilimlardan xabardor bo’lishi;

  • yosh pedagogik psixologiya, fiziologiya, tarbiyaviy ish metodikasi, bolalar gigienasidan o’z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;

  • kasbi doirasida xorijda erishilayotgan so’nggi yutuqlar, ta’lim-tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari yangiliklaridan doimiy xabardor bo’lib borishi;

  • ta’lim-tarbiya metodikasidan ko’nikma va malakalarini oshirib borishi;

  • o’z kasbiga ijodiy yondashishi;

  • pedagogik texnika va pedagogik taktga ega bo’lishi;

  • o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi va hok.




Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling