1. Tarbiyachi shaxsi va uning jamiyatda tutgan o’rni
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TALIM-TARBIYA MUVOFIQLIGINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI
Download 161.5 Kb.
|
намуна курс иши 2021
3. MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TALIM-TARBIYA MUVOFIQLIGINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi, ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va ta’limdagi islohotlar maktabgacha ta’limdagi ustuvor yo’nalishlarni belgilab berdi. Uning asosiy vazifasi 6-7 yoshli bolalarni maktabdagi ta’limga puxta tayyorlashdan iborat. SHu bilan birga, davlat talablarining joriy etilishi – bolalarning maktabgacha ta’lim muassasiga qatnagan yoki qatnamaganligidan qat’i nazar, ularning maktab ostonasiga bir xilda tayyorgarlik ko’rib kelishlarini kafolatlash va ta’minlash zarur ekanligini taqozo etadi. Endilikda 1-sinfga qadam qo’ygan har bir o’quvchidan maktabdagi ta’limga bir xildagi dastlabki hozirlik ko’rib, jismonan ruhan o’qishga tayyor bo’lishlari, darajadagi yetarli o’quv malaka-ko’nikmalariga yega bo’lishlari talab qilinadi. Mamlakatimiz onalarga bola parvarishi uchun berilgan ta’til muddati 3 yil qilib belgilangan. Ushbu davrning 2 yili to’lovli ta’tildir. Demak, bola tarbiyasida oila roli beqiyosdir. Bolalarning oila sharoitida tarbiya olayotganligi tabiiy holdir. Maktabgacha ta’lim tizimi ta’lim jarayoni, muntazam maktabgacha ta’lim muassasalari, muvofiqlashtiruvchi ta’limni o’z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tizimi yana ta’lim omili: televidenie, radio va davriy nashrlar adabiyotlardan iboratdir. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish yo’lida mamlakatimizda o’ng minglab muntazam maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Muvofiqlashtiruvchi ta’lim deb, bu yerda maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamagan bolalarni jadallashtirilgan dasturlar asosida maktabdagi ta’limga tayyorlanishi nazarda tutilgan. Yozgi ta’tillar vaqtida muayyan muddatga mo’ljallangan maktab qoshida tayyorlov guruhlari ham-maktabgacha ta’lim tizimiga kiritilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida muntazam olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoniga alternativ holda muvofiqlashtiruvchi maktabgacha ta’lim shakllari vujudga kelib, ular bilan 20 foizga yaqin bolalar qamrab olingan. Bu ko’rsatkich 2019 yilda 48 foizni tashkil etmoqda. Muvofiqlashtiruvchi ta’limning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, jiddiy kamchiliklar ham mavjud. Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasiga kun davomida emas, balki muayyan mashg’ulotlarda qatnashish shanba va yakshanba kunlarigina kelish, faqatgina savodxonlik saboqlarini olish imkoniyatlariga ega bo’lsalar, ularning jismoniy kamol topishi, salomatlikka g’amho’rlik qilish, aqlan va ma’nan rivojlanishni ta’minlash, mutasaddilar tomonidan rahbarlik va nazorat qilish mexanizimi ishlab chiqilishi kerak. Muvofiqlashtiruvchi maktabgacha ta’lim shakllari bo’yicha diqqatga sazovor tajriba ham to’plagan. Uning samaradorligini yanada yuqori darajaga ko’tarish uchun ichki imkoniyatlar mavjud. Respublikamiz shahar va qishloqlarida mazkur yo’nalish bo’yicha tashkil etilgan savodxonlik markazlarining tajribalarini o’rganish, ulardan ko’langan maqsad va yuzaga kelgan holatlarni umumlashtirish natijasida savodxonlik markazi to’g’risida umumlashtirilgan tarzda fikr yuritmoqchimiz. Markaz tashkil etilishidan maqsad – maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olinmagan bolalarni davlat ta’lim talablari dairasida maktabga tayyorlash. Mashg’ulotlar majmui quyidagilardan iborat: nutq o’stirish va tevarak atrof bilan tanishtirish; savodga o’rgatish; matematika va mantiqiy masalalar; badiiy qo’l mehnati; tasviriy san’at. Mashg’ulotlar 30-35 daqiqa davomida o’tkaziladi. Mashg’ulotlar oralig’ida harakatli o’yinlar, dinamik hordiq jismoniy tarbiya mashqlari tashkil etadi. Tarbiyalanuvchilarning – o’quv kunlari ota-onalarining istaklariga qarab hafta davomida 2 marta qilib belgilanadi. Mashg’ulotlar jadvali. -savod o’rgatish – 9.00-9.35 -matematika va mantiqiy mashqlar – 9.45-10.20 -nutq o’stirish va tevarak atrof bilan tanishtirish – 10.35-11.10 Savodxonlik markazi faoliyati va o’quv materiali 26 o’quv xaftasiga mo’ljallab belgilangan. Savodxonlik markazi qamrovini kengaytirish maqsadida o’quv-mashqlarini har 3oyda takrorlab borish mumkin. 1 fasl – 1-oktabrdan 28-dekabrgacha 1 fasl – 2-martdan 29-maygacha 3 fasl – 2-iyundan 29-avgustgacha. Mashg’ulotlar tashkil qilinganda, har bir yo’nalish bo’yicha “Ilk qadam” tayanch dasturidan foydalaniladi. Badiiy adabiyot namunalarini o’qib berish tarzida jismoniy tarbiya mashqlari esa uy vazifalari sifatida taqdim etiladi. Ota-onalarga ularni tashkil qilish, o’tkazish bo’yicha zaruriy maslahatlar hamda uslubiy ko’rsatmalar beriladi. Kundalik reja bolalarning yosh xususiyatlariga qarab, tuziladi. Mashg’ulotlarni suhbat, o’yin, didaktik o’yin, uslublar tashkil qiladi. Bolalar mashg’ulot va o’quvlarini muvaffaqiyatli tugatganlaridan ularga sertifikatlar beriladi. O’quv dasturi yakunida bolalar quyidagi bilim va tushunchalarga ega bo’lishlari lozim. Nutq o’stirish va tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limi bo’yicha: -yil fasllari tabiat hodisalari; - vatan ostonadan boshlanadi; -oila haqida suhbat; -gullar, hayvonlar, qushlar; -yo’l harakati qoidalari; -O’zbekiston Respublikasi ramzlari; -buyuk siymolar shular haqida aytib bera olishi kerak. Hozirgi davrda psixologiya fani keskin o’zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Unda ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ularning o’zaro uyg’unligi, mohiyati va talqin etilishi jihatdan qayta qurishlar, har qaysi narsa va insonga (jonli vajonsiz tabiatga) insonparvarlik psixologiyasi qonuniyatlari hamda printsiplari asosida yondashishni tatbiq qilish namoyon bo’lmoqda. Narsa va xodisalarga, hayvonot va insoniyatga nisbatan yangicha yondashish, ularni shaxs tomonidan aks ettirilishini faqat onglilik holatidan kelib chiqqan holalarda ta’riflash bilan cheklanib qolmasdan, balki odamning ongsizlik va ongostlilik (g’ayri ixtiyoriylik) holatlari bu borada muayyan kasb etishini tushuntirish, unda bir holatdan ikkinchisiga uzluksiz o’tib turishi tabiiy ravishda ro’y berishini ta’kidlash o’rinlidir. CHunki shu davrgacha psixologiya fanida yetakchi printsip sifatida “ong va faoliyat birligi” hisoblanib kelindi, binobarin, psixikaning har qaysi ko’rinishi, bosqichi, xususiyati, darajasi, xossasi, o’zaro ta’sirlanishi, bir-birini taqazo etuvchanligi faoliyat nuqtai nazaridan baholanish an’anaga aylandi. Natijada onglilikdan chetlanish holatining inson hayoti uchun ahamiyati tadqiqotchining diqqat markazidan, izlanish mavzusidan ancha uzoqlashdi. Buning oqibatida shahsning ongosti, ongsizlilik holatlari, bularga uning moslanishi, intilishi, bilish sababi va mayli, ruhiy tayyorgarligi, ixtiyorsizligi, muvofiqlashuvi, to’siqlar va qarama-qarshiliklarga nisbatan ichki kurashi, shuningdek, uning mexanizmlari kabi muommolar yechimi uchun qay darajada ahamiyatli ekanligiga oqilona baho berilmadi. Aks ettirishning moddiy asoslariga suyangan holda tushuntirish, talqin qilish nazariyalari ilmiylik jihatdan qo’pol nuqsonlarga ega bo’lmasa-da, lekin psixikaning o’ziga xosligi, muomala xususiyatlari va ixtiyorsizlikni ta’riflashdagi cheklanganligi, bir tomonlamaligi natijasida ularning ko’p jihatlarini tushuntirish imkoniyati mumkin qadar pasaydi. SHu narsani alohida ta’kidlash kerakki, inson hayoti va faoliyati o’zaro uzviy bog’liq, biri ikkinchisini taqazo qiluvchi uchta muhim manbadan, ya’ni ongsizlik, ongostlilik va onglilik holatlaridan tashkil topgan holda hukm suradi. SHuning uchun ham insonning bir kecha-kunduzdagi umri ongsizlik, ongostlilik va onglilik holatlarining hukmi tobelikda kechadi, ularning har qaysisi qanday vazifa bajarishidan qat’iy nazar ongsizlik (faol xordiq) – ongostlilik (muvofiqlashgan izlanish) –ongligiga (aqli zo’riqish, ixtiyoriy ijod) holatlaridan iborat uzluksiz halqa harakatlaridan tuzilgan bo’ladi. Ularning o’zaro muvofiq harakatlari ichki mexanizmlar, fiziologik qonuniyatlar, ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar, omillar, manbalar ta’siri ostida yuzaga keladi, ko’picha insonning irodasidan tashqari, unga itoat qilmagan tarzda ro’y beradi, natijada bir holatdan ikkinchi holatga o’tish favqulot tarzida amalga oshiriladi. SHuning uchun insoning biologik shartlanganligi, uning ijtimoiy muhit ta’siriga ijtimoiylashuvi, faollashuvi, sustlashuvi, mustaqilligi, goho o’ziga ishonchsizligi, mas’uliyatliligi, befarqliligi yoki loqaydligi, betarafligi, insonparvarligi, taraqqiyparvarligi kabi xususiyatlar ana shu uchchala holat negizida yuz beradi. Insonning ongsizlik holtida ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda saqlab qolish, esga tushurish, assotsiatsiyalar, obrazlar, intuitsiya, anglashilmagan mayllar, irsiy alomatlar, tasodifiy voqealar, tush ko’rishlar, hayoliy timsollar, insonning biron-bir narsaga pisixologik jihatdan tayyorligi yuzaga keladi va ularning mahsuli xuddi shu jarayonda namoyon bo’ladi. Bularning kechishi unchalik ko’p fursatni talab qilmasada, lekin ma’lumotlarning to’planishi tabiiy omillar ta’sirida vujudga keladi, bu hol atrofdagi muhit bilan tanishishda muhim ahamiyat kasb etadi, ular jismoniy a’zolarining umrini uzaytirishga xizmat qiladi. Ijodiy mantiqiy fikrlash shaxsga muvofiqlashgan xatti-harakatlar vujudga kelishiga puxta zamin hozirlaydi, ularni muayyan materiallar bilan ta’minlaydi. Odatda ongsizlik holati bilan ongli holat o’rtasida oraliq holat mavjud bo’lib, u ongostlilik atamasi bilan belgilanadi, uning inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi o’rganiladi. Insonda kechishi mumkin bo’lgan faoliyat, muomala, xulq-atvor, ijodiy tashabbus, ilhomlanish kabi jarayonlar shaxsga tobora muvofiqlashib borsa, ularning boshqaruvi yengil ko’chsa, shakllangan, barqarorlashgan, mustahkam, puxta o’quv va malakalar o’z vazifasini bajarishga kirishsa, bularning barchasi ongostlilik holatining bevositahukmi ostida ro’y beradi. Odam ixtiyoriylikdan keyingi muvofiqlashgan diqqatga asoslanganda har bir jabhadagi samaradorlik ko’rsatkichi yuqori bo’ladi. Tashqi qo’zg’atuvchilar, ta’sirlarga beriluvchanligi pasayadi, uning muayyan markazga yo’nalishi, to’planishi va barqarorlashuvi ijobiy natijalar beradi. SHaxs faoliyatining sur’ati, muomala jarayonining jadallashuvi, unda ma’no kasb etuvchi sabablar miqdorining ko’payishi, puxta malakani ustunligi, uning munosabatidagi maqsadga muvofiqlik, ob’ektiv mohiyatiga yo’nalganlik, ijodiylik ongostlilik holatining bevosita funktsiyasiga aloqadordir. Ehtimol, bu o’rinda anglashilmagan mayllar ham ma’lum darajada mazkur jarayonining barqarorligi va bir tekis kechishini ta’minlashda ishtirok qilishi tufayli, qo’zg’alish o’chog’ida muayyan qo’zg’atuvchilarning ustunligini (dominantlarligini) boshqarib turishga ta’sir etishi mumkindir. Lekin mazkur holatning o’ziga xos xususiyatlari, mexanizmlari, uni namoyon qiluvchi kuchlar, tashqi va ichki shart-sharoitlar, omillar psixologiyada hali har tomonlama tadqiq qilinmagan. Ushbu yo’nalishdagi aksariyat holatlar o’z yechimini kutib turibdi. SHu sababli ularga har tomonlama yondashish, ijodkorlik va samaradorligi yuzasidan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar to’plash ayni muddaodir. Onglilik to’g’risida ko’pgina nazariy va amaliy ma’lumotlar to’planganligini hisobga olib, ular to’g’risida mulohaza yuritish ortiqcha deb hisoblaymiz. CHunki psixologiya fanida faoliyat kategoriyasi yetakchi faoliyat kontseptsiyasi uning tuzilishi, bosqichlari, tarkibiy qismlari yuzasidan o’tkazilgan tadqiqotlarning rang-barangligi ongli munosabatga nisbatan izlanishlar etarli darajada olib borilishini namoyish qiladi. Hozirgi davrda psixologiya fani muhim, dolzarb vazifalardan biri bu uning tadqiqot metodlari va printsiplari nazariy hamda metodologik jihatdan chuqurroq tadqiq qilishdan iboratdir. Jumladan, kuzatish sodda, ikki ko’rinishga (kuzatish va o’z-o’zini kuzatishga) ega bo’lgan amaliy tajriba metodi tariqasida tahlil qilinmasdan, balki uning murakkablik xususiyatiga xos metodikalarni qamrab olish zarurligini ta’kidlab o’tish, natijalarni qayd qilishning o’ta murakkab texnologiyasi mavjudligi, ijtimoiy psixologik yondashuvda u alohida ahamiyat kasb etishini o’qtirib o’tish maqsadga muvofiqdir. Psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga yana insonning inson tomonidan idrok qilinishini kiritish mumkin. CHunki insonning ayrim xususiyatlari uning yuz alomatlari, chehrasidagi o’zgarishlar, tana a’zolarining harakatlari orqali aniqlanadi. Psixologik bilimlarni o’zlashtirish, ulardan amaliyotda foydalanish uchun fanning barcha sohalari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lish lozim. Psixologiya o’qitishni qulaylashtirish faqat metodologik muammolar yechimini qidirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ta’lim berish, o’zlashtirish, xabarlarni qabul qilishning yangi shakllari, vositalari va variantlarini yaratishni ham qamrab oladi. Ayniqsa bugungi kunda iqtidorli bolalar, aqliy salahiyati ta’lim oluvchilar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. SHuning uchun iqtidorlilik bilan intellekt ko’rsatkichi o’rtasida uzviy bog’lanishlar va farqlar aniqroq tahlil qilinsa, amaliyotda uchrayotga nuqsonlar, qusurlar miqdori biroz kamaygan bo’lar edi. Izohli lug’atda “kompetentsiya” so’zi “layoqatli, munosib bo’lmoq”, “shaxsning biror bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi” deya ta’rif beriladi. Pedagog olimlarimizning fikricha, kompetentsiyaviy ta’limda asosiy e’tibor o’quvchini hayotda o’z o’rnini topishga munosib va layoqatli qilib tarbiyalashga qaratiladi. CHeksiz axborotlar dunyosida o’quvchi bilimlarining mohiyatini tushunmasdan, pala-partish emas, balki eng zarur va keraklilarni hayot yo’lida asqotadigan, foydalanadigan jihatlari bilan o’zlashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kompetentsiyaviy ta’limdan ko’zlangan yana bir maqsad shuki, munosabatlarga kirishuvchan, yuzaga kelgan muammoning ikkita aniq yechimi ko’rinib turgan taqdirda ham, uni yechishning yana boshqa 3-4 yo’lini topa oladigan fikri keng, ijodkor o’quvchini tarbiyalashdir. Kompetentsiyalarga erishish uchun matnni o’quvchilar dastlab ifodali ohang bilan, so’ng rollarga bo’linib o’qishadi. Keyin matn yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Bo’rilar tabiati haqida gap ketganida o’quvchilar qo’shimcha adabiyotlardan o’qib, uydagi kattalardan so’rab kelgan bo’rilarning tog’-u tosh va o’rmonlarda yurishi, juda-juda och qolgan taqdirdagina odamlar yashaydigan joyga borishi, hech qachon yolg’iz yo’rmasligi ikkita yoki to’da bo’lib yurishi, ularni ko’rib qolganda eng qulayi jim turish, agar uzoqroqda bo’lsa ortga qaramasdan, yugurmasdan sekin oldinga qarab yurishi lozimligi kabi qiziqarli va hayotda asqotadigan ma’lumotlarni aytish zarur. “Tarmoqlash” usulidan foydalanib, voqea qahramoni tushgan vaziyat va uning xarakteriga ta’rif berganimizda, o’quvchilar hikoya qahramonning to’g’ri yo’l tutganini aytib bera olishadi. “Agar yugurganida bo’rilar unga hujum qilishardi”, deya ta’kidlandi. Bolaga “aqlli”, “irodali”, “og’ir-vazmin”, “tavakkalchi emas”, “o’ylab ish tutadigan” kabi ta’riflarni bergan bo’lsa, bo’rilar bilan bo’lgan xatarli uchrashuv jarayoniga “hayotda uchrab turadigan”, “murakkab”, “dahshatli”, “aql va iroda, jasurlikni sinovdan o’tkazuvchi voqea” deya ta’riflash mumkin. Ayrim o’quvchilar bolaning o’rniga o’zlarini qo’yib ko’rishdi, ayrim bolalar it bilan shunday xatarli uchrashuvga tushib qolganida o’zlarida yuz bergan his-tuyg’u va holatlarda qanaqangi yo’l tutganlari gapirishadi. Bildirgan fikr va misollardan ko’rinib turibdiki, matn va uning muhokamasidan so’ng har bir o’quvchi bo’ri yoki it bilan to’qnashgan xatarli uchrashuvga duch kelgan payta qanday yo’l tutish zarurligini bilib olishadi. SHundan so’ng matndagi ma’no murakkab so’zlar ustida to’xtalib, ularni yozuv daftarga husnixat asosida yoziladi. Bu matnda o’qituvchi oldiga o’quvchilarda “Aql va irodaga suyanib ish tutish” kompetentsiyasini shakllantirish vazifasi yuklatiladi. Matn va qo’shimcha ma’lumotlar, qolaversa, o’quvchilarning o’z boshidan kechirganlarini hikoya qilib berish yordamida darsda mazkur kompetentsiyaga erishildi. “Sahovat”, “Yaxshilik”, “Qizg’anchig’lik” kabi mavzularda darslar o’tish mumkin. SHunda bolalar ayrim nojo’ya ishlarni afsus bilan, yaxshi ishlarni fahr bilan eslashadi. 2-sinflarda matematika fanidan tajriba-sinov ishlarini o’tkazishda kompetentsiyaviy ta’limda boshlangan amaliy jarayonda pedagog o’ziga xos izlanish olib boradi. -Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’qituvchidan har bir fanga tayyorlanish, interfaol usullarni qo’llagan holda darslarni hayot bilan bog’lab o’tishni taqazo etadi. - Matematika fanida o’quvchi oldiga qo’yidagi kompetentsiyalarni egallash vazifasi qo’yilgan. 1. Kommunikativ kompetentsiya. 2. Axborotlar bilan mustaqil ishlash. 3. Sonlarni sanash, o’qish, yozish va hisoblash. 4. Mantiqiy fikrlash. 5. Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash. 6. Kattaliklar va ularning birliklar orasidagi munosabatlar farqlay olish. 7. Tushunchalarni tasavvur qilish va anglash. Kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish uchun darsni guruhlarga bo’lib o’tiladi. Muammoli vaziyatlarga yechim topish jarayonida o’quvchilar do’stlari bilan fikr almashadi, muloqot qiladi. To’g’ri javobni ko’pchilik oldida ayta oladi va o’rganadi. Axborotlar bilan ishash komptentsiyasiga erishish uchun dars avvalida yangiliklar haqida suhbatlashiladi. O’quvchilar gazeta-jurnal va internetdan o’qigan, teleradiodan eshitgan yangiliklari va ularning ahamiyatini qisqacha bayon etadi. Matematik kompetentsiyalarni egallash uchun ko’pincha o’quvchilarga o’zlari tez-tez duch keladigan hayotiy misol va vaziyatlani qo’llanadi. Masalan, do’konga kirdiz, 3 xil daftar turibdi. Birinchisi 12 betlik bo’lib, narxi 300 so’m, ikkinchisi 48 betlik – 800so’m. Uchinchisi esa 96 betlik bo’lib, 1000 so’m. O’quvchilar bunday masalani echimini topish uchun nafaqat qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallarini bajarishadi, balki vaziyatlarga to’g’ri yechim topishga ham harakat qiladi. Yuqoridagi masalani o’qigach, ayrim o’quvchilarda tasavvur hosil bo’ladi. “Agar qo’limda 1000 so’mdan kam pul bo’lsa, 48 betlik daftarni olardim yetarli pul bo’lsa 96 betlik daftarni olardi. CHunki 3 ta yoki 4 ta 12 varaqli daftarni 300 so’mdan olgandan ko’ra, 48 yoki 96 betlik daftarni undan arzonroqqa sotib olgan yaxshi”, - deya javob berishadi. Download 161.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling