1. Tarbiyachi shaxsi va uning jamiyatda tutgan o’rni


MAKTABGACHA VA BOSHLANGICH TA’LIMNI MUVOFIQLASHTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI


Download 161.5 Kb.
bet6/8
Sana11.05.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1451792
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
намуна курс иши 2021

4. MAKTABGACHA VA BOSHLANGICH TA’LIMNI MUVOFIQLASHTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI


1-sinfda savod o’rgatish jarayoni o’quvchilarga dastlabki ta’lim-tarbiya berishni muhim bosqichi hisoblanadi. Qisqa davr ichida uch yarim, to’rt oyda 1-sinf o’quvchilari yuz foiz elementar o’qish va elementar yozishga – savodga o’rgatib bo’linadi. Savod o’rgatish darslarining o’qish va yozish mashg’ulotlaridan iborat ekanligini hamma pedagog ham bilavermaydi. Bu jarayonlarni faqat boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari, mutaxassislari bilishi mumkin xolos. Ta’lim tarbiyadagi bu bosqichni hamma bilish lozim. Ayniqsa yoshlarning bu haqda yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari faqat foyda. CHunki har bir yosh oila quradi, farzandli bo’ladi. SHunday ekan hayotning, ta’lim-tarbiyaning, bilim olishning asosi, fundamenti bo’lgan savod o’rgatish jarayoni, savod o’rganish savodini har bir ota-onaning bilishi shartdir. Bola o’qishni va yozishni oiladan boshlaydi. Ayniqsa, bolaning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qiluvchi oilalarda bu ish tartibsiz bo’lsa ham samarali amalga oshiriladi. Ayrim bolalar oilada, ba’zilari maktabgacha ta’lim muassasasida o’qish va yozish (chizish)ni samarali o’rganadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar asosan yozish (harf qismlari, turli xil shakllar, rasmlar, naqshsimon chiziqlar, bino, manzara, buyum, o’simlik, daraxt, gul, idish-tovoq, hayvon, qush va boshqa rasmlarni) ma’lum o’xshashlikda chiza oladilar. Ularning qo’l harakatidan asosiy maqsad yozayotganda va chizayotganda ma’lum darajada qo’lni erkin harakatlantirish ko’nikma va malakasini egallay olishidan iboratdir. Biroq ular elementar o’qishni ham, elementar yozishni ham bilmaydilar. CHunki bunga maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatilmaydi – maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi emas. SHuning uchun yozma matnni ham, bosma matnni ham o’qiy olmaydilar. Ular o’z nomlarini yoki familiyalarini yozib berishlari mumkin. Bu yozuv bosma harflarda yoki bosma yozma harflar aralash, yohud bosh va kichik harflardan tuzilgan bo’lishi hamda harflarni bir-biriga ulab yozishdan asar ham bo’lmasligi mumkin. CHunki maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada bola elementar yozishga o’rgatilmaydi. Harf unsurlarini, qismlarini, alohida-alohida yozilishi, bosma yoki yozma nushasini yozishga, bir necha so’zlarni pala-partish, mazmunsiz yozishni bilishlari mumkin. O’qishda esa vaziyat umuman boshqacha. Ular elementar o’qish u yoqda tursin, harflarning ayrimlarini tovushga aylantira oladilar xolos. Tanigan ba’zi harflarini so’z va bo’g’in ichidan tanimasligi ham ehtimol. Biroq, ular eshitgan tovushini yozuvga aylantira olishi, ko’rgan harflaridan nusha olishi ham mumkin (yo bosma, yo yozma, yo aralash). CHunki maktabgacha ta’lim muassasasida savodga o’rgatilmaydi. Lekin maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar ma’lum darajada savod o’rgatishga va o’rganishga tayyorlab boriladi. Oilada ham shunday ishlar (savod o’rgatishga tayyorlash) amalga oshirilsa, ya’ni oilada ham ota-onalar, akalar, opalar ukalariga, bolalarga ayrim harflarni yozishni, o’qishni, ismini, familiyasini yozishni ba’zi so’zlarni yozishni o’rgatib qo’ysalar talaffuzi qiyin harflarni (s, sh, m, r, j, ng, q, kabi harflarni) talaffuzini mashq qildirsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi. Demak, savod o’rgatishning qanchalik samarali chiqishi bolalarni savod o’rgatishga qay darajada tayyor, tayyor emasligi bilan bog’liqdir. Bolalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda savod o’rgatishga tayyorlanadi. Savod o’rgatishga tayyorlashning maktab bosqichi alohida xususiyatlarga ega. Oilada bolani savodga o’rgatishga tayyorlash ishlari rejali bo’lmasada, amalga oshiriladi. Hozirgi oilalarimizning hayot tarzi bundan 20-30 yil avvalgi oilalarning hayot yo’li tubdan farq qilishi hammaga ayondir. Mustaqillikdan oldingi yillarda oilalarda farzandlar 4-5 tadan to 8-10 tagacha bo’lganligi barchaga ma’lum (XX asr oxirlarida tug’ilish keskin kamaya boshladi). O’tgan asrning oxirgi o’nliklari (1980-1990 yillar)da oiladagi farzandlar 3-4, 5-6 tadan, yangi XXI asrni dastlabki yillarida 2-3 tadan, hozirda 1-2 tadan oshmay qolganligining guvohi bo’lib turibmiz. Oiladagi farzandlar sonining sezilarli darajada kamayib borishining asosiy sabablaridan biri oilani rejalashtirishdir. Rejaga ko’ra oz sonli farzandlarni tarbiyalash oson. Oila byudjeti ham tejaladi, bola tarbiyasida ham sifat va salmoq yaxshi bo’lishi mumkinligini bugungi hayot tarzi isbotlab turibdi. O’zingiz o’ylab ko’ring! Do’ppini qo’lga olib bugungi yoshlarni hayot kechirishini, hayotga munosabati, hayot falsafasi yuzasidan bir fikr-mulohaza bildirib ko’ringchi?! Hayotga qarashi, bugungi kunni bahola olish, kelgusidagi rejalar, umuan boshqacha, o’zgacha. Hayotga bo’lgan nigohi yuqori. Orzulari bisyor. Kuch-quvvat, bilim, mablag’ haqida so’zlamasa ham bo’laveradi. Bunda oilalarning (25-30-35 yoshlardagi) ota-onaning farzand tarbiyasiga, ta’limiga, ta’minoti, sog’ligiga va o’qishiga munosabati, bo’lgan qiziqishini ta’riflash uchun so’z ozlik qiladi. Til ojizlikka mahkumdir.
Bu yosh oilalarning ta’lim tarbiyasi haqidagi ma’suliyatni chin qalbdan xis etishda kishini lol qoldiradi. Ona va ota birday javobgarlikni o’z zimmalariga olishlari odamni hayratga soladi. Bunday oilalar farzandga oilada mehribon, maktabgacha ta’lim muassasasida g’amxo’r, maktabda ma’suldirlar.
Bu yosh oilalarda, qo’yingki hozirgi har bir xonadonda oilada, bolaning bilim olishiga alohida munosabatda bo’ladilar. Kuzatishlardan shu narsa ayonki, har qaysi ota-ona bolaning oiladagi, maktabga va maktabgacha ta’lim muassasasiga bo’lgan munosabati haqida chuqur ma’lumotga ega. Lekin hamma bolaga, farzandga maktabgacha ta’lim muassasasiga borish nasib etavermaydi. Ayrim bolalarning jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ba’zi bolalarning oilaviy iqtisodi (byudjeti) ko’tarmaydi, ahli-ahyonda bolalarning o’zlari maktabgacha ta’lim muassasasini yoqtirishmaydi, xohlamaydi.
Biroq maktab va ta’lim olish majburiy ta’lim (umumiy o’rta ta’lim maktabi, kollej) hammaning boshida bor. Imkoniyati cheklangan bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya albatta bor. Hozirda inklyuziv ta’lim (sog’lom bolalar bilan nuqsoni bor bolalarning birga-bir sinf)ga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Har bir ota-ona oila hayotidan o’z farzandininng ta’lim-tarbiyasi uchun qayg’urishi lozim. Xorijiy kinofilmlar, seriallar bunga saboq bo’lishi lozim.

Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling