1. Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega


Download 14.06 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi14.06 Kb.
#1230773
Bog'liq
asisgnment


Javob
1.Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi.


Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.


Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi.


To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni-obyekti O‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.


2.Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma’sul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix xalq ma’naviyatining asosidir” degan tarixiy haqiqatni to‘g‘ri anglatuvchi o‘ta teran tarix falsafasiga oid fikrlarni olg‘a surdi.
Bu kabi tarix falsafasiga oid yuksak xulosalarni o‘z vaqtida buyuk millatparvar jadidlar ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g‘aflat uyqusidan uyg‘otib taraqqiy ettirish uchun asosiy e’tiborni tarixga qaratdilar. Va «tarixi yo‘qning o‘zi yo‘q» degan falsafiy tushunchaga amal qilib, tarixda ilk bor tarixni o‘zlari tashkil etgan jadid maktablarida o‘qita boshlashi bilan, millatni o‘z tarixidan bahramand qilishdek o‘ta buyuk ma’rifat ishiga tarixda birinchi bor asos soladilar.

Buyuk jadid Abdulla Avloniy so‘zi bilan aytganda, jadidlar umuman tarbiyani, shuningdek, tarix ta’limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat – yo saodat, yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu, taraqqiyotni) istasa, - deydi Abdurauf Fitrat – tarixini bilishi lozim bo‘ladi, zero, tarix bir ko‘zguga o‘xshaydi».


Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar.
Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har tomonlama to‘g‘ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida aks ettirish bilan birga, ularni bilish va o‘rganish, yozishning eng qulay, to‘g‘ri hamda maqsadga muvofiq yo‘li-usullarini belgilaydi. Umuman olganda, tarix falsafasi tarix sabog‘i va tajribasidan kelib chiqib, belginlangan obyektiv xulosadir. Lekin, bu obyektivlik subyektiv xarakter va mazmun hamda mohiyatga ega bo‘ladi. Chunki har bir subyekt, ya’ni olim o‘z intellektual bilim salohiyati, tafakkur doirasidan kelib chiqib, obyektivlikka harakat qiladi.
Buning uchun esa, tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o‘rganish obyekti (ma’lum mavzu) evolutsiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarni ro‘yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturamaldir. Eng qisqa va tushunarli qilib aytsak, umuman metodologiya fanlarning fani ya’ni dirijori.
Dastlabki paytda hozirgi mustaqil davlatlar hamjamiyati tarkibidagi sobiq ittifoqdosh mamlakatlar, shuningdek, O‘zbekistonda ham g‘oyaviy-nazariy, mafkuraviy-falsafiy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu esa, o‘z-o‘zidan boshqa mamalakatlarda bo‘lganidek, bizning Vatanimiz – O‘zbekiston tarixi fani uslubiyati (metodolgiyasi) qayta ishlanishi, aniqrog‘i, butunlay yangidan yaratilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga aylantirib qo‘ydi.

  1. ilmiy xolislik (obyektivlik);

tarixiy tahliliylik;
mantiqiy uzviylik;
vorislik va izchillik;
xronologik izchillik;
g‘oyaviylik va vatanparvarlik;
halollik va xolislik;
qiyoslash va kuzatish;
kuzatish va umumiylashtirish;
baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
matematik hisoblash;
shakllash va modellashtirish;
ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
Download 14.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling