1. Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusi
Yangi Oʻzbekiston: islohot va oʻzgarishlar maydoni
Download 1.64 Mb.
|
. Tarixiy obidalar – ma\'naviyatimiz ko\'zgusi
3. Yangi Oʻzbekiston: islohot va oʻzgarishlar maydoni.
Lotin - Кирил, [14.12.2021 14:47] Respublikamizda mustaqillik yillarida bir nechta bino va inshoatlar barpo etildi. Birinchi muz saroyi hisoblangan “Humo Arena”ning qurilishi 2017-yilning fevralida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021-yillarga moʻljallangan Yosh avlod salohiyatini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida boshlangan. Sport majmuasi sportni rivojlantirish, uning qishki turlarini ommalashtirish va sportchilarni yangi, jahon darajasiga olib chiqish ishlariga katta turtki boʻldi. “Humo Arena” muz saroyi 12,5 ming oʻrinli muz arenasi, kichik mashgʻulotlar arenasi, sport muzeyi, mashgʻulot zallari, fitnes-markaz, restoran va sport anjomlari doʻkonidan iborat. Xokkey, kerling, figurali uchish, short-trek boʻyicha xalqaro turnirlardan tashqari, arena sportning basketbol, voleybol, gandbol futbol, boks, taekvondo, qilichbozlik va boshqa turlari boʻyicha musobaqalarni ham oʻtkazishga moʻljallangan. Bundan tashqari, bu noyob transformer-arena boʻlib, innovatsion texnologiyalar tufayli turli-tuman shoular – mumtoz musiqa konsertlaridan tortib zamonaviy estrada konsertlarini tashkil etish imkoniyatiga ega. Shuningdek, rasmiy formatdagi tadbirlar – yirik xalqaro forumlar, anjuman va koʻrgazmalarni oʻtkazish uchun ham yetarli imkoniyatlar mavjud. Majmua jahon yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori darajali uskunalari bilan jihozlangan. Bu yerda arenadagi tadbirlarni onlayn-translyatsiya qilish imkoniyati yaratilgan. “Hilton Tashkent City”da tadbirlar oʻtkazish uchun moʻljallangan joylarning umumiy maydoni 2 453 kvadrat metrni tashkil qilib, 5ta koʻp funksiyali anjumanlar zalini hamda yozgi ayvonga chiqadigan keng banketlar zalini oʻz ichiga oladi. Barcha anjuman zallari birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan boʻlib, anjuman va boshqa tadbirlar davomida mehmonlarning harakatlanishini osonlashtiradi. Hilton Mehmonxonasi “Hilton Tashkent City” tadbirlar uchun moʻljallangan barcha zallarning tabiiy yoritishga egaligi bilan Toshkentda yagonadir. Bundan tashqari, mehmonxona 4 ming kishilik sigʻimga ega kongress-markazining yonida joylashgan. “Hilton Tashkent City”, shuningdek, turli mamlakat taomlarini taklif qiluvchi bir nechta restoran xizmatlarini ham oʻz ichiga olgan: 21-qavatda joylashgan Izakaya Reustarant & Longue pan-Osiyo restoranida janubi-sharqiy Osiyo taomlari taklif qilinadi. Shosh restorani esa milliy va Yevropa taomlariga ixtisoslashgan. “Hilton” tarmogʻi oʻz mijozlari uchun “Hilton Honnors” sodiqlik dasturini ishlab chiqqan. Unga koʻra, mijozlar turar joy uchun ballarni toʻplashi mumkin. Hilton Hotels & Resorts nomli zamonaviy va progressiv mehmonxonalar mehmonnavozlik borasida shubhasiz yetakchi hisoblanadi. Bir asrlik tajribaga ega Hilton mehmonxonaning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirib, mehmonlarga xizmat koʻrsatishni innovatsion yondashuv bilan boyitib bormoqda. Olti qitʼada 585ta mehmonxonaga ega Hilton Hotels & Resorts dunyoning eng mashhur joylarida oʻz mehmonxonalarini joylashtirgan. Toshkent city Tashkent City hududidagi qurilish jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Ushbu obyekt Markaziy Osiyodagi eng baland bino boʻladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri. Murad Buildings kompaniyasi rahbari Murad Nazarovning soʻzlariga koʻra, Tashkent City hududida bir yarim gektardan ortiq maydonda balandligi 215 metrdan oshadigan osmonoʻpar bino quriladi. Ushbu Markaziy Osiyodagi eng baland bino 50 qavatdan iborat boʻladi. 4.Xulosa Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo'shgan buyuk bobokalonlarimizning ma'naviy merosi qaytadan o'rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan baxramand bo'la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma'naviyati yulduzlari bo'lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YUNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Osmono’par binolar,yangicha uslubdagi uylar qurilmoqda.Umid qilamanki kelgusida bundanda zo’r yangi binolar va me’moriy obidalar quriladi men bunga ishonaman Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling