1. Tarkibi so


Download 19.09 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1536310
Bog'liq
imtihon


Imtihon.15.03.2023
1. Tarkibi SO2, C2H6 va H2S dan iborat bo'lgan gazli aralashma o'rta molekulalar massasi 44,8 g/mol ga teng. Agar aralashmada sp2 va sp3 gibridli orbitallar nisbatlari 1:1 bo`lganda, aralashmadagi H2S ning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 0,4 В) 0,3 C) 0,6 D) 0,7
2. Sulfat kislotaning 850 g eritmasi tarkibida 140∙ NA ta sp3-gibridlangan orbitallar mavjud bo‘lsa, H2SO4 ning massasini (g) toping.
A) 247 В) 490 C) 198 D) 360
3. Noma’lum metall asosli fosfat tuzining molyar massasi 266. Shu tuzning ekvivalenti 88,67 ga teng bo`lsa, qanday massadagi (g) tuz tarkibida 2,384∙1025 ta neytron bo‘ladi?
A) 79,8 B) 102,6 C) 55,6 D) 128,8
4. Natriy karbonat kristallogidrati va kaliy karbonat 9,28:5,52 massa nisbatda aralashtirildi. Aralashma yetarli miqdordagi suvda eritilganda natriy va kaliy ionlari molyar konsentratsiyalari teng bo lgan eritma olindi. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.
A) Na2CO3∙7H2O B) Na2CO3∙12H2O
C ) Na2CO3∙10H2O D) Na2CO3∙8H2O
5. Ishqorlar bilan ta’sirlashmaydigan, kislotalar
bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladigan oksidlar qanday
nomlanadi?
A) asosli B) kislotali C) hefarq D) amfoter
6. Kaliy gidroksidi berilgan moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi? 1) sulfat kislota; 2) kaliy oksid; 3) natriy gidroksid; 4) temir (II) gidroksid; 5) alyuminiy oksid; 6) kislorod; 7) nitrat kislota.
A) 1, 2, 3, 7 В) 1, 4, 7
C) 1,4, 5, 6 D) 1, 5, 7
7. Noma’lum kislota eritmasida kislotaning massa ulushi 7/25 ga teng. Agar eritm a tarkibidagi suvning miqdori (mol) kislotaning miqdoridan (mol) 14 marta ko‘p bo‘lsa, kislotani aniqlang.
A) HCl B) H2SO4 C) HBr D) HNO3
8. Uchta teng hajmli idish olingan bo'lib, ozon bilan to’lgan birinchi idishning massasi 44.4 g, kislorod bilan to'lgan ikkinchi idishning massasi 39,6 g, noma’lum gaz bilan to'lgan uchinchi idishning massasi esa 43,2 g. Noma'lum gazni aniqlang.
A) Ne B) Ar C)N2 D)CO2
9. Bir asosli kuchli kislota dissotsilanishidan hosil
bo‟lgan umumiy zarrachalar soni shu kislotaning
dastlabki sonidan 1,8 marta ko‟p bo‟lsa, kislotaning
dissotsilanish darajasini foizda toping.
A) 50 B) 60 C) 70 D) 80
10. 0,8M 200 ml sulfat kislota eritmasiga necha gramm NaOH qo‟shilsa, pH=7 bo`lgan eritma olinadi? A) 12,8 B) 16 C) 12 D) 8
11. PxSy+74HNO3(kons)→ reaksiya tenglamasini
tugallang va suvning oldidagi koeffitsiyentni
aniqlang.(y-x=5) A) 15 B) 18 C) 22 D) 28
12. +2 zaryadli ion hosil qiluvchi metaldan yasalgan va massasi bir xil bo`lgan ikkita plastinkaning birini mis (II) xlorid eritmasiga, ikkinchisini kumush nitrat
eritmasiga tushirib qo`yildi. Biroz vaqt o`tgandan keyin mis (II) xlorid eritmasiga tushirilgan plastinka massasi 3,0 g ga kamaydi, ikkinchi plastinkaning massasi 6,5 g ga ortdi. Sarflangan mis (II) xlorid va kumush nitratning mol nisbati 1:2 nisbatda bo‟lsa, Metallni aniqlang. A) Fe B) Mg C) Mn D) Cd
13. Quyidagi sopolimer zvenosini hosil qilishda qatnashganmonomerlarni toping.
(-CH2CF2CH2CH(CN)CF2C(F)HCH(COOH)CH2)n
1) vinilidin ftorid; 2) etilen; 3) 1,1 -diftoretilen;
4) akril kislota; 5) akrilonitril; 6) triftoretilen; 7) stirol; 8) 1,2-diftoretilen
A) 3,7,8,6 B) 8,7,6,1 C) 1,2,4,5 D) 6,5,3,4
14. Kislorod massalari teng bo‘lgan suv va KOH o‘zaro aralashtirildi. So‘ngra kislorod massalari o‘zaro teng bo‘lgan H2SO4 va KOH eritmasi aralashtirildi. Oxirgi eritmadagi suvning massa ulushini (%) toping. A) 29,3 B) 22 C) 26,3 D) 33,4
15. Tarkibida 25 g yod bo‘lgan 500 g spirtli eritma nima maqsadda ishlatiladi? 1) qalqon bezi kasalliklarini davolashda; 2) arterioskleroz
kasalligini davolashda; 3) qon to‘xtatuvchi vosita sifatida; 4) antiseptik sifatida; 5) rak kasalligini davolashda; 6) farmatsevtik vositalar olishda
A) 1,2,3,4,5,6 B) 4,6 C) 3,4,6 D) 1,3,4,5
16. C6H5CH2CH3 + KMnO4 + H2SO4 →…
Ushbu jarayonda 37,1 g qaytaruvchi sarflangan boʻlsa, necha gramm choʻkma hosil boʻladi?
A) 13,05 B) 42,7 C) 30,5 D) 54,9
17.

Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling