1. Tarmoq qurilmalari


Download 0.67 Mb.
bet6/10
Sana16.12.2020
Hajmi0.67 Mb.
#168059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KTT55667788

6-rasm. Modem qurilmasi

Kommutatsiya jarayonining vazifalaridan bo‘lgan oqimlar va kerakli marshrutlarni aniqlash, maxsus jadvallarda marshrutlarni belgilash, oqimlarni multiplekslash, uzatish muhitini taqsimlash – texnikaviy masalalar barcha tarmoq texnologiyalari asosi sifatida uning funksional xususiyatlarini belgilaydi. Tarmoqlarda ikki foydalanuvchi bir-biri bilan bog‘lanish jarayonida quyidagi asosiy kommutatsiya usullari mavjud:

Kanallar kommutatsiyasi (circuit switching); • Paketlar kommutatsiyasi (packet switching); • Xabarlar kommutatsiyasi (message switching).



7-rasm. Tarmoqda foydalanuvchilar kommutatsiyasi

Kanallar kommutatsiyasi tarixi dastlabki telefon tarmoqlaridan boshlanadi. Paketlar kommutatsiyasi 60 — yillar oxirida barpo etilib, birinchi kompyuter tarmoqlarida qo‘llanilgan. Kommutatsiya usullarining har biri afzalliklarga va kamchiliklarga ega: mutaxassislar fikriga ko‘ra, paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoq texnologiyalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o‘rtasida uzluksiz fizik kanallar hosil bo‘lib, kommutatorlar yordamida alohida kanal qismlari ketma-ket ulangan bo‘ladi, bir nechta fizik kanallar yagona fizik kanalni tashkil etadi va har bir kanalda uzatish tezligi bir xil bo‘lish sharti asoslangan. Bunday yagona kanal ma‘lumot uzatish jarayonidan avval o‘rnatilishi kerak bo‘ladi va bu kanal ulash o‘rnatish jarayonida faqat ushbu bog‘lanishga xizmat qiladi. Misol uchun, 9.1- rasmdagi 1 — tugundan 7 — tugunga ma‘lumot uzatish uchun avval 1 — tugun A kommutatoriga ulash o‘rnatish uchun 7—tugun adresini belgilagan holda maxsus so‘rov signalini yuboradi. A kommutatori yagona kanal hosil qilish uchun marshrutni aniqlab, so‘rov signalini keyingi kommutatorga yuboradi va h.k. 7 — tugun so‘rov belgisini olganligi to‘g‘risida 1 — tugunga javob signalini qaytaradi va yagona kanal hosil bo‘lganligi (kommutatsiyalanganligi) belgilanadi, shundan so‘ng 1 – tugun 7 – tugun bilan ma‘lumot almashishi mumkin.

Kanallar kommutatsiyasi afzallik va kamchiliklarga egadir. Kanallar kommutatsiyasining afzalliklari quyidagicha: - foydalanuvchilararo o‘rnatilgan kanalda ma‘lumot uzatish tezligi doimiy va ma‘lum bo‘ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga mo‘ljallangan kanalning o‘tkazish qobiliyatiga moslab kerakli tezlikni belgilash imkoniyatiga ega); - tarmoq orqali ma‘lumot uzatishda to‘xtalishlar darajasi past va doimiy bo‘lishi (to‘xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik (ovoz, video)ning sifatli uzatilish imkoniyatiga ega). Kanallar kommutatsiyasining kamchiliklari quyidagicha: - kanal bandligida foydalanuvchiga rad javobi berilishi; - fizik kanallarning o‘tkazish qobiliyatini samarasiz ishlatilishi (kanal ulash o‘rnatish jarayoni mobaynida band bo‘ladi); - avvaldan ulash o‘rnatilishi tufayli ma‘lumot uzatish jarayonidan oldin shartli to‘xtalish mavjudligi. Bu kommutatsiya usuli telefon so‘zlashuvlarni uzatishda qo‘llaniladi. Paketlar kommutatsiyasi asosan, kompyuter trafigini uzatishga mo‘ljallangan bo‘lib, ma‘lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon beradi. Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilararo uzatilayotgan xabarlar kichik qismlarga – paketlarga bo‘linadi. Ma‘lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish birligi hisoblanadi. Katta hajmdagi xabarlar kichik paketlarga bo‘linishi tarmoqda ma‘lumot uzatish tezligining keskin oshishiga olib keladi. Xabarlar turli uzunlikga ega bo‘lishi mumkin — bir necha baytdan o‘nlab megabaytgacha, paketlar esa o‘zgaruvchan uzunlikka ega bo‘lishlari mumkin.



8-rasm. Paketli uzatishni tashkil etish


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling