1. Tashkiliy hujjatlar haqida ma’lumot Farmoyish hujjatlari va uning turlari


Download 45.5 Kb.
bet3/3
Sana27.02.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1233841
1   2   3
Bog'liq
18-мавзу Ташкилий ва фармойиш хужжатлари 7c9b3df80baecffae1d471d463b81ac7

KO‘RSATMA VA FARMOYISH HAQIDA
Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish xuquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham bo‘yruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «bo‘yruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qo‘llaniladi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
Farmoyish -muassasa mamuriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim, mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.


Nazorat savollari:

  1. Tashkiliy hujjatlar va ularning vazifalari ?

  2. Guvohnoma va uning zaruriy qismlari qanday ?

  3. Yo‘riqnoma turlari va zaruriy qismlari qanday ?

  4. Nizom-ustav tushunchasi?

  5. SHartnoma turlari va uning zaruriy qismlari qanday ?

6. Hujjatlar qanday rasmiylashtiriladi ?

Topshiriqlar
Berilgan hujjatlar asosida namuna yozishni mashq qilish
Ish hujjatlarini rasmiylashtirish
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling