1. Tashkiliy hujjatlar haqida ma’lumot Farmoyish hujjatlari va uning turlari


Download 45.5 Kb.
bet1/3
Sana27.02.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1233841
  1   2   3
Bog'liq
18-мавзу Ташкилий ва фармойиш хужжатлари 7c9b3df80baecffae1d471d463b81ac7


18-mavzu: Tashkiliy va farmoyish hujjatlar. (Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma, buyruq va farmoyish)
Reja:
1.Tashkiliy hujjatlar haqida ma’lumot
2. Farmoyish hujjatlari va uning turlari
3.Farmoyish va ko’rsatma hujjatining o’ziga xos xususiyatlari
Tashkiliy hujjatlarmazmuni tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi10. Bulardan tashqari, farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, farmoyish), maъlumot- axborot hujjatlari (dalolatnoma, maъlumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma), xizmat yozishmalari kabi hujjatlar mavjud.
Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bunday hujjatlarga yo‘riqnoma, nizom, ustav, shartnomalar shular jumlasiga kiradi.
YO‘RIQNOMA
Qonun yoki boshqa meъyoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat. Muassasa, korxona, tashkilot, yuridik shaxslar va boshqalar (ularning bo‘linmalari, xizmatlari), mansabdor shaxs va fuqarolarning tashkiliy, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o‘rnatish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi.


NIZOM-USTAV
Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat.
Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tegishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi.
Nizomning asosiy zaruriy qismlari:
1. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa (tarkibiy qismi) nomi.
2. Hujjat turining nomi (Nizom)
3. Mazmuni (matni), muassasa tuzilishining maqsad va asoslari; asosiy vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashkil qilish tartiboti.
4.Muassasa rahbari imzosi.
5.Sana va joyi.
6.Tasdiqlash ustxati (yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi).
Ustav-muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, tashkilot, muassasaning tuzilishi, vazifasini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan meъyoriy ahamiyatga ega.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling