1. Tаshqi fоydаlаnuvchilаr uchun sеgmеntаr hisоbоtni tuzish qоidаlаri


Download 19.84 Kb.
bet1/2
Sana27.02.2023
Hajmi19.84 Kb.
#1234033
  1   2
Bog'liq
Bilet № 10


Bilet № 10.
1.Tаshqi fоydаlаnuvchilаr uchun sеgmеntаr hisоbоtni tuzish qоidаlаri.
2.Tаrmоq хususiyatini хаr tоmоnlаmа o’rgаnish аsоsidа – хаrаjаtlаrni vujudgа kеlish mаrkаzlаri vа mа’suliyat mаrkаzlаrini shаkllаntirish
3.Buхgаltеriya hisоbining rеspublikаmizdа rivоjlаnish yo’nаlishlаri


  1. Tаshqi fоydаlаnuvchilаr uchun sеgmеntаr hisоbоtni tuzish qоidаlаri.

2-§. Tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari


Boshqaruv hisobini tashkil qilish uchun segmentlar eng samarali mas’uliyat markazlari sifatida e’tirof etiladi, aniqrog‘i investitsiya markazlari sifatida eng qulay (optimal), deb hisoblanadi. Chunki segmentlar o‘z aktivlariga ega bo‘ladi, shunga muvofiq ulardan foydalanib ma’lum bir faoliyat yo‘nalishini olib borganda majburiyatlari vujudga keladi, faoliyati natijasida xarajatlar sodir etadi hamda daromad oladi, shunga muvofiq tarzda o‘z faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlaydi. Segmentlar daromadi quyidagi ikkita tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: - bevosita segmentning o‘ziga taalluqli bo‘lgan daromad miqdoridan; - xo‘jalik yurituvchi subyektining realizatsiyadan tushgan umumiy tushimidan bevosita segmentga taalluqli qismini hisobga olishdan. Amaliyotda umumiy tushumdagi segmentning bilvosita ulushini aniqlash uchun alohida hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Operatsion segment daromadi – bu tovarlarni realizatsiya qilish, ma’lum miqdordagi ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushum miqdoridir. Hududiy segment daromadi – ma’lum bir hudud doirasida olib borgan faoliyati natijasida ma’lum miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdir.
Mabodo segmentlar o‘zaro mahsulot (ish, xizmat) almashsa, u holda obyektiv tarzda ular daromadi miqdorini aniqlash, ya’ni faoliyatini baholash uchun transfert baholardan emas, balki tashqi bozor uchun belgilangan baholardan foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda quyidagilar segment daromadi sifatida hisobga olinmaydi: - moliyaviy quyilmalardan olingan dividend va foizlar, mabodo shunday daromad manbai bevosita shu segment faoliyati natijasida olingan bo‘lsa, u hisobga olinadi; - favqulodda daromadlar (favqulodda vaziyatlar vujudga kelishi oqibatida tushumlar bo‘lgan bo‘lsa). Xuddi shunday yondashuv segment xarajatlarini hisobga olishda ham qo‘llaniladi. Daromadlarni hisobga olishdagidek, ular ham ikkita qismdan iborat bo‘ladi: - bevosita segmentning o‘ziga taaluqli bo‘lgan xarajatlar miqdoridan; - xo‘jalik yurituvchi subyektining umumiy xarajatlari miqdoridan bevosita segmentga taaluqli qismini hisobga olishdan. Xarajatlarning bu miqdori bilvosita xarajatlarni taqsimlash usullaridan foydalanib aniqlangan holda segment ulushi topiladi hamda hisobga olinadi. Quyidagi xarajat turlari segment faoliyati natijalariga olib borilmaydi: - moliyaviy quyilmalar bilan bog‘liq xarajatlar, agarda shunday xarajat manbai bevosita shu segment faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, u hisobga olinadi; - foyda (daromad) solig‘i; - favqulodda chiqimlar (favqulodda vaziyatlar, masalan tabiiy ofatlar, yong‘ir sodir bo‘lishi oqibatida vujudga kelgan chiqimlar). Segmentning moliyaviy natijalari uning olgan daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi hamda hisobga olinadi
Segmentlar o‘z faoliyatini olib borish jarayonida, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun foydalanayotgan barcha aktivlar shu segmentiniki deb e’tirof etiladi hamda hisobga olinadi. Xususan, binolar, jihozlar, texnologik liniyalar, materiallar zaxirasi, vujudga keladigan debitorlik-kreditorlik qarzlarini har bir segment bo‘yicha yengil tarzda kuzatish va hisobga olish mumkin. Mabodo aktivlar bir vaqtning o‘zida bir necha segmentlarga tegishli bo‘lsa, u holda bilvosita xarajatlarni taqsimlash usullaridan foydalanib bunday xarajatlar ana shu segmentlarning ulushidan kelib chiqib, ular o‘rtasida taqsimlanadi. Shunday aktivlarni segmentlar o‘rtasida taqsimlash usullari xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak hamda hisobot davrida o‘zgarmasdan keyingi hisobot davrlariga o‘tishi ta’minlanishi lozim.
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tashqi foydalanuvchilari uchun barcha segmentlar faoliyatini umumlashtirib aks ettiradigan konsolidatsiyalashtirilgan hisobot tuziladi. Shu bilan bir qatorda aynan ana shu ma’lumotlarning tashqi foydalanuvchilari uchun konsolidatsiyalashtirilgan hisobotdan tashqari har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot ham tuziladi. Lekin, segmentar hisobot barcha segmentlar faoliyati bo‘yicha ham tuzilavermaydi. Har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot tuzilishi uchun quyidagi uch bosqichli jarayon talablari bajarilishi talab qilinadi: 1-bosqich: operatsion segment faoliyatiga bir necha tovarlar kiritilishi mumkin, agar ular quyida ko‘rsatilgan omillar orqali o‘zaro bog‘langan bo‘lsa: - tovarning belgilanishi; - ana shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayoni; - umumiy xaridorga ega bo‘lsa yoki bir xil usul bilan realizatsiya qilinsa. Obyektda ana shu omillardan (belgilardan) birortasi ham bo‘lmasa, u holda segment uchun boshqa obyekt qidiriladi. Mabodo yuqorida ko‘rsatilgan uchtadan bitta omil bo‘yicha bog‘lanish mavjud bo‘lsa ham, ana shu tovarlarni ishlab chiqaruvchi segment deb qaralishi mumkin. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi: ishlab chiqarish; savdo; xizmat ko‘rsatish. Uning ishlab chiqarish liniyasida kompyuterlar ishlab chiqariladi. Dasturlash bo‘limi xodimlari ana shu kompyuterlarga moslashtirilgan dasturlarni tuzadi. Savdo shaxobchasi ana shu kompyuterlarni sotadi. Bundan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyekt tarkibida kompyuterlarga xizmat ko‘rsatuvchi servis xizmati ham mavjud. Misoldan ko‘rinib turibdiki, ana shu bo‘limlarning har biri yuqorida qayd qilingan talablarga javob beradi va shunga muvofiq ular hisobot segmentlari tarzida hisobga olinishi mumkin. Hududiy segmentlar bo‘yicha esa, ma’lumotlar aktivlar joylashgan hududlar yoki tovarlar (ish, xizmat) sotiladigan bozorlar bo‘yicha shakllantirilishi mumkin. Aniqrog‘i, oldingi misoldan kelib chiqiladigan bo‘lsa O‘zbekistonda, Belorussiyada va Ukrainada o‘z ishlab chiqarish bo‘limlariga ega bo‘lgan elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi yirik xolding ana shu hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi.
2-bosqich: bu bosqichda yana bir qator shartlar bajarilishi talab qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion va hududiy segmentlari hisobot obyektlari deb hisobga olinadi, agar shu segmentning: - tashqi xaridorlar yoki boshqa segmentlarga sotilayotgan tovarlar (ish, xizmat) miqdori barcha segmentlarning umumiy sotuvdan tushgan tushumlari miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa; - o‘z faoliyatidan olayotgan foyda (zarar) miqdori barcha segmentlar tomonidan olinayotgan umumiy foyda (zarar) miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa; - aktivlari miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha segmentlari aktivlari umumiy miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa. Segment sifatida ko‘rilayotgan obyekt yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning birortasiga ham javob bermasa uning faoliyati boshqa segment tarkibiga qo‘shiladi va hisobga olinadi. Shunga muvofiq, ana shu shartlarning bittasiga mos kelsa, bunday segment hisobotdor deb hisobga olinadi.
3-bosqich: bu bosqich hisobotdor segmentni shakllantirishning oxirgi bosqichi sanaladi. Bu bosqichda segment faoliyatidan tushadigan tushumi miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt jami tushumdagi ulushi bilan solishtiriladi. Agar ana shu ulush miqdori 75 foizdan past bo‘lsa, bu segment hisobotdor deb hisobga olinadi, 75 foizdan baland bo‘lsa bunday segment tarkibidan yana boshqa bir segmentni ajratib chiqish masalasi ko‘riladi. Ana shu tartibda shakllantirilgan hisobotdor segmentlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilishida ham ma’lum bir tamoyillar amal qiladi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha samarali tarzdagi boshqaruv hisobini tashkil qilish maqsadida birlamchi tarzda ularning barchasi quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z hisobotlarida aks ettirishlari kerak bo‘ladi: - tashqi xaridorlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa segmentlariga realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum miqdorini; - moliyaviy natijasini; - tasarrufida bo‘lgan aktivlarning umumiy balans qiymatini; - asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga sarflangan kapital quyilmalar miqdorini;


  1. Tаrmоq хususiyatini хаr tоmоnlаmа o’rgаnish аsоsidа – хаrаjаtlаrni vujudgа kеlish mаrkаzlаri vа mа’suliyat mаrkаzlаrini shаkllаntirish

Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
Oldingi paragraflarda ko‘rib chiqilganidek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil qilishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – har bir bo‘g‘in bo‘yicha xarajatlar va daromadlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni alohida-alohida hisobga olish, shuningdek ana shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha vujudga keladigan chetlanishlarni (og‘ishlarni) mas’ullar zimmasiga yuklashdan iborat. Xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida samarali tarzdagi boshqaruv tizimini tashkil qilish maqsadida javobgarlik markazlariga bo‘linishi quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak: - har bir javobgarlik markazi albatta xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy va faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmasi tarkibida bo‘lishi va bu tuzulmalar bilan tizimli bog‘langan bo‘lishi kerak; - javobgarlik markazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini aniqlash imkoni bo‘lishi, xarajatlarni hisobga olish va ularni taqsimlash uchun asos bo‘lishi kerak; -javobgarlik markazlari rahbarlarining (menejerlarining) vakolatlari va mas’uliyatlari doirasi va chegaralarini aniq belgilab berish imkoni bo‘lishi kerak; - javobgarlik markazi bo‘yicha hisobot shaklini tuzish imkoni bo‘lishi talab etiladi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda javobgarlik markazlarini tashkil qilish yana bir qator ijtimoiy hamda psixologik omillarga ham bog‘liq. Jahon amaliyotida bir xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida javobgarlik markazlarini tashkil etishning chiziqli, funksional, chiziqlifunksional va matritsali shakllaridan foydalaniladi. Javobgarlik makazining chiziqli boshqarish shakli vertikal bo‘yicha boshqarishni nazarda tutadi, bunda quyidagi bo‘g‘inlar o‘zidan yuqoridagi bo‘g‘inga bevosita bo‘ysinadi. Javobgarlik markazlari faoliyati chiziqli boshqarish tamoyili asosida tashkil qilinganda, har bir bo‘g‘in rahbari o‘zi mas’ul bo‘lgan
bo‘linmalarni mustaqil tarzda boshqaradi. Bo‘linmalarni mustaqil tarzda boshqarish uchun kerak bo‘ladigan barcha boshqaruv qarorlarini ham o‘zlari qabul qiladi. Bu tizimning bir qator ijobiy va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Javobgarlik markazini chiziqli boshqarish shaklida tashkil qilishning yutuqlari quyidagilardan iborat: -mutaxassis-xodimlar tomonidan o‘zlarining vazifalarini bajarishga shaxsiy javobgarligini belgilab beradi va motivatsiyani kuchaytiradi; -rahbarlar tomonidan qo‘shimcha tarzdagi hamda asoslanmagan va samarasiz topshiriqlar berilavermaydi, ana shunday holatlarning oldi olinadi; -mutaxassis-xodimlar o‘zlariga belgilab berilgan topshiriqlarni tezda bajarishlari mumkin va ular o‘zlari uchun mehnati natijalarini tahlil qilib borishlari mumkin bo‘ladi; -mutaxassis-xodimlar vazifalarini bajarish borasida markaz rahbariga bo‘ysunishlari natijasida ijro va mehnat intizomi mustahkam bo‘ladi. Javobgarlik markazi faoliyatini chiziqli boshqarish shaklida tashkil qilishning salbiy tomonlari esa - unda asosan qisqa muddatli vazifalarni bajarishga e’tibor qaratilishi sababli, kompleks yondashuvni talab qiladigan istiqbolli masalalarni hal qilish borasida qator muammolar kelib chiqadi. Natijada ana shunday javobgarlik markazlarida sansolarlik, buyruqbozlik, o‘zibo‘larchilik kayfiyatlari paydo bo‘lishi ehtimoli oshadi. Shunga muvofiq bu shakldan ishlab chiqarish tsexlari va kichik texnoligik bo‘limlarni boshqarishda foydalanish yuqori samara beradi. Javobgarlik markazi faoliyatini funksional boshqarish shaklida tashkil qilish xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ta’minot, moliya-iqtisod, rejalashtirish, kadrlar xizmati, sotish, marketing-reklama bo‘limlari kabi alohida funksiyalari mohiyatidan kelib chiqib bo‘limlarga ajratish tarzida tashkil qilib boshqarishni nazarda tutadi. Javobgarlik markazining bu shakli xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va alohida olingan faoliyat turlarini ixtisoslashtirishga asoslangan. Bu holatda har bir rahbardan (menejerdan) o‘z bo‘limlari faoliyatlarini chuqur bilishlari, jarayonlarni istiqbolli tahlil qila olishlari, jarayon va xodisalarni obyektiv tazda baholay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari va istiqbollarni belgilab berish qobiliyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Javobgarlik markazini bu shaklda tashkil qilishning afzalligi – xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha jabhalarini ixtisoslashtirilgan
holda tashkil qilishdan iborat bo‘ladi, har bir bo‘limda malakali mutaxassislar jamlanishi ta’minlanadi va shunga yarasha faoliyat samaradorligi oshadi. Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishda javobgarlik markazlarining
Download 19.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling