Galaktikalarning Koinotda taqsimlanishi Galaktikalarning fazoda taqsimlanishini o'rganish ham yulduzlarnmg galaktikada taqsimlanishini o'rganishdagi kabi bolib, osmonning ma'lum uchastkasidagi (aksariyat 1 kvadrat gradusda) galaktikalar soni Nm deganda, shu uchastkadagi yulduz kattaligi т va undan kichik kattalikdagi galaktikalarning soni anglashiladi. Bu muammo, birinchi marta, 2,5 metrlik reflektorda 1283-uchastkada yulduz kattaliklari 20m gacha obyektlar tushirilgan fotorasmlarni tahlil qilish orqali, E. Xabbl tomonidan 1934-yilda bajarildi. Xabbl shu yo'l bilan 1 kvadrat gradusli maydonga 20m gacha ravshanlikdagi 131 galaktika to'g'ri kelishini aniqladi. Butun osmon sferasiga (u jami 41253 kv. gradusni tashkil qiladi) to'g'ri keladigan galaktikalar soni esa 5,4 • 106 ga teng chiqdi. Dunyodagi eng yirik teleskop yordamida 24 yulduz kattaligigacha obyektlarni (jumladan, galaktikalarni ham) ko'rish mumkinligiga e'tibor qilinsa, unda butun sferada 1,4 milliard galaktikani kuzatish mumkinligi aniqlandi. Tashqi galaktikalardan birinchi kashf etilgani qaysi bir galaktika? Bizga qo'shni galaktikalardan qaysilarini bilasiz? 3. Tashqi galaktikalargacha masofalarni aniqlashning qaysi usullari haqida eshitgansiz? 4. Tashqi galaktikalarning qanday sinflarini bilasiz? 5. Spiral, elliptik va noto'g'ri galaktikalar bir-birlaridan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |