1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
26) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida ma’lumot ko‘rsatiladi. Tovar haqidagi ma’lumotlar TIF TN asosida tasniflash qoidalariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni muayyan o‘n raqamli podsubpozitsiyada aniq tasniflash imkonini berishi lozim. Ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi: 1 raqami ostida quyidagilar ko‘rsatiladi: Oldingi tahrirga qarang. tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa an’anaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (davlat standartlari, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarning miqdoriy va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Elektron BYuDda tovarning markasi va brendining nomi alohida ajratilgan maydonchada ham ko‘rsatiladi (tovar markasi yoki brendining nomi mavjud bo‘lmagan hollarda “markasiz”, “brendsiz” deb ko‘rsatiladi); (22-band 26-kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi) agar bojxona to‘lovlarini hisoblash hamda undirish va (yoki) iqtisodiy siyosat choralarini (taqiqlar, cheklovlar va h.k.) qo‘llash uchun zarur bo‘lsa, tovarning asosiy va qo‘shimcha o‘lchov birliklaridan farq qiluvchi o‘lchov birliklaridagi tavsifi va ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (miqdori va shartli belgisi), shuningdek tovar ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana ko‘rsatiladi. Deklaratsiyalanayotgan tovarlarni tovar pozitsiyasining TIF TNda keltirilgan umumiy nomlanishi bilan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 2 raqami ostida quyidagilar ko‘rsatiladi: o‘ramga ega bo‘lgan tovarlar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar o‘rami turi va o‘ramlar miqdori. Agar ushbu grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlar yuk joylarining hammasini egallamasa grafada “qutining bir qismi” va shunga o‘xshash yozuvlar yoziladi. Bunda o‘ram deganda tovarlarni o‘rash, himoyalash, joylashtirish va mustahkamlash yoki ajratish uchun mo‘ljallangan har qanday buyum va materiallar tushuniladi, uyum holda olib o‘tiladigan o‘rash materiallari (somon, qog‘oz, shisha tola, qipiq va shu kabilar) bundan mustasno; Oldingi tahrirga qarang. sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda o‘ramsiz olib o‘tiladigan tovarlar uchun quyidagi kodlardan biri qayd etiladi: (22-band 26-kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. “01” — sochilgan holda; “02” — uyumlangan holda; “03” — quyilgan holda. (22-bandning 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi) Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali tashiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda 2 raqami ostida ma’lumotlar to‘ldirilmaydi. 3 raqami ostida konteynerda tashiladigan tovar uchun yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan holatlarda — orasiga vergul qo‘yilib konteyner raqamlari ko‘rsatiladi. Agar deklaratsiyalanayotgan tovarlar konteynerni to‘liq egallamagan bo‘lsa konteyner raqamidan so‘ng: “bir qismi” so‘zlari yoziladi. Elektron BYuDda konteyner raqamlari alohida maydonchada har biri alohida ko‘rsatiladi. 4 raqami ostida aksiz markalari bilan markalangan tovarlar uchun — har bir seriya bo‘yicha aksiz markalari seriyalari, raqamlari va miqdori ko‘rsatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Elektron BYuDda tovarga oid ma’lumotlar elektron BYuDning formati va tuzilishiga asosan alohida ajratilgan maydonchada ham ko‘rsatiladi. (22-bandning 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi) Aksiz markalarining raqamlari ketma-ket kelayotgan bo‘lsa, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli oraliqdagi birinchi va oxirgi raqam o‘rtasida chiziqcha “-” ajratuvchisini qo‘yish orqali yoziladi. 5 raqami ostida quvur transporti, elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda quyidagi yozuvlar yoziladi: “XX.XX.XXXX dan XX.XX.XXXX gacha bo‘lgan oraliqda yetkazib berish”. Bu erda raqamli belgilar bilan tovarlarni yetkazib berish boshlangan “kun, oy, yil” va tugallangan “kun, oy, yil” ko‘rsatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Grafaning pastki chap burchagida alohida ajratilgan maydonchada deklaratsiyalanayotgan tovarni ishlab chiqargan (tayyorlagan, yetishtirgan) shaxsning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi), so‘ngra “/” belgisidan keyin yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq ko‘rsatiladi. Agar mazkur tovarning ishlab chiqaruvchisi noma’lum yoki tovar bir nechta shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan (tayyorlangan, yetishtirilgan) bo‘lsa, jo‘natuvchining STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) va hudud kodi ko‘rsatiladi. (22-band 26-kichik bandining o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi) Grafaning pastki o‘ng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori va o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi ko‘rsatiladi (qo‘shimcha o‘lchov birligining kodi 41-grafada aks ettiriladi). Elektron BYuDda o‘lchov birligining shartli belgilanishi ko‘rsatilmasdan, faqatgina tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori yoziladi. Tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori verguldan keyingi ikkinchi belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi. Agar qo‘shimcha o‘lchov birligidagi tovar miqdori “0,01” dan kam bo‘lsa grafada tovarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori verguldan keyingi oltinchi belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi. Faqatgina asosiy o‘lchov birligi “kg” qo‘llanilgan holatlarda — grafaning pastki o‘ng burchagi to‘ldirilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. (22-bandning 26-kichik bandi o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son) Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling