1-tema. Shet el mámleketleri tálim sisteması Reje


Germaniyaning pullik oliy o`quv yurtlari


Download 44.81 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi44.81 Kb.
#1160897
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-lek qq

Germaniyaning pullik oliy o`quv yurtlari
Germaniyada pullik oliy o`quv yurtlari, bu avvalo, tijoriy oliy o`quv yurtlaridir. Ta`kidlash kerak-ki, ta`limning bahosi uning sifati va qulayligiga bog`liq emas. Davlat organlari, eng yaxshi nemis kompaniyalari yoki ishlab chiqarish kompaniyalari bilan bog`liq ko`pgina tijoriy oliy ta`lim muassasalari o`zining moddiy-texnik imkoniyati bilan maqtanmasa ham bo`ladi. Aytish kerakki,Myun`xen texnika universiteti, Berlin mustaqil universiteti, Geydelberg universiteti, Lyudvik-Maksimiliana nomidagi universitetlar esa eng yaxshi bepul nemis universitetlari hisoblanadi.
Shuning uchun Germaniyadagi pullik oliy ta`lim muassasalarining nafaqat bahosini, balki o`quv dasturi, OTMning darajasi va maxsus davlat akkredatsiyasi sonini ham diqqat bilan o`rganib chiqish kerak.
Shuningdek, pullik ko`rinishdagi OTMlar bo`lib, ular ancha qimmat, ammo ularning o`quv dasturlari boshqa davlat nufuzli oliy o`quv yurtlari bilan hamkorlikda tuzilgan bo`lib, juda sifatli va talaba bu oliy o`quv yurtini tugatgach, birdaniga ikki diplom, ya`ni ikki universitet diplomiga ega bo`ladi.
Ikkinchi bu ko`rinishdagi qiziqarli pullik dastur juda yirik o`quv dasturlari bo`lib, o`quv jarayoniga anchagina mablag` sarflashga to`g`ri keladi. Masalan, bu tibbiyotdagi maxsus dasturlar bo`lishi mumkin. Shu bilan birga talabalar xususiy kompaniyalar tomonidan grant-stipendiyalari olishlari ham mumkin.
Odatda bu kompaniyalar talabalarning o`qishlari uchun to`lov qilishadi va talaba o`qishni bitirgach, yaxshi maosh berish sharti bilan 2-5 yilgacha ishlab beradi.
Shunday qilib, kompaniya o`ziga yaxshi bilimga ega bo`lgan yosh mutaxassislarni jalb qiladi.
Germaniyaning OTMlarida nafaqat nemis tili, ingliz tilida ham o`qish mumkin. O`tiladigan fanlar o`quv dasturlarining (bakalavrda kamroq, magistrlarda ko`proq) aksariyati ingliz tilida. Shunday o`quv dasturlari ham borki, qisman bo`lsa-da, frantsuz, ispan, italyan va boshqa tillarda ham o`tiladi. Germaniyaning davlat OTMlarida ingliz tilida o`qiydiganlar, jumladan, chet elliklar uchun ham bepul.
Germaniyada o`z fuqarolari, shuningdek, xorij oliy ta`lim olishi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak.
1. Kelajakda oladigan mutaxassisligini tanlashi.
2. O`quv dasturini tanlash kerak. (hatto bir nechtasini)
3. O`quv dasturlariga muvofiqligiga tayyorgarlik ko`rish kerak.
4. Zarur hujjatlarni tayyorlashi.
5. OTMga kirish uchun ariza tayyorlashi va hujjatlarini jo`natishi kerak.
6. OTMdan taklifnoma olishi va talabalik milliy vizasini hujjatlashtirilishi kerak.
7. Germaniyaga kelib, talabalikka qabul qilingach, o`qishni boshlashi kerak.
8. O`zining shaxsiy o`quv rejasini tuzishi kerak.
9. O`zingizga maqbul bo`ladigan darajadagi barcha modullardan o`tishingiz kerak.
10. Barcha zarur amaliyotlardan o`tish kerak.
11. Germaniya bilan hamkorlikdagi xorij OTMlarida bir yoki ikki semestr o`qish tavsiya etiladi.
12. Bitiruvchi o`quv dasturlariga ko`ra diplom ishi yozishi va himoya qilishi, davlat imtihonini ham topshirishi kerak.

Download 44.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling