1. Temir yo'llar tarixi haqida ma'lumot bering. Temir yoʻl transporti
Download 83.54 Kb.
|
transport yakuniy
21 Kruiz kemalarida xizmat qilish
XX asr oxirida kruiz industriyasi turistik biznesning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Ma’lumki, kruiz deganda suv transporti turlarida sayohat qilish tushuniladi. U orol qirg‘og‘i bo‘ylab ekskursiya qilishni, port shaharlarning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni, shuningdek dengiz va daryo laynerlari bortida dam olishni o‘z ichiga oladi. Jahonda kruiz kompaniyalari juda ko‘p (100 dan ortiq) bo‘lib, ularning bir qismi Kruiz kompaniyalari xalqaro uyushmasiga a’zodir. Kruiz biznesi sohasidagi eng mashhur tashuvchilar qatoriga «Carnival Cruise Lines», «Celebrate Cruises», «Royal Caribbean International», «Princess Cruises», «Costa Cruises», «Norwegian Cruise Lines» kompaniyalari kiradi. Kruiz kompaniyalari, shuningdek ularning floti ko‘rsatiladigan xizmatlar toifasiga qarab (mehmonxonalar singari) toifalarga ajratiladi. Aksariyat yirik kruiz kompaniyalari ommaviy iste’molchiga qarab mo‘ljal olsa-da, ular ko‘rsatadigan xizmatlar «4 — 5 yulduz» darajasidadir. Oliy toifa («6 yulduz») kemalar atigi to‘rtta bo‘lib, ular «Seaborn», «Radisson Seven Seas Cruises», «Cunard Line» va «Silversea Cruises» kompaniyalariga tegishli. Mazkur kompaniyalarning kemalari kamida 200 — 250 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga hashamatli apartamentlarda eksklyuziv dam olish hamda sayohatchilarning odatlari va xohish-istaklarini hisobga oluvchi xizmatlar taklif qilinadi. Bunday kompaniyalarning xizmatlaridan kema bortida o‘tkazilgan har bir kun uchun 1000 AQSH dollari va undan ko‘proq haq to‘lashga qodir boy odamlar foydalanadi. Ommaviy turizmga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan dengiz kruiz kemalari 1700 dan 2600 tagacha yo‘lovchi sig‘adigan ko‘p palubali ulkan kemalardir. Zamonaviy kemalarning o‘rtacha tonnaji 75 000 t dan 100 000 t gacha etadi. «Royal Caribbean International» va «Celebrate Cruises» kompaniyalarining dengiz laynerlari o‘zining qulayliklari bilan ajralib turadi. «Royal Caribbean» kompaniyasining dengiz floti uch klass: Radiance, Vision va Voyager klasslariga mansub kemalardan iborat. Radiance kemalarining intereri o‘zining shinamligi bilan farq qiladi. Ko‘p sonli darchalar dengiz manzaralarini kuzatish imkonini beradi. Kayutalarning yarmidan ko‘prog‘i individual verandaga ega. Vision klassiga mansub 6 kemaning barchasi o‘ziga xosligi va tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Voyager klassi kemalari boshqa kruiz kemalaridan kattaligi bilan farq qiladi, chunki ular katta maydonlarni talab qiluvchi turli zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. Download 83.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling