1. Temuriylar davri ma’naviyatining rivojlanishi qanday kechgan?
Download 11.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqmanaviyat 2
1. Temuriylar davri ma’naviyatining rivojlanishi qanday kechgan? 2. Ma’naviyatning tarkibiy qismlari va turlari nimalardan iborat? 3. Ma’naviyat va madaniyatning o‘zaro munosabati nimalarda ko‘rinadi? 4. Yangi O‘zbekistonda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” konsepsiyasi mazmun-mohiyati. Javoblar. 1. Temuriylar davri ma’naviyatining rivojlanishi qanday kechgan? Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtni, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Amir Temur (1336-1405) zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurda Vatanni sevish, xalqini ulug‘lash, faxrlanish va g‘ururlanish singari oliy ma’naviy fazilatlar barq urib turgan. Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma”lari, Ibn Arabshohning “Temur hayotida taqdir ajoyibotlari” va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Amir Temurning xislatlarlaridan biri shu ediki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon odamlari, olimlari bilan maslahatlashar, so‘ng qat’iy qaror qabul qilar edi. Uning olimlar bilan qiladigan maslahatlari har xil darajada va turli shakllarda bo‘lardi. Bu suhbatlarda hayotning muhim masalalari to‘g‘risida Movarounnahr va Xorazmdan tashqari, Oltin O‘rda, Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq, Turkiya, shuningdek, butun G‘arb – Mag‘ribni o‘z ichiga olgan podshohlikka oid ishlar haqida gap borardi. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha, Amir Temur tomonidan bunyod etilgan Boilkan shahrida hijriy 806/ 1380 yilda chaqirilgan qurultoyi haqidagi ma’lumoti diqqatga sazovordir. Kengashda Temur nutq so‘zlagan. U o‘z nutqida shunday degan: “Fan va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. 2. Ma’naviyatning tarkibiy qismlari va turlari nimalardan iborat? «Ma’naviyat» tushunchasi haqida oldingi mavzularda to‘xtalganimizni hisobga olib, bu yerda uning tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi tushunchalar haqida to‘xtalamiz. «Ma’naviyat» ham boshqa fanlar kabi o‘zining mustaqil tarkibiy qismlariga egadir. Ularni madaniyat, madaniy va ma’naviy meros, mafkura, qadriyat kabilar tashkil qiladi. Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi. Shuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar. Madaniy va ma’naviy meros haqida ham shunday deyish mumkin. Shu sababdan avvalo madaniyat va uning turlarini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, madaniyatni, xususan ma’naviy madaniyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g‘risida gapirish ancha mushkul, inchunun ma’naviy meros ma’naviy madaniyat doirasiga kiradi. Madaniy va ma’naviy meros haqida ham shunday deyish mumkin. Shu sababdan avvalo madaniyat va uning turlarini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, madaniyatni, xususan ma’naviy madaniyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g‘risida gapirish ancha mushkul, inchunun ma’naviy meros ma’naviy madaniyat doirasiga kiradi. Shunday ekan madaniyat nima? Madaniyat tushunchasini izohlashga bag‘ishlangan ko‘p ilmiy adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar soni 260 tadan oshib ketgan. Mualliflar madaniyat tushunchasiga o‘rganayotgan sohalari nuqtai-nazaridan yondoshgan holda ta’rif berib qolmoqdalar. Bunga sabab, madaniyatning ko‘p qirrali, murakkab ma’naviy-ijtimoiy hodisa ekanligi, uning inson va jamiyat hayotining barcha qirralarini qamrab olganligidir. Madaniyatga berilgan ta’riflarda mualliflarning fikrlarini umumlashtiruvchi tomonlar mavjud. Shu jumladan, ularni umumlashtiradigan bo‘lsak, madaniyat tushunchasi keng ma’noda insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan va yaratayotgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig‘indisini ifodalaydi.Ko‘rinadiki madaniyat insonning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va o‘zlashtirishdagi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Download 11.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling