1. Teshiklarni sidirish
Download 20.14 Kb.
|
Вариант 18
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teshiklarni parmalashda ko‘p shpindelli kallaklardan foydalanish
l0 - ishlov beriladigan teshik uzunligi, mm;
lkes - parmaning kesib olish uzunligi, mm; l chiq - parmaning kesib chiqish uzunligi, mm; S – surish, mm/ayl; i – o‘tishlar soni; n – shpindelning minutiga aylanishlari soni, ayl/min. Teshiklarni parmalashda ko‘p shpindelli kallaklardan foydalanish Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida ko‘p shpindelli parmalash kallaklaridan keng foydalaniladi. Ko‘p shpindelli parmalash kallaklari detallar (bir nechta detallar)da bir vaqtda bir nechta teshiklarga ishlov berish (parmalash, zenkerlash, razvertkalash va rezba kesish) ni amalga oshirishda ishlatiladi. Bir shpindelli parmalash dastgohini standart ko‘p shpindelli kallak yordamida bir vaqtda bir nechta teshiklarga ishlov berish uchun moslashtirish mumkin. Teshiklarni toza pardozlash, ko‘pincha, yupqa yo‘nish usulida amalga oshiriladi. Bu usulni juda katta tezlikda, kesishning kichik chuqurligi va kichik surishlarida amalga oshiriladi. Yo‘nishda olmosli keskichlardan tashqari qattiq qotishmadan tayyorlangan plastinkali keskichlar ham qo‘llaniladi. Bular ham ishlov berilgan sirt g‘adirbudirligiga va aniqligiga nisbatan yaxshi natijalarni beradi. Olmosli yo‘nuvchi dastgohlarning konstruksiyasi mustahkam va bikir bo‘lishi, shpindel va staninalarda titrash bo‘lmasligi kerak. Yupqa (olmosli) yo‘nish uchun kesish rejimlaridan misol keltiramiz. Cho‘yandan tayyorlangan zagotovkalarda teshik parmalash uchun kesish tezligi 120-150, bronza uchun 300-400, babbit uchun 400-1000, alyuminiy qotishmalar uchun 500-1500 m/min bo‘ladi. Surish 0,01-0,008 mm/ayl bo‘lganda, kesish chuqurligi 0,05-0,1 mm oralig‘ida bo‘ladi. Teshiklarni yupqa yo‘nishda quyidagi afzalliklarga erishiladi to‘rt shpindelli kallak sxemasi keltirilgan. Parmalash kallagi dastgoh shpindelining konussimon teshigiga o‘rnatiladi. SHpindelning bu teshigida etaklovchi tishli g‘ildirak o‘rnatilgan konussimon kallak joylashgan. Dastgoh shpindelining aylanishi bilan bu tishli g‘ildirak to‘rt kallakdagi to‘rtta ishchi shpindelni aylantiradi. 4 Loyihalangan texnologik jarayon standartlar asosida tuzilgan kartalarda rasmiylashtiriladi. Bunday kartalarga quyidagilar kiradi: a) marshrut kartasi - bu kartada texnologik jarayonni tashkil etuvchi barcha texnologik operatsiyalari bajarilish ketma-ketligi va tartibi bo‘yicha ifodalanadi Bundan tashqari marshrut kartada har bir texnologik operatsiyani bajarishda qo‘llaniladigan dastgoh, moslama, kesuvchi va o‘lchov asboblari to‘g‘risidag ma'lumotlar keltiriladi. b) operatsiyalar kartasi - bu kartada texnologik jarayon operatsiyalari to‘la ifodalangan bo‘lib, har bir texnologik o‘tish, xolatlar ifodalanib, dastgoh, kesuvch yoki yordamchi asboblar, o‘lchov asboblari hamda kesish rejimari to‘g‘risidag ma'lumotlar keltiriladi. Ushbu kartada sovutish-moylash suyuqliklari to‘g‘risidag ma'lumotlar ham ko‘rsatiladi. v) eskizlar kartasi - bu kartada texnologik jarayon operatsiyalarining grafik tasviri aks ettiriladi. Yig‘ishning texnologik jarayoni karta, sxema, grafik ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, ular asosiy hisoblash hujjati hisoblanadi. Korxonalarda amalda qo‘llaniladigan kartalar shakli turlicha, biroq ular ko‘pincha soddalashtirilgan bo‘ladi va yig‘ish jarayonining zarur omillarini aks ettirmaydi. Yig‘ishning har bir bosqichi uchun [agregat (mexanizmlar) yig‘ma birliklarini yig‘ish, mashinani umumiy yig‘ish] operatsiyaga, o‘tishlarga va priyomlarga taqsimlangan texnologik jarayon ishlab chiqiladi. SHunga asosan marshrutli va operatsiyali kartalar yig‘ish jarayonining har bir bosqichi uchun tuziladi. Yig‘ish ishlarining kartalarida har bir bosqichi uchun texnologik jarayonning barcha omillari keltiriladi. Kartalar a) mashina nomini; b) mashinaning yillik ishlab chiqarish hajmini; v) seriyadagi mashinalar soni; g) barcha ishlarni yig‘ishning bosqichlari bo‘yicha taqsimlash; d) yig‘ishning har bir bosqichi uchun operatsiya va o‘tishlarning nomi va bayoni; e) talab qilinadigan moslama, asboblar va uskunalarni ko‘rsatish; j) yig‘ish takti va alohida operatsiyalarni bajarish uchun vaqt; z) bajariladigan operatsiya uchun barcha ishchilarga umumiy vaqt me'yori; i) ishchilar malakasining razryadlari; k) yig‘ishda detallarni biriktirish uchun saqlanishi zarur bo‘lgan konstruktiv tirqishlar; l) yig‘ish operatsiyalari moslamalarni, mahsulotni ko‘tarish yoki burash uchun tros yoki zanjirni mahkamlash usullarining eskizlarini ifodalashi zarur. 5 Vallarda va umuman, qamrab olinuvchi detallarda shponka ariqchalari priz matik va segmentli shponkalar uchun tayyorlanadi. Prizmatik shponkalar uchun shponka ariqchalari ikki tomoni berk, bir omoni berk va ikkala tomoni ochiq bo‘lishi mumkin. Shponka ariqchalari ariqcha va valning konstruksiyasiga, qo‘llaniladigan as bobga qarab turli usulda tayyorlanadi. Ularni tayyorlash umumiy maqsaddagi yoki maxsus gorizontal frezalash yoki vertikal frezalash dastgohlarida bajariladi. Ochiq va bir tomoni berk shponka ariqchalari diskli frezalarda frezalash or qali tayyorlanadi Ariqchani frezalash 1-2 o‘tishda amalga oshiriladi. Bu usul eng unumli bo‘lib hisoblanadi va ariqcha kengligining aniqligini etarli darajada ta'minlaydi. Ochiq va bir tomoni berk shponka ariqchalarini diskli freza yordamida fre zalashda asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bunday usulda frezalashda yuqori quvvatli dastgoh, frezani mustahkam qilib mahkamlash va sovutib turish talab qilinadi. Ikki tomoni berk bo‘lgan shponka ariqchasini bir marta o‘tishda frezalashda asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bu erda Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling