1. Teshiklarni sidirish
Download 20.14 Kb.
|
Вариант 18
h - shponka ariqchasining chuqurligi, mm;
la - shponka ariqchasining uzunligi, mm; D f - ariqcha kengligiga teng bo‘lgan frezaning diametri, mm; Sm .vert - vertikal surish, mm/min; Sм .bo‘yl - bo‘ylama surish, mm/min; Kengligi bo‘yicha aniq ariqcha hosil qilish uchun "mayatnikli surishli" shponka frezalash dastgohi qo‘llaniladi. Bu dastgohda ariqcha frezalashda yon tomoni kesuvchi qirralarga ega bo‘lgan parmasimon ikki spiralli freza qo‘llaniladi. Bu usulda avval, freza yordamida 0,1-0,3 mm kesib olinadi va ariqchani barcha uzunligi bo‘yicha frezalaydi, keyin yana o‘sha chuqurlikka kesib oladi va oldingi holatdagi kabi chuqurchani yana barcha uzunligi bo‘yicha frezalaydi, lekin boshqa yo‘nalish bo‘yicha suriladi (9.1,v-rasm). Shuning uchun bu usulni "mayatnikli su rish" usuli deb yuritiladi. Bu usul seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda shponka ariqchalarini tayyorlashning eng maqbul usuli hisoblanadi. Chunki, bu usulda shponkali biri kmalarda o‘zaro almashinuvchanlikni ta'minlaydigan aniq ariqchalarni hosil qi linadi. Ikki tomoni berk bo‘lgan shponka ariqchalarini "mayatnikli surish" orqali frezalashda asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bu erda la - shponka ariqchasining uzunligi, mm; D f - ariqcha kengligiga teng bo‘lgan freza diametri, mm; Sm .bo'yl. - bo‘ylama surish, mm/min; h - shponka ariqchasining chuqurligi, mm; t - frezaning bir marta vertikal yo‘nalish bo‘yicha kesib olish kattaligi, mm. Vallardagi ikki tomoni ochiq shponka ariqchalarini randalash dastgohlarida bajarish mumkin. Uzun vallardagi, masalan, tokarlik dastgohining yuritish validagi ariqchalar bo‘ylama randalash dastgohlarida bajariladi. Kalta vallardagi ariqchalar asosan yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda ko‘ndalang randalash dastgohlarida randalanadi. Segmentli shponkalar uchun shponka ariqchalari parmasimon diskli frezalar yordamida frezalanadi . Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling