1. Tevarak-atrof bilan anishtirishning ahamiyati. Mttda lug’at ishining vazifalari va mazmuni


Bolalar lug'atini faollashtirishda


Download 21.69 Kb.
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi21.69 Kb.
#1353999
1   2   3
Bog'liq
3 maruza

Bolalar lug'atini faollashtirishda stol yoki xontaxta ustida ko'zdan kechiriladigan mayda suratlar ham yaxshi ko'rgazmali material bo'lib hisoblanadi. Tarbiyachi mashg'ulot uchun tarqatma suratlar to'plamini, illustratsiyalarni, otkritkalarni tanlashi zarur. Kichik guruhlarda bunday suratlarni ko'zdan kechirish 5—10 daqiqa davom etadi. Bola bu vaqt ichida bir qancha suratlarni ko'zdan kechirib, ularning nomlarini aytishga ulguradi. Ushbu mashg'ulot turini tarbiyachi quyidagicha tashkil etishi mumkin. Avval bolalar shunday o'tqaziladiki, ular tarbiyachi tomonidan berilgan topshiriqni qanday bajarilayotganligini ko'rib turadilar. Shundan so'ng tarbiyachi bolalarga juft suratlardan birini tarqatib chiqadi (ikkinchisi stol ustiga yoyib qo'yiladi) va topshiriq beradi: qo'lingizdagi rasm belgisiga qarab (rang, shakl va hokazolar), suratning juftini tanlab olasiz. So'ngra tarbiyachi boshqa surat­larni tarqatib chiqadi yoki qo'llaridagi suratni almashtirishni tashkil etadi. Buning uchun tarbiyachi „Ketdik-ketdik" o'yinidan foydalanishi mumkin. Tarbiyachi „ketdik-ketdik" deyishi bilan bola qo'lidagi suratni teskari tomoni bilan qo'yib, stol ustida tur~ gan (teskari tomoni bilan qo'yilgan) surat qarshisiga yaqinla-shadi, tarbiyachining „To'xta!" degan buyrug'i bo'yicha harakatni to'xtatib, shu suratga yaqin bo'lgan (teskari tomoni bilan qo'yib qo'yilgan) suratning o'ng tomonini o'girib qo'yadi va uning nomini, belgiiarini va hokazolarni aytib beradi.
Shuningdek, yangi o'yinlar, ya'ni loto, kubiklar bilan o'y-nashdan awal (o'yinlarni o'yin burchagiga qo'yishdan oldin) ularni ko'zdan kechirish mashg'uloti tashkil etiladi. Bu mash-g'ulotda bolalar bilan hamma suratlarning nomlari aniqlanadi va bu o'yinlardan (loto va kubiklardan) foydalanish qoidalari, ularni saqlash va hokazolar to'g'risida tushunchalar beriladi.
Katta guruhlarda suratlarni ko'zdan kechirish bilan bir vaqtda, o'xshash buyumlarni guruhlashga, ular to'g'risida topishmoqlar tuzishga va shunga o'xshash murakkab topshiriqlarni bajarishga o'rgatiladi. Masalan, „Har bir qushni o'z joyiga" (maktabga tayyorlov guruhi uchun), „Tez javob ber", „Atelye" (tikuv ustaxonasi), „Yangi uyga ko'chamiz" va hokazo o'yinlar. Quyida turti yosh guruhlarida suratlarni ko'zdan kechirish va u haqda suhbat mashg'ulotlarining ishlanmalaridan misollar keltiramiz.
Katta va maktabga tayyorlov guruhida esa beriladigan savollar ancha murakkablashadi. Rasmlarni ko'rib chiqish vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga yo'naltiriladi: Ona mushuk nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxtab yotgan mushukchaning panjalarida nimasi ko'rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Kim savatni ag'darib yubordi?
Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo'lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o'zi gapirib beradi: „Mana bu ona mushuk—Mosh. Uning mushukchalari bor. U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushukchalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ'il rangdagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag'darib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ'il mushukcha ko'k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib o'ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va „xur-xur" qilib xurillayapti".
Ushbu mashg'ulot jarayonida yangi so'zlar izohlab beriladi, qiyin so'ziar jo'r bo'lib takrorlanadi. Mashg'ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina qumg'on, o'tirib ko'zini yiimgan), she'r aytish (Sh. Sa'dullaning „Mushuk" she'rini):
Mushugim deydi: miyov,
Sichqon doim menga yov!
Shuning uchun qo'ymayman,
Qancha yemay to'ymayman
yoki qisqa hikoya o'qib berish bilan (Habib Po'latovning „Mosh hikoyasi") davom ettirilishi mumkin.
Tarbiyachi ushbu mashg'ulotda bolalar lug'atiga mushuk­chalar, ip kalavasi, panja, mo'ylov, ichyapti, chapillatib, chuvalashib, ilashib, dumaloqlanib, kulrang, targ'il, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xurillaydi va boshqa so'zlarni kiritadi. Suratlarni ko'zdan kechirish va u haqda suhbat mashg'ulotining o'ziga xos xususiyati shundaki, mashg'ulotda ko'p o'rinni hikoya, yangi ma'lumotlar va so'zlarni ma'lum qilish, ularni bolalarga oldindan tanish bo'lgan tushunchalar bilan taqqoslab egallaydi. Bunday mashg'ulotlarda bolalarga ma'lum bo'lgan so'zlarni faollashtirish, yangi so'zlarni mustahkamlash elementlari mavjud. Ba'zan katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga mash­g'ulotda rassomlarning reproduksiya suratlarini ko'rsatishdan ham foydalaniladi; bunday mashg'ulotlar bolalarga estetik va axloqiy tarbiya berishda muhim vosita bo'lib hisoblanadi. Undan to'g'ri foydalanish natijasida tarbiyachi bolalar lug'atini sezilarli darajada boyitishi mumkin. Maktabgacha tarbiya pedagogikasida va tasviriy faoliyat uslubiyotida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yoshiga mos bo'lgan suratlar reproduksiyasining ro'yxatlari ishlab chiqilgan. Masalan, bolalar bog'chalari uchun dasturlarda (Tasviriy san'at bo'limida) R. Ahmedovning „Tong", O’.Tansiqboyevning „Kuz", A.Abdullayevning „Shahlo", P. Benkovning „Dugonalar" asarlaridan foydalanish belgilangan.
Reproduksiyalar bilan guruh xonasi bezaladi. Yoki har bir bolaga ularning mustaqil ko'rib chiqishiari va estetik zavq olishlari uchun tarqatib chiqiladi. Bolalar mashg'ulotda bu reproduksiyalarni коrib chiqishga va uning mazmunini, tasvirning xarakter va vositasini to'g'ri ko'rishga o'rganadilar. Bunday su­ratlar bilan mashg'ulot tashkil etishdan avval tarbiyachining o'zi suratni diqqat bilan ko'rib chiqishi, agar imkon bo'lsa, uning asl nusxasini tasviriy san'at ko'rgazmasiga borib ko'rib kelishi, suratni ko'rsatishni nimadan boshlashini, qaysi so'zlarni bolalar lug'atiga kiritishni, bolalarning o'zlaridan nimalar haqida so'rash mumkinligini va boshqalarni belgilab qo'yishi kerak. Surat janriga qarab shunga mos ish uslubiyoti tanlanadi. Buning uchun bevosita bolalarning idrokiga tayanib, ularning his-tuyg'ularini uyg'otish kerak. Bu bolalar lug'atini boyitishga va faollashtirishga yordam beradi.
Masalan, R. Ahmedovning „Tong" nomli reproduksiyasini ko'rishda bolalar „Mudroq qishloq", „Tonggi shudring", „Sokin va go'zal yoz tongi" va hokazo suratiar bilan tanishadilar, Suratning jozibasini, ifodaliligini tarbiyachi qanchalik o'z hikoyasida bera olish mahoratiga ega bo'lsa, suratni diqqat bilan ko'rib chiqish orqali bolalarda ona-Vatanga bo'lgan muhabbat hissini vujudga kelishiga yordam beradi. Bu turdagi suratlarni ko'rib chiqish mashg'ulotida tarbiyachi rassomlarning mehnatlari haqida, ular qanday qilib bunday suratlarni bunyod qilishlari (ularni alohida bo'yoqlar bilan juda uzoq vaqt — oylar, hatto yillar ichida chizishlari) haqida gapirib berishi mumkin. Keyingi mashg'ulotda esa rassomlar tomonidan chizilgan bunday suratiar muzeylarda saqlanishini, uni juda ehtiyot qilib asrashlarini, uni tomosha qilish, undan zavqlanish uchun juda ko'p kishilar kelishini hikoya qilib beradi, agar imkoniyat bo'lsa, muzeyga borib, suratiar galereyasini tomosha qildirib kelishi ham mumkin. Mashg'ulotdan keyin surat bir necha kun guruh xonasida qoldiriladi va bolalar uni yana bir bor diqqat bilan ko'rib chiqadilar.



Download 21.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling