1. Texnik jihatdan tartibga solish tushunchasi. Xalqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimlari


Xalqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimlari


Download 128.21 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2023
Hajmi128.21 Kb.
#1291903
1   2
Bog'liq
Техник жихатдан тартибга солиш конуни

2. Xalqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimlari.
Halqaro standartlarni milliy darajada uyg’unlashgan holda qo’llanilishi texnik to’siqlarni xosil bo’lmasligining usullaridan biri hisoblanadi. USTning savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuvida davlatlar tomonidan ishlab chikilayotgan texnik reglamentlarga asos qilib halqaro standartlarni olinishi kerakligi ko’rsatilgan. Faqat alohida klimatik, geografik, texnologik holatlar tufayli qayd etilgan talablardan istisno bo’lishi mumkin. Bunday xolatlar uchun Kelishuvda standartlarni qabul qilishning maxsus protsedurasi keltirilgan.
Halqaro, hududiy tizimlarni taqqoslash halqaro amaliyotda ikki darajali MHlar (texnik reglamentlar va standartlar)ni o’z ichiga oluvchi texnik jihatdan tartibga solish tizimi mavjudligini ko’rsatdi.
MDH davlatlari o’rtasida imzolangan «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni olib borish to’g’risida» Kelishuvda standartlashtirish, o’lchashlar birliligini ta’minlash va muvofiqlikni baholash bo’yicha hududiy tizimlarni yaratish nazarda tutilgan. Unga ko’ra, MDH xududida ikki darajali MHlar (texnik reglamentlar va standartlar)ni o’z ichiga oluvchi texnik jihatdan tartibga solish tizimi faoliyat ko’rsatishi kerak.




2.32-rasm. Halqaro texnik jihatdan tartibga solish tizimlari
Texnik tartibga solishning halqaro tizimi, texnik normalar belgilash, shuningdek, ularni baholash va tasdiqlashni o’z ichiga olgan. Deyarli barcha mamlakatlar mana shunday soddalashtirilgan texnik reglamentlashtirish sxemasi asosida faoliyat yuritadilar. Masalan, yevropa hamjamiyati davlatlarida huquqiy xujjatlarning beshta turi ishlab chiqilgan va ulardan uchtasi huquqiy jihatdan bajarilishi majburiy bo’lgan xujjatlardir.
Bular:
- yevropa hamjamiyatiga a’zo bo’lgan mamlakatlar uchun umumiy maqsadlarni belgilab beruvchi ko’rsatmalar;
- xavfsizlikka oid majburiy talablarni o’z ichiga olishi, konstruktiv yechim huquqini tayyorlovchi ixtiyoriga qoldirilishi, mahsulotni ishlatish tavsiflarini belgilashi, muvofiqlikni tasdiqlashi shakli va sxemalarini belgilashi, mahsulotni tamg’alash qoidalarini belgilashi, mahsulotni bozorga joylashtirish qoidalarini aniqlashi lozim bo’lgan reglamentlar;
- Umumiy yevropa hamjamiyati uchun emas, balki har bir sub’ektlar, masalan, jismoniy shaxslar, kompaniyalar yoki alohida a’zo bo’lgan davlatlar uchun huquqiy jihatdan ba- jarilishi majburiy bo’lgan qarorlar.
Huquqiy jihatdan bajarilishi majburiy bo’lmagan xujjatlarga rezolyutsiyalar, tavsiyanomalar va standartlar kiradi.
Texnik tartibga solish halqaro tizimiga o’tish uchun uning huquqiy asoslarini yaratish lozim.
Umumiy savdo tashkilotining bitim qoidalari, qabul qilinayotgan milliy qonunda texnik reg­lamentlar, standartlar va muvofiqlikni baholash tartib- qoidalarini tayyorlash, qabul qilish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan masalalar ochib berilishi lozimligini ko’zda tutadi.
Majburiy talablarni o’rnatuvchi alohida normativ xujjatlarni ishlatish printsipi, texnik jihatdan tartibga solish bo’yicha ishlarni rivojlantirayotgan va olib borayotgan, ko’plab mamlakatlarda qo’llaniladi. SHu asosda yevropa mamlakatlarida direktivalar ko’rinishida ko’pgina texnik reglamentlar qabul qilingan. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida milliy reglamentlar qabul qilingan. 2015 yidtsa Armaniston Respublikasida 59 ta reglament, Belarussiya Respublikasida 30 ta reglament, Moldova Res­publikasida 40 ta reglament, Rossiya Federatsiyasida 6 ta reglament, Ukrainada 19 ta reglament, Qozog’istonda 30 ta reglament, Qirg’izistonda 3 ta reglament qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi a’zo bo’lgan halqaro va regionaltashkilotlar (xususan, SHOS, MDH, ISO) doiralarida texnik reglamentlar qabul qilinganidan keyin, qabul qilingan texnik reglamentlar mamlakatimiz xududida ham amal qilishi kerak bo’ladi. Bu o’z navbatida, texnik jihatdan tartibga solishni joriy etish bo’yicha ishlarni jadal- lashtirishni talab etadi.
Umumjaxon savdo tashkilotini Savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha kelishuvining talablarini bajarish maqsadida, respublikada bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Umumjaxon savdo tashkilotiga kirish maqsadida, respublikamizda olib borilayotgan siyosat, avvalambor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini, eksport salohiyotini oshirishga yo’naltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining « Umumjaxon savdo tashkiloti bilan ishlash bo’yicha Idoralararo kengashni tashkil etish to’g’risida»gi 1995 yil 10 noyabrdagi 45-sonli va «2007 yil uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini ishlab chiqish bo’yicha ish Rejasini tasdiqlash to’g’risida»gi 2006 yil 22 dekabrdagi 264-sonli qarorlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan va 2009 yilning 23 aprelda qonuniy kuchga kirgan O’RQ-213-sonli «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni, bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlarni birinchi natijasi bo’ldi.
«Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganga qadar, O’zbekistonda majburiy talablarni o’rnatuvchi juda ko’plab hujjatlar amalga kiritilgan, bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishda, shuningdek mam­lakatimiz ishlab chiqaruvchilarining tashqi savdo munosabatlarida ma’lum bir texnik to’siqlar tug’diradi. Bunday xujjatlar jumlasiga standartlar, sanitariya va gigiyena qoidalari, qurilish me’yorlari va qoidalari, farmokopeya moddalari, fitosanitariya, ekologik, yong’in, veterinariya, energetika, transport qoidalari kiradi.
Bunday tizim halqaro tajriba hamda Umumjahon savdo tashkilotining «Savdodagi texnik to’siqlar» (TBT) va «Sanitariya va fitosanitariya choralari» (SFS) to’g’risidagi Bitimlari talablariga ziddir. Ushbu Bitimlar standartlardan ixtiyoriy ravishda qo’llanishga asoslangan, majburiy talablar esa boshqa hujjatda mujassamlangan. Bunday xujjat uning yuridik maqomiga qaramasdan «tex­nik reglament» deb ataladi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo Kengash doirasida MDH mamlakatlarida o’tkazilayotgan ishlar tufayli 1999 yilda «O’zstandart» agentligi tomonidan O’zbekiston Respublikasining «Tex­nik tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ish­lab chiqish bo’yicha ish boshlangan.
«O’zstandart» agentligi, manfaatdor vazirliklar va muassasalar vakillari jalb qilingan holda, tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan, Umumjahon savdo tashkilotining bir qator bitimlarini, MDH davlatlarining amaldagi qonunlarini o’rganish va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi va normativ-huquqiy asosini tahlil qilish natijasi asosida ishlab chiqilgan va bugungi kunda qonuniy kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasining «Texnik tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni bilan joriy etilgan texnik jihatdan tartib­ga solish — murakkab ilmiy-texnik vazifa bo’lib, uni hal qilishga faqatgina tizimli yondashuv ya’ni, texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini ishlab chiqish va ushbu tizimni ishlashini ta’minlash yo’li bilan erishiladi.
Amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarni bajarish maqsa- dida, O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (O’zTTSDT) ni shakllantirish hamda O’zTTSDTning texnik asoslarini ishlab chiqish bo’yicha ishlar davom ettirilib, bugungi kunda bir qator natijalarga erishildi.
O’zTTSDT joriy etilishi bilan mamlakatda mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarga talablarni o’rnatish bo’yicha ikki darajali tizim o’rnatildi: yuqori daraja — texnik reglamentlar, qo’llanilishi majburiy bo’lgan, faqat davlat boshqaruv idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqla- nadigan xujjatlar, quyi daraja — standartlar, qo’llanilishi majburiy bo’lmagan, manfaatdorlar tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan xujjatlar (2.33-rasm).
Umumiy holda, har qanday tizim bir qator ilmiy-texnik asoslarga tayanadi. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining muhim asoslari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

nazariy asoslar

2.33-rasm. O’zbekistonda texnik me’yorlash tizimi

Nazorat savollari:


1. Texnik jihatdan tartibga solish bo’yicha halqaro talablar qaysi xujjatda keltirilgan?
2. USTga a’zo davlatlarda qanday texnik jihatdan tar­tibga solish tizimlari faoliyat ko’rsatishi kerak?
3. Texnik reglamentlar nima?

  1. Halqaro amaliyotda standartlar qanday maqomga ega?

  2. MDH dududida texnik jihatdan tartibga solishning qanday tizimi faoliyat ko’rsatishi kerak?

Download 128.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling