1. Til va tafakkur. Til birliklarining òziga xos tabiati


Download 39.43 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi39.43 Kb.
#1125258
Bog'liq
2-slayd


Mavzu: Til va nutq
Reja:
1.Til va tafakkur.

2.Til birliklarining òziga xos tabiati.

3.Dunyo tillari va tillar tasnifi

4.Sharq ilmida til tasnifiga oid qarashlar.Turkiy tillar tasnifi.
Til va nutq hodisalarini òzaro farqlash ularning munosabat mohiyatini òrganish arab tilshunosligida VIII - IX asrlardayoq mavjud edi.Mazkur tushunchalarning munosabat shakli hozirga qadar dunyo tilshunoslarining diqqatini òziga jalb qilib kelmoqda. Lekin til va nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni tom ma'noda ilmiy - nazariy hamda amaliy farqlash;"til" va "nutq" tushunchalariga batamom yangi mazmun berilishi F. de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta'limot bilan boģliqdir.Tilshunoslik boshqa fanlardan farqlanib, òzicha alohida mustaqil fan deb tanilgan davrdayoq , til va nutqni farqlashga e'tibor berilgan edi.Ammo fan taraqqiyoti tarixi davomida hamma sohada ham til va nutq bir - biridan farqlanavermaydi.Shuning uchun ,kòpincha nutqqa xos hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib keldi .
Buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy "Mahbub -ul qulub" asarida til va nutq munosabatlarini shunday ifodalaydi: "Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar nutq noma'qul bòlib chiqsa tilning ofatidir".
Nutqiy faoliyat natijasida nutq shakllanadi, nutq elementlardan tuziladi va til elementlariga ajralib ketadi.Til elementlari esa nutq faoliyatini uchun xizmat qiladi .Lekin bu xulosa F. de Sossyurning fikrini qisman rad etadi.U "avval nutq faoliyati yuz beradi ,undan til yuzaga keladi,tildan nutq hosil boladi", degan "òtish" tartibi haqidagi fikrini ilgari surgan hamda til va nutq dixotomiyasini shatranj òyini qoidalari misolida tushuntirib berishga harakat qiligan edi
Lekin Sossyur shatranjda durang holatlari ham bor ekanligini e'tiborga olmagan.Demak, u ta'riflagan harakatda kuchlar tengligiga berilmagan.Shuning uchun bu tasavvur bugunga kelib òzini oqlamay qoydi. Shunday ekan, til va nutq ,Sossyur ta'iflaganidek, bir-biriga zid tushumcha bolgan holda bir-biriga boģliq ravishda bir bieini talab qiladi, tòldiradi.Hozirgi davr sistem tilshunosligida til va nutq oppozitsiyasidan kelib chiqib, nuta faoliyati quyidagi 3 tarkibiy qismdan iborat deb hisoblanadi :
1.Til.
2.Sòzlash qobiliyati.
3.Nutq.
Til deganda ma'lum bir jamiyatning barcha a'zolari uchun avvaldan tayyor holga keltirilgan hamma uchun umumiy ,qabul qilinishi majburiy,fikrni shakllantirish,ifodalashva bowqa maqsadlar uchun xzmat etadigan birliklar va shu birliklarning òzaro birikishi va boģlanishini belgilovchi qonun -qoidalar yiģindisi tushuniladi.
Nutq esa yuqorida ta'riflangan tilningtil qobiliyati asosida ayrim shaxs tomonidan sòzlash qobiliyatikòmagida ma'lum bir kommunikatsiya maqsadi uchun ishga solinish yoki qòllanish natijasidir.

Til va nutqning òziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bòladi:

Til

  • Munosabat asosi
  • Jamiyatda shakllangan
  • Tilning mavjudlik davri uzoq,ijtimoiy hayot bilan boģliq
  • Bir shaxs ayni zamonda bir nechta tilga ega bòla oladi
  • Tilning hajmi noaniq,chegaralanmagan
  • Til qat'iy, turģun hodisa

Nutq

  • Munosabat ifodasidir
  • Nutq har bir shaxs faoliyatida namoyon boladi
  • Nutqning mavjudlik davri qisqa,u aytilgan payttagina mavjud
  • Shaxs nutqi esa faqat bitta bòladi
  • Nutqning hajmi aniq u dialog,monolog ayrim matn ifodasi boladi
  • Nutq òzgaruvchan,harakatdagi hodisa

E'tiboringiz uchun rahmat
Download 39.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling