1. Til va terminalogiya


Download 37.59 Kb.
bet8/8
Sana01.11.2023
Hajmi37.59 Kb.
#1738390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Til va terminalogiya-hozir.org

7.Tezaurus haqida malumot
TEZAURUS (yun. thesauros — xazina, boylik) — 1) muayyan tildagi barcha soʻzlarni qamrab oladigan, ularning matnda qoʻllanish holatlarini toʻlatoʻkis aks ettiradigan lugʻat. Jonli tilning lugʻat tarkibi doimo oʻzgarib turishi sababli Tezaurus faqat oʻlik tillar materiallari asosida yoki oldindan belgilab olingan yozma yedgorliklar uchun tuzilishi mumkin. Muayyan yozuv yodgorliklaridan leksikani yoppasiga terib olishga asoslangan lugʻatlar (mas., yunon, lotin tillariga tuzilgan lugʻatlar) shunday lugʻatlardan hisoblanadi. Turkiyshunoslikda A. K. Borovkov, E. I. Fozilov, A. Najiblarning 13—14-a. lar turkiy yozma yedgorliklari asosida tuzilgan lugʻatlari ham glossariy, ham Tezaurus belgilariga ega. Soʻz tanlash prinsipiga koʻra yozuvchilar yoki ular ijodiga mansub ayrim asar tili boʻyicha tuzilgan lugʻatlar ham Tezaurus hisoblanadi;

2) bironbir ilmfan sohasiga oid lugʻaviy birlik (soʻz) lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ana shu birliklar oʻrtasidagi semantik (turjins, sinonimik va b.) munosabatlar aks ettirilgan ideografik lugʻat. Bunda soʻzlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga aloqador soʻzlarning barchasi bir joyda beriladi: kerakli soʻzlar tushunchaga qarab qidiriladi. Nazariy jihatdan Tezaurus leksika semantik tizimining ehtimoliy modellaridan biridir. Amalda undan yozuvchi individual lugʻatini boyitish vositasi sifatida foydalaniladi.


http://hozir.org
Download 37.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling