1 тиллар таснифи
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI VA DOLZARB MUAMMOLARI
Download 90 Kb.
|
tilshunoslik nazariyasi javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20 М.КОШҒАРИЙ - ҚИЁСИЙ-ТАРИХИЙ ТИЛШУНОСЛИКНИНГ АСОСЧИСИ.
19 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI VA DOLZARB MUAMMOLARI
Ishdan maqsad: Metafizikadan farqli o‘laroq, dialektikaning borliq va ongning rangba-rang xususiyatlarini har doim o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlikda olib o‘rganilmog‘i lozimligini ko‘rsatishi hamda turli fanlarning tadqiqotchilariga narsa va hodisalarning mohiyatini ochib berishga xizmat qila oladigan umumiy gnoseologik qonun va kategoriyalarni tavsiya etishi; buning, o‘z navbatida, turli fanlarda bo‘lgani kabi, tilshunoslikda ham inqilobiy burilishni yuzaga keltirganligi. O‘zbek tilshunosligida ilk empirizm va uning metodologiyasi. Bilim. Bilish a'zolari. Irsiy bilim. Hissiy bilim. Aqliy bilim. Ruhiy bilim. Empirizmning yutuqlari. Namoyandalari. Muammolari. Istiqbollari. Dialektik mantiq – nazariy bilimlar metodologiyasi. Dialektika tamoyillari va ularning mazmun mohiyati haqida mustaqil ilmiy xulosa chiqara olish. 20 М.КОШҒАРИЙ - ҚИЁСИЙ-ТАРИХИЙ ТИЛШУНОСЛИКНИНГ АСОСЧИСИ. “Ma’naviyatimizning buyuk siymolari” nomli loyihamizning navbatdagi ulug‘ zotlaridan biri, buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she’riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiatshunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mahmud Koshg‘ariy haqida so‘z yuritamiz. Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammadil Koshg‘ariydir. Nima uchun buyuk alloma o‘ziga “Koshg‘ariy” taxallusini tanladi? Mahmud Koshg‘ariyning bobosi qoraxoniylar sulolasining tipik vakili Qoraxoniy hukmdor Yusuf Qodirxon (1026–1032) Qoshg‘arda tug‘ilgan bo‘lib, uning, ya’ni yosh Mahmudning otasi Husayn va onasi Bibi Robiya ham o‘z davrining bilimdon, olijanob, yetuk tarbiya ko‘rgan, xushfe’l insonlardan sanalar edi. Mahmud Koshg‘ariyning bobosi asli qashg‘arlik bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini Bolasog‘un (hozirgi Qirg‘iziston hududidan oqib o‘tuvchi Chu daryosi vodiysida, aniqrog‘i zamonaviy Bishkek (qadimda Pishpek – A.N.) shahridan taxminan 150–200 km janubi-sharq, Issiqko‘lning g‘arbiy sohilidan 100–150 km shimoli-g‘arb tomonida joylashgan)ga ko‘chib kelib, shu yerda yashab 1025-1032-yillar davomida ulkan qoraxoniylar davlatiga xoqonlik qildi. Qoraxoniylar poytaxti dastlab Qoshg‘ar bo‘lib, keyinchalik u Bolasog‘un, keyin O‘zgan va yana Qoshg‘arga ko‘chgani tarixiy ma’lumotlarda qayd etilgan. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling