1 тиллар таснифи


QADIMGI YUNON TILSHUNOSLIGI


Download 90 Kb.
bet2/11
Sana21.04.2023
Hajmi90 Kb.
#1369080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi javoblar

2 QADIMGI YUNON TILSHUNOSLIGI
Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi. Faylasuflar va shoirlar vatani bolgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan organilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini organish jarayonida tadqiqot muammolarini, yonalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yonalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon boladi
Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.
Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni organish, sozlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shugullanishga, shu yonalishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab boldi.
Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bolinadi:
1. Falsafiy davr.
2. Grammatik davr.
1. Tilshunoslikning falsafiy davri
Yunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, goyalar yaratish ayni davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi Yunonistonda mavjud bolgan deyarli barcha falsafiy maktablar, oqimlar, yonalishlar til masalalari bilan faol shugullanganlar. Fikr yuritilayotgan davrning ota dolzarb va eng muhim muam-molaridan biri soz muammosi, sozning tabiiy hodisami? yoki shartli hodisami? ekanligi haqidagi bahs, munozara bolib, bu masala atrofida fikrlar qarama-qarshiligi, faylasuflarning ayni masalani hal qilishda tarafma - taraf bolib, «jangga» kirishishi, tadqiqot ishlarini olib borishi qizib ketdi. Aniqrogi, bu davrning asosiy, bosh masalalaridan biri soz bilan mano orasidagi, predmet bilan uning nomi orasidagi munosabat masalasi edi. Boshqacha aytganda, predmet bilan uning nomi ortasida qanday munosabat mavjud? Sozdagi tovush bilan manoning boglanishi qanday yuz beradi? Bu boglanish tabiat tomonidan beriladimi yoki sozlashuvchilar tomonidan kelishilgan holda yuz beradimi? yoki malum qonun - korsatma bilan tayinlanadimi?, «muayyan urf - odat bilan boglanadimi? yoki odamlar tomonidan belgilanadimi. Yani bu jarayon ongli, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladimi? va boshqalar.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling