1 тиллар таснифи


Download 90 Kb.
bet4/11
Sana21.04.2023
Hajmi90 Kb.
#1369080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi javoblar

4 MATN VA UNING TURLARI
Matn – nutq korinishi bolib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bolib, u ogzaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. Matn soz birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham oz kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn sozining lugaviy ma'nosida birikish, boglanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi ozaro qaysidir boglovchilar yordamida birikishni organish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir. Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tahlili” nomli kitobida “Matn – hamma elementlari o’zaro zich aloqada bolgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yonaltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma» degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bolib, u fikran va sintaktik jihatdan ozaro bogliq bolgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha toliq boladi”.
Matn hajm va mazmun belgisiga kora ikkiga bolinadi:
1. Hajm belgisiga kora matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga kora matn turlari. Matn gapdan kora yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq korinishidir. Matn hajm belgisiga kora ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bagishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi boglamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling