1 тиллар таснифи


ЛИНГВИСТИК ПРАГМАТИКАНИНГ УМУМИЙ МАСАЛАЛАРИ


Download 90 Kb.
bet7/11
Sana21.04.2023
Hajmi90 Kb.
#1369080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi javoblar

9 ЛИНГВИСТИК ПРАГМАТИКАНИНГ УМУМИЙ МАСАЛАЛАРИ.
Badiiy matnda aks etgan nutqiy aktlar va sozlashuv uslubi bilan bogliq kundalik nutqiy muloqot shakllariga xos xilma-xil mazmuniy ifodalarning pragmatik talqini pragmatik lingvistikaning tahlil usullariga egaligini korsatadi. Shunga kora, lingvistik ilmiy paradigmani yangilagan pragmatika tilshunoslikning alohida tarmogi sifatida ajratiladi. Pragmatik lingvistikaning asosiy birliklarini til va nutq ziddiyatida talqin etish uning tilshunoslik fanidagi qimmatini oshiradi. Pragmatik lingvistika oz-ozidan paydo bolmagan. Tadqiqotchilarning semantikaga qiziqishi natijasida lingvistik nazariyalar rivojiga ta‟sir etgan bir qator omillar pragmatik lingvistikani mustaqil sohaga aylantirdi [12;16;13;22;23;25;29; 30;32]. Chunonchi, lingvistikaning gap mazmuni − propozitsiyaga alohida diqqat qiluvchi mantiq bilan munosabatining yangi pogonaga kotarilishi, til va nutqning mazmun tomoniga umumiy burilishi, nutq faoliyatining pragmatik komponentiga e‟tiborning kuchayishi, gapga maxsus ma‟nosiga ega til belgisi sifatida qarashning paydo bolishi va sintaktik transformatsiya nazariyasining vujudga kelishi singari omillar turtki boldi.
10 ТАДҚИҚОТ МАВЗУСИ БЎЙИЧА СУҲБАТ
tadqiqot suhbati Aynan shu yuzma-yuz suhbat tadqiqotchi (suhbatdosh) va o'rganilayotgan mavzu (suhbatdosh) o'rtasida sodir bo'ladi. Masalan, jurnalist virusni tarqalishining mumkin bo'lgan sabablarini bilish uchun shifokor bilan suhbatlashishi mumkin.
Ushbu turdagi suhbatning maqsadi o'rganish mavzusi bo'yicha og'zaki javoblar orqali o'rganish mavzusi bo'yicha tegishli ma'lumotlarni olishdir. Ushbu turdagi suhbatlar tavsiya etilayotgan muammo bilan bog'liq aniq savollarga qaratilgan
O'zining yanada moslashuvchanligi sababli, so'rovnomada olingan ma'lumotlardan ko'ra ko'proq va yaxshi ma'lumotni intervyu orqali olish mumkin deb hisoblashadi. Bu xarakterlidir, chunki tadqiqotchi suhbat davomida muhokama qilinadigan mavzuni shaxsiy tarzda tushuntirishi mumkin.
11 ЛИНГВИСТИКАДА МАЙДОН НАЗАРИЯСИ
Tilshunoslikda semantik maydon nazariyasi haqidagi qarashlar so’z ma‘nosining tadqiqi bilan bog’liqdir. Olamdagi narsa, voqea-hodisa, harakat hammasi inson ongida tushuncha sifatida aks etadi. Tushuncha esa ma‘no yaxlitligidan iborat tovush tizimida so’z shaklida namoyon bo’ladi.
Insonning aloqa vositasi sifatida yuzaga kelgan til ham belgili va sistemalar tarkibiga kiradi. F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini yoritib, belgi nazariyasi bilan shug’ullanuvchi alohida fan – semasiologiya fanining mavjud bo’lishini alohida ko’rsatib o’tgan edi.
F.de Sossyur tilshunoslar diqqatini lingvistik birliklar orasidagi munosabatni ochishga qaratib, paradigmatik va sintagmatik turlari mavjudligini ko’rsatgan edi. Lingvistik birliklarni muayyan birlashtiruvchi ma‘no asosida ma‘lum paradigmalarga birlashuvi keyinchalik tilshunoslikda maydon nazariyasini vujudga keltirdi.
―Maydon‖ atamasi qator fanlar doirasida mavjud bo’lib, jumladan, fizikada:
Maydon – fizikaning asosiy tushunchalaridan biri ekanligi, fazodagi taqsimlangan fizik kattaliklarning xususiyatlarini tekshiruvchi nazariya hozirgi vaqtda maydon nazariyasi ekanligi qayd etiladi.
Algebrada esa qo’shish, ko’paytirish va ularga teskari amallar –ayirish, bo’lish kiritilgan to’plam sifatida belgilanadi.
Lingvistikada esa ma‘no umumiyligi bilan birlashgan va belgilanayotgan hodisalarning tushunchaviy, predmetlik yoki vazifaviy o’xshashligini aks ettiruvchi leksik birliklar yig’indisi maydon sifatida belgilanadi.1 Lingvistik birliklarning ma‘lum ma‘no asosida birlashuvi, ma‘lum bir tildagi lug’aviy birliklarni ana shunday mazmuniy uyalarga birlashtirish sharq tilshunosligida rivojlangan. Keyinchalik XIX asrda lingvistik birliklarni mazmuniy guruhlarga birlashtirish yoki butunni ma‘lum mazmuniy guruhlarga ajratish g’oyasi Yevropada avj oldi. Shunga ko’ra, bu nazariya Yevropa tilshunosligi bilan uzviy bog’lanib qoldi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling