1. Tilning jamiyatda tutgan orni


O‘zbek adabiy tili va shevaga oid so‘zlarga 10 misol yozing


Download 108.91 Kb.
bet33/47
Sana13.04.2023
Hajmi108.91 Kb.
#1351727
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
ona tili

75.O‘zbek adabiy tili va shevaga oid so‘zlarga 10 misol yozing.
Shevaga oid so’zlar:

  1. sigir - inak

  2. Hech bo'lmasa - hubduram

  3. kadi- Xorazmda yigitlar yaxwi ko'radigan qizini shunaqa deyishadi

  4. CHIQANIM-do’stim

  5. gashir- sabzi

  6. nimkala - nozik

  7. guruch - brinj

  8. Dala - yovon

  9. Paqirni - satil

  10. Tovush, ovoz – natag’

Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa.Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o’zgarib,takomillashib boradi.Masalan, Alisher Navoiy davridagi o’zbek adabiy tili hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma’naviy hayotimizdagi o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, 1989 yil 21oktabrda o’zbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa bo’ldi.Hozirgi davrda o’zbek adabiy tili milliy madaniyatimizning haqiqiy ko’zgusiga aylanib bormoqda. O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O’zbek tili asosan, O’zbekistonda, shuningdek,Afg’oniston,Tojikiston,Qirg’iziston,Qozog’iston,Turkmaniston,RossiaTurkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. O’zbek tili qipchoq, o’g’uz,qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:
1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
3) o’g’uz lahjasi.

Download 108.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling