1. Tilning jamiyatda tutgan orni


Download 108.91 Kb.
bet13/47
Sana13.04.2023
Hajmi108.91 Kb.
#1351727
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
ona tili

31. Ko‘chirish qoidalari.
Ko‘chirish qoidalari
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi: 1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi; 2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi: 1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi; 2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
32. Soha lug‘atlari.
Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so`zlarini yig`ib, sistemalashtirilgan holda lug`at tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi. Leksikografiya lug`at va lug`atchilik to`g`risida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmog`i bor: Lug`atchilik. Lug`at tuzish bilan bog`liq nazariy masalalarni o`rganuvchi tarmoq, Lug`atlar o`z mohiyati e’tibori bilan ikki tipga bo`linadi Ensiklopedik, ya’ni qomus lug`atlari; 2. Lingvistik lug`atlar, Bu lug`aglar o`zaro ikki jihatdan farq qiladi 1. Ob’yekti jihatidan So`zligi jihatidan. Lingvistik lug`atlarning ob’yekti so`zdir. Bunday lug`atlar so`zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi. Ensiklopedik lug`atlarning ob’yekti so`zlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha, shaxs kabilardir. Bunday lig`atlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi. Lingvistik lug`atlarning so`zligida barcha mustakil va yordamchi so`zlar qayd etiladi. Ensiklopedik lug`atlar o`z xarakteriga ko`ra ikki xil: 1. Umumxarakterdagi ensiklopediya; Maxsus ensiklolediya. Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari bo`yicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi, Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi, adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi.

Download 108.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling