78. Ibora nima? Namuna yozib, ma’nolarini tushuntiring
Iboralar o‘z ma’nodoshlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan, ma’noni kuchli darajada ifodalaydi hamda ularda obrazlilikni yorqin aks ettiradi. iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh bo‘lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir.
Iboralarga misollar:
adabini berdi - qilmishiga yarasha jazoladi;
avzoyi buzilmoq – vajohati yomonlashmoq, achchiqlanmoq;
aravani quruq olib qochmoq – uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;
bag’ri qon – g’am-a’lamli, g’am a’lamda;
bahri dili ochildi – kayfiyati yaxshilandi;
bosh og’rig’i – ortiqcha tashvish, dahmaza;
boshi osmonga yetmoq – xursand bo’lmoq;
bir kesak bilan ikki quyonni urmoq – ayni bir paytda ikki narsani ko’zlab ish tutmoq (amalga oshirmoq);
bir yoqadan bosh chiqarmoq – hamjihat bo’lmoq, yakdil bo’lmoq;
burgaga achchiq qilib, ko’rpa kuydirmoq - arzimagan narsani deb, jahl ustida nojo’ya, zararli ish qilib qo’ymoq;
besh barmog’ini o’g’ziga tiqmoq – hovliqib, lozim bo’lganidan ko’ra ortiqroq narsani ro’yobga chiqarish uchun intilmoq, nafsga berilmoq;
bir boshini ikki qildi – oilali qildi;
79. Hifzi lison deb har bir millat o‘z ona tili va adabiyotini saqlamagiga aytilur. Abdulla Avloniyning ushbu fikrini tushuntiring.
Hifzi lison deb har bir millat oʼz ona til va adabiyotini saqlamagini aytilur. Har bir millatning dunyoda borligʼin koʼrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʼqotmak millatning ruhini yoʼqotmakdur. Hayhot! Biz turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun kundan-kun unutmak va yoʼqotmaqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz boʼlgʼon rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin oʼz yerinda ishlatmak va soʼzlamak lozimdur. Zigʼir yogʼi solub moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur.
«Yohu! Bizga na boʼldi? Bobolarimiz yoʼlidan chiqub ketduk. Yaxshi qoʼshningdan olguncha yomon uyingni qidir», – demishlar. Bobolarimizga yetushgʼon va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. Oʼz uyimizni qidirsak va axtarsak yoʼqolganlarini ham toparmiz. «Yoʼqolsa yoʼqolsun , oʼzi boshimga tor edi», – deb Yovrupo qalpogʼini kiyub, kulgi boʼlmak zoʼr ayb va uyatdur. Paygʼambarimiz: «Erlarda jamol lison va tildur», – demishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |