1. Tilning jamiyatdagi o’rni va uning material asosi. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 415.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-mavzu T
1-MAVZU. TILSHUNOSLIKKA KIRISH Reja: 1. 1. Tilning jamiyatdagi o’rni va uning material asosi. 2. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Mikro- va makrolingvistika. Tayanch so‘z va iboralar: til belgilari, mikro- va makro lingvistika, “til va nutq”dixotomiyasi, til sistemasi, til-aloqa quroli. Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi - tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalami o ‘rganadigan fandir. Til kishilar o’rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo’lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o’rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi . Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o ‘rganadi. Ma’lumki, tafakkurga daxldor masalalar mantiq ilmining mavzusidir. Shu tufayli mantiqchilar tafakkur qonuniyatlari bilan birga, fikrning tilda aks etishini o‘rganmasliklari mumkin emas. Undan tashqari, til va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri - ikkinchisisiz yashay olmaydigan hodisadir, tafakkur tilda yashaydi, har qanday nutq asosida esa tafakkur yotadi. Mantiq tilni ana shu yo‘nalishda o ‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi tufayli til sotsiologlar tomonidan ham o‘rganiladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘Igan voqea va hodisalar tilda aks etmay qolmaydi. Shunga ko‘ra, tarixchilar til tarixiga, tilshunoslar esa o‘z navbatida tarix faniga murojaat qilmay ilojlari yo‘q. Demak, tilshunoslar tilga oid masalalami hal qilishda etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika va boshqa fanlarga oid materiallar va xulosalardan foydalanadilar. Shunday qilib, til faqat tilshunoslik emas, balki boshqa fanlar uchun ham o‘rganish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu sohadan har bir fan o‘z mavzusini ajratib oladi. 0 ‘rganilish sohasini ajratib olish nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki turga: mikrolingvistika fkichik tilshunoslik) va makrolingvistikci (katta tilshunoslik)ga ajratiladi. Mikrolingvistika - tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini o`rganadi Makrolingvistika - tilning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyot qonunlari, tilning ijtimoiy mohiyatini: uning tafakkur bilan munosabatini, til va boshqa signal sistemalari orasidagi o‘xshashlik va farqlami, tilning tarqalishi - idialekt (shaxsiy sheva), yangi til masalalari kabi muammolami o‘z ichiga oladi. Tilshunoslik fanining asosiy problemalaridan biri tilning ushbu fanning predmeti sifatidagi ta'rifidir. Ma'lumki, tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki yana bir qator fanlar tomonidan o’rganiladigan murakkab obyekt bo’lib, har bir fanning tilga bergan ta'rifi ham turlicha bo’lishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining o’zida ham tilning yagona ta’rifi yo’q. Tilning ta'rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo’lmoqda. Hozirgi kunda til nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Xususan: - «Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar m ajm uidir» (F.de Sossyur). - «Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo'lgan mexanik harakatidir». - «Til fikrn i ifoda qilishga mo'ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B. Grosse), degan fikrlar mavjud. Bu fikrlaming birortasi, ular garchi bir- birini to‘ldirsa ham, tilning to’liq ta’rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o‘mi naqadar muhim ekanini ko‘rsatib, «til kishilaming eng muhim aloqa vositasidir», deb ta’riflaydilar. Til yakkayu yagona aloqa vositasi emas. Aloqa boshqa vositalar orqali ham o‘matilishi mumkin. Masalan, Morze alfaviti, imo-ishoralar, Afrikada uzoq masofaga axborot berish uchun qo‘llaniladigan nog‘ora tovushlari, Kanar orollarida ishlatiladigan «Hushtak-tili» shular jumlasidandir. Lekin bular tilga nisbatan yordamchi, ikkinchi darajali vositalardir. Til va boshqa aloqa vositalari orasida o‘xshashlik va farqlar mavjud. Bu vositalami bir- biri bilan birlashtiradigan xususiyatlar quyidagilar: - fikr va hissiyotlarni ifodalaydi; - ijtimoiy, chunki jam iyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi; - moddiy (tovush to 'Iqinlari, grafik chizmalar va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi); - obyektiv borliqni aks ettiradi. Ular orasidagi farq esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo‘llaydi. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, k o‘cha harakati belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi. 2. Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 'etkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish-istagi va bahosi, ruhiy holotini aks ettiradi. 3. Tildan boshqa barcha signal sistemalari sun’iydir.1 Ular odamlar tomonidan yaratiladi va sharoitga ko‘ra o’zgartirilishi mumkin. Sun’iy vositalaming yaratilishida odamlarning hammasi emas. balki mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir guruh ishtirok etadi. Til esa odamlaming istak-xohishlariga bog‘liq bo‘lmaydi, uni jamiyat a’zolari o‘z ixtiyorlari bilan o‘zgartira olmaydi. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ulaming ehtiyojlarini to‘la-to‘kis bajaradi, garchand til o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o ‘zining ichki obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga shuni ham qayd qilish kerakki, jamiyat bo‘lmasa, til bo‘lmaydi; jamiyat tilni kundalik hayotida qo‘llamasa, u (til) rivojlanmaydi. Demak, til va jamiyat doimo bir- birini taqozo etadi. Boshqa signal tizimlari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo‘shimcha vosita sifatida namoyon bo‘ladi, tilni to‘ldiradi. Shunday qilib, til o‘ziga xos semiologik sistema (ya’ni, ishoralar istemasi) bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan-avlodga madaniy- tarixiy meros va an’analami yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi. Tilshunoslik fanining pridmeti, o’rganish manbai o’z ichki qonuniyatlariga ega bo’lgan murakkab tizim –tildir. Tilning o’ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o’rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to’liq ta’rif berish imkonini yaratadi . Til umumiy qonuniyatga bo’ysunuvchi o’ziga xos ramzlar tizimi bo’lib, kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi , voqelikni avloddan avlodga yetkazuvchi , insoniy kechinmalarni, his –tuyg’ularni ifoda etuvchi vositadir. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin . XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta'sirida tilshunoslik fanining predmeti masalasi ham yangicha tus oldi. F. de Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, u birinchilar qatori tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi.Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga intilgan F.de Sossyurning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim masalalarni hal etishda sezilarli ta’sir ko’rsatdi . F.de Sossyur fikricha , til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko’ra aloqa quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy tabiati jihatidan til madaniy –tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko’ra sof belgi - ishoralar tizimidir . Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G. Paul, M. Myuller), tilshunoslik maktablari (“Yosh grammatikachilar“ maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish masalasiga o’z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar. Ularning fikr - mulohazalari tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa–da, mazkur qarashlarning ba’zi jihatlari cheklangan edi.Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik ; nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator bo’limlari mavjud bo’lib, tilning ayrim jihatlari asosida umumiy qoidalar chiqariladi.Til - ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan. Til - tabiiy, biologik hodisa emas ; tilning mavjud bo’lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bo’ysunmaydi. Til butun jamiyat tarixi jarayonidagi tadrijiy davrlarning mahsuli sifatida umuminsoniy manfaatga xizmat qiladi . Download 415.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling