1. Tilning jamiyatdagi o’rni va uning material asosi. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 415.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi415.44 Kb.
#1041367
  1   2
Bog'liq
1-mavzu T



1-MAVZU. TILSHUNOSLIKKA KIRISH 
Reja: 
1. 1. Tilning jamiyatdagi o’rni va uning material asosi. 
2. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
3. Mikro- va makrolingvistika. 
Tayanch so‘z va iboralar: til belgilari, mikro- va makro lingvistika, “til va 
nutq”dixotomiyasi, til sistemasi, til-aloqa quroli. 
Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va 
jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi - tilning 
tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalami o ‘rganadigan fandir. Til
kishilar o’rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo’lib, jamiyat
taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat
qiladi. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq
ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o’rganish
manbai tilga aloqador hisoblanadi . 
Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o 
‘rganadi. Ma’lumki, tafakkurga daxldor masalalar mantiq ilmining mavzusidir. 
Shu tufayli mantiqchilar tafakkur qonuniyatlari bilan birga, fikrning tilda aks 
etishini o‘rganmasliklari mumkin emas. Undan tashqari, til va tafakkur bir-biri 
bilan uzviy bog‘langan, biri - ikkinchisisiz yashay olmaydigan hodisadir, tafakkur 
tilda yashaydi, har qanday nutq asosida esa tafakkur yotadi. Mantiq tilni ana shu 
yo‘nalishda o ‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti 
bilan bog‘liqligi tufayli til sotsiologlar tomonidan ham o‘rganiladi. Jamiyat tarixiy 
taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘Igan voqea va hodisalar tilda aks etmay qolmaydi. 
Shunga ko‘ra, tarixchilar til tarixiga, tilshunoslar esa o‘z navbatida tarix faniga 
murojaat qilmay ilojlari yo‘q. Demak, tilshunoslar tilga oid masalalami hal qilishda 
etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika va boshqa 
fanlarga oid materiallar va xulosalardan foydalanadilar. 
Shunday qilib, til faqat tilshunoslik emas, balki boshqa fanlar uchun ham o‘rganish 
sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu sohadan har bir fan o‘z mavzusini ajratib 
oladi. 0 ‘rganilish sohasini ajratib olish nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki turga: 
mikrolingvistika fkichik tilshunoslik) va makrolingvistikci (katta tilshunoslik)ga 
ajratiladi.
Mikrolingvistika - tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini 
o`rganadi 
Makrolingvistika - tilning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyot qonunlari, tilning 
ijtimoiy mohiyatini: uning tafakkur bilan munosabatini, til va boshqa signal 
sistemalari orasidagi o‘xshashlik va farqlami, tilning tarqalishi - idialekt (shaxsiy 
sheva), yangi til masalalari kabi muammolami o‘z ichiga oladi. 
Tilshunoslik fanining asosiy problemalaridan biri tilning ushbu fanning predmeti 
sifatidagi ta'rifidir. Ma'lumki, tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki yana bir 
qator fanlar tomonidan o’rganiladigan murakkab obyekt bo’lib, har bir fanning tilga 
bergan ta'rifi ham turlicha bo’lishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining o’zida ham 
tilning yagona ta’rifi yo’q. Tilning ta'rifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng 


muhim masalalardan biri bo’lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda 
ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo’lmoqda. 
Hozirgi kunda til nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Xususan: - 
«Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar m ajm uidir» (F.de Sossyur). 
- «Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo'lgan mexanik 
harakatidir».
- «Til fikrn i ifoda qilishga mo'ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar 
majmuidir» (B. Grosse), degan fikrlar mavjud. Bu fikrlaming birortasi, ular garchi bir-
birini to‘ldirsa ham, tilning to’liq ta’rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini 
ochib berolmaydi. Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o‘mi naqadar muhim 
ekanini ko‘rsatib, «til kishilaming eng muhim aloqa vositasidir», deb ta’riflaydilar. Til 
yakkayu yagona aloqa vositasi emas. Aloqa boshqa vositalar orqali ham o‘matilishi 
mumkin. Masalan, Morze alfaviti, imo-ishoralar, Afrikada uzoq masofaga axborot 
berish uchun qo‘llaniladigan nog‘ora tovushlari, Kanar orollarida ishlatiladigan 
«Hushtak-tili» shular jumlasidandir. Lekin bular tilga nisbatan yordamchi, ikkinchi 
darajali vositalardir. Til va boshqa aloqa vositalari orasida o‘xshashlik va farqlar 
mavjud. Bu vositalami bir- biri bilan birlashtiradigan xususiyatlar quyidagilar:
- fikr va hissiyotlarni ifodalaydi;
- ijtimoiy, chunki jam iyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi; 
- moddiy (tovush to 'Iqinlari, grafik chizmalar va boshqa vositalar orqali amalga 
oshiriladi);
- obyektiv borliqni aks ettiradi. 
Ular orasidagi farq esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo‘llaydi. 
Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, k o‘cha harakati 
belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi. 
2. Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 'etkazmasdan, balki 
gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish-istagi va bahosi, ruhiy 
holotini aks ettiradi.
3. Tildan boshqa barcha signal sistemalari sun’iydir.1 Ular odamlar tomonidan 
yaratiladi va sharoitga ko‘ra o’zgartirilishi mumkin. Sun’iy vositalaming yaratilishida 
odamlarning hammasi emas. balki mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir guruh 
ishtirok etadi. Til esa odamlaming istak-xohishlariga bog‘liq bo‘lmaydi, uni jamiyat 
a’zolari o‘z ixtiyorlari bilan o‘zgartira olmaydi. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat 
qiladi, ulaming ehtiyojlarini to‘la-to‘kis bajaradi, garchand til o‘zgaruvchan hodisa 
bo‘lsa-da, u faqat o ‘zining ichki obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga 
shuni ham qayd qilish kerakki, jamiyat bo‘lmasa, til bo‘lmaydi; jamiyat tilni kundalik 
hayotida qo‘llamasa, u (til) rivojlanmaydi. Demak, til va jamiyat doimo bir- birini 
taqozo etadi. Boshqa signal tizimlari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo‘shimcha vosita 
sifatida namoyon bo‘ladi, tilni to‘ldiradi. Shunday qilib, til o‘ziga xos semiologik 
sistema (ya’ni, ishoralar istemasi) bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish 
quroli, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan-avlodga madaniy-
tarixiy meros va an’analami yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi. 
Tilshunoslik fanining pridmeti, o’rganish manbai o’z ichki qonuniyatlariga
ega bo’lgan murakkab tizim –tildir. Tilning o’ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot


qonuniyatlarini o’rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to’liq ta’rif
berish imkonini yaratadi . Til umumiy qonuniyatga bo’ysunuvchi o’ziga xos
ramzlar tizimi bo’lib, kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim
quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi , voqelikni avloddan avlodga
yetkazuvchi , insoniy kechinmalarni, his –tuyg’ularni ifoda etuvchi vositadir. 
Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin . 
XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr 
boshlandi. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim 
F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta'sirida tilshunoslik fanining predmeti masalasi
ham yangicha tus oldi. F. de Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, 
u birinchilar qatori tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi
mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib 
berdi.Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga intilgan
F.de Sossyurning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim masalalarni hal
etishda sezilarli ta’sir ko’rsatdi . F.de Sossyur fikricha , til kishilik jamiyatida
bajaradigan vazifasiga ko’ra aloqa quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy
tabiati jihatidan til madaniy –tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko’ra
sof belgi - ishoralar tizimidir . 
Boshqa bir qator olimlar (A.Shleyxer, G. Paul, M. Myuller), tilshunoslik
maktablari (“Yosh grammatikachilar“ maktabi, Praga strukturalizmi, Kopengagen
strukturalizmi, Amerika strukturalizmi) tilning asl mohiyatini ochib berish 
masalasiga o’z nuqtayi nazarlaridan yondashdilar. Ularning fikr - mulohazalari
tilshunoslik sohasida erishilgan yutuqlardan hisoblansa–da, mazkur
qarashlarning ba’zi jihatlari cheklangan edi.Tilshunoslikning umumiy va
xususiy tilshunoslik ; nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator
bo’limlari mavjud bo’lib, tilning ayrim jihatlari asosida umumiy qoidalar 
chiqariladi.Til - ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga
kelgan. Til - tabiiy, biologik hodisa emas ; tilning mavjud bo’lishi va uning
taraqqiyoti tabiat qonunlariga bo’ysunmaydi. Til butun jamiyat tarixi
jarayonidagi tadrijiy davrlarning mahsuli sifatida umuminsoniy manfaatga
xizmat qiladi .

Download 415.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling