1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari
Distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi
Download 160.08 Kb.
|
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari
17. Distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi. Masofaviy ta’limni konsteptual asoslari, didaktik ta’minoti, ijobiy va salbiy tomonlari
Masofaviy ta’lim texnologiyalari — masofaviy ta’lim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi. Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‘tibor O‘zbekiston Respublikasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2002 yil 30 mayda qabul qilgan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va OO‘MTVning kelib chiqadigan vazifalarni ijrosi bo‘yicha ko‘rsatmalari axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, ya‘ni ta‘lim sohasining rivojlanishiga bog‘liq. Ta‘lim mazmuni va sifat masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‘limni axborotlashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ta‘limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari qaralmoqda, ta‘limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e‘tibor qaratilgan. Jahonda masofaviy o‘qitish ochiq ta‘lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida keng qo‘llanishi kuzatilmoqda. Axborot texnologiyalari va INTERNETdan ta‘limda foydalanish ta‘lim sifatini yanada yuqori ko‘tarishga zamin yaratadi. Zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yoshlarni tayyorlash «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan kelib chiqadigan vazifalarning asosiy maqsadidir. Bunda yuqori malakali kadrlar tayyorlash manbai – oliy ta‘lim oldiga mas‘uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinib, davlat standartlari asosida o‘quv dasturlari yangidan tuzilmoqda. Bularning barchasi, o‘z navbatida fanlarni o‘qitish metodikalarini qaytadan qarab chiqilishini talab yetadi. Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitish uchun birgina komp‘yuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor va boshqalar bajargan funktsiyalarni komp‘yuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi. Download 160.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling