1. To'liqsiz fe'l bilan birga qo'llangan yetakchi fe'lni aniqlang


Download 21.6 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi21.6 Kb.
#1120263
Bog'liq
12 ta


1. To'liqsiz fe'l bilan birga qo'llangan yetakchi fe'lni aniqlang.
1) aytgan; 2) borardi; 3) kelayotgan;
4) olarkan; 5) yonib turgan emish;
6) yozgandi; 7) bilsaydi.
A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5
C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 4, 5, 6, 7
2. Fe'lning noaniq shakli bu...
A) sof fe'l B) harakat nomi
C) sifatdosh D) ravishdosh
3. Narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini ifodalovchi fe’lni toping.
A) yemoq B) sakramoq
C) yorug‘lashmoq D) yordamlashmoq
4. Gapirmoq fe’li...
A) jismoniy faoliyat fe'li B) aqliy faoliyat fe'li
C) nutqiy faoliyat fe'li D) holat fe'li
5. Borganimizda yaxshi bo'lar edi. Jismoniy
faoliyat fe'lining vazifaviy shaklini toping.
A) sof fe'l B) harakat nomi
C) sifatdosh D) ravishdosh
6. Payt ravishdoshi shaklini hosil qiluvchi
qo'shimchalarni aniqlang. 1) -gali, 2) -gach,
3) -a, 4) -gancha, 5) -gani, 6) -y, 7) -guncha
A) 1, 2, 3,6,7 B) 2,4,7 C) 4,5 D) 2,7
7. Holat ravishdoshi shaklini hosil qiluvchi
qo'shimchalarni aniqlang. 1) -(i)b, 2) -gach,
3) -a, 4) -gancha, 5) -gani, 6) -y, 7) -guncha
A) 1, 2, 3, 6, 7 B) 1, 3, 4, 6
C) 1, 3, 5, 6 D) 2,7
8. Ajratib ko'rsatilgan fe'lning nisbatini aniqlang.
Men bilan tortishmang, baribir yutqizasiz.
A) aniq nisbat B) o'zlik nisbat
C) majhul nisbat D) orttirma nisbat
9. Fe'lning noaniq shaklini belgilang.
A) o'qimoq B) o'qirman
C) o’qib D) o'qilgan
10. Qaysi gapdagi sifatdosh shaklini harakat nomi shakli bilan almashtirish mumkin.
A) O'lmagan qul, mana oshga ham yetib
keldik.
B) Meni bozorda ko'rib qolganingni hech
kimga aytma.
C) Senday olim bo'lgandan molboqar bo'lgan yaxshiroq.
D) Bo'lar ish bo'ldi, endi yig'lashdan foyda
yo'q.
11. Shamol yoq, jimlik, “tiq” etgan tovush eshitilmaydi.
Kesim qaysi nisbatda?
A) aniq B) birgalik
C) majhul D) o‘zlik
12. Qaysi javobda qayd etilgan fe'llar
bajaruvchining harakat-holat jarayoniga qay
darajada ishtirok etishiga ko'ra farqlanadi?
A) aytdi, ayttirdi, aytishdi
B) aytdi, aytmoqda, aytar
C) aytsa, aytgin, aytdi
D) aytyapman, aytyapsan, aytyapti
13. Turli gap bo'laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe'l shakllari bu...
A) munosabat shakllari B) vazifa shakllari
C) mayl shakllari D) nisbat shakllari
14. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan fe'l qo'llangan?
A) Hozir yomg'ir yog'ayapti, shuning uchun
keyinroq yo'lga chiqamiz.
B) Oyim fermada ishlagan, o'n uchta sigirni
yolg'iz o'zi sog'gan.
C) Bolalar suv bilan to'ldirilgan idishlarni
ikkita-ikkita bo'lib tashishdi.
D) Puch yong'oq bilan qo'yin to'lg'azma,
15. Harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin yuz berishini bildiradigan morfologik ko'rsatkichlarni toping.
A) -a(-y) B) -ar(-r) C)-ib(-b) D) -ur(-r)
16. Barcha nisbat shakli qo‘shila oladigan fe’lni toping.
A) chanqamoq B) o‘qimoq
C) otmoq D) varaqlamoq
17. Qaysi gapda kelasi zamon sifatdoshi
qo'llangan?
A) Vahobjon boyagi qiz ko'rsatgan uyning
tugmasini bosdi.
B) Jimirlab oqayotgan daryo bo'yiga bordi.
C) Olinadigan ko'ylak menga yoqishi lozim.
D) O`z nafsiga asir bo'lgan odam insoniylikni
qo'ldan boy beradi.
18. Qaysi gapda olmoq so'zi ko'makchi fe'l
vazifasida qo'llangan?
A) Xolid toshni o'n marta ko'tara oldi.
B) Xolid opasidan xat oldi.
C) Xolid ukasiga muzqaymoq olib berdi.
D) Xolid akasidan xat olib turibdi.
19. Bajaruvchining ta'siri bilan boshqa shaxs
tomonidan amalga oshgan harakat-holatni
ifodalovchi fe'l nisbatini aniqlang.
A) orttirma B) majhul C) birgalik D) o’zlik
20. bor, qol, tur, ber, ur so’zlari qaysi maylda beriladi?
A) I shaxs buyruq mayli
B) II shaxs buyruq mayli
C) III shaxs buyruq mayli
D) xabar mayli
21. Malika Mumtozmahal shohning ma'yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g'azallar o'qib, xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undar edi. Ushbu gapda fe'lning qaysi vazifa shakli qo'llanmagan?
A) harakat nomi B) sifatdosh
C) ravishdosh D) sof fe'l
22. Shart mayli qaysi gapda berilgan?
A) Kelsang, aytaman.
B) Menga ham o‘yinda yutuq chiqsa edi.
C) Qani edi, sen ham odamlarga o‘xshab yashasang edi.
D) barcha gap shart maylida.
23. Qaysi ko'makchi fe'l harakatning tez va oson sodir bo‘lishini bildiradi?
A) bilmoq B) tashlamoq
C) bo'lmoq D) yozmoq
24. O'timli fe'l ishtirok etgan gapni aniqlang?
A) Erta ko'klamda ariqlar tozalanadi.
B) Darsdan keyin kutubxonaga boraman.
C) Biz qishloqdan kech qaytdik.
D) Ra'no bog'da kitob o`qib o'tirar edi.
25. Harakat nomi qo'shimchasi qo'shilishi
natijasida tovush o'zgarishi yuz bergan qatorni
belgilang.
A) o'qimoq
B) ishlov
C) atamoq D) yashamoq
26. Birdan ortiq nisbat qo'shimchalarini olgan
fe'llarning qaysi nisbatda ekanligi qanday
aniqlanadi?
A) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo'shimchaga
qarab
B) o’zakka nisbatan eng yaqin
joylashganligiga qarab
C) bir fe'lga birdan ortiq nisbat yasovchi
qo'shimcha qo'shilmaydi.
D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi
qo'shimchalar mavjud bo'lgan fe'llar bir necha
nisbatga oid bo'ladi
27. Qaysi xususiyat harakat nomiga xos?
A) harakat nomi fe'l shakllaridan biri
bo'lganligi uchun fo’l turkumiga xos barcha
grammatik xususiyatlarga ega
B) harakat nomi fe'llar kabi tuslanadi
C) harakat nomi otlar kabi turlanadi
D) harakat nomi zamonni ko'rsatadi
28. Qaysi qo'shimchalar yetakchi fe'l tarkibida ham, ko'makchi fe'l tarkibida ham bo'lishi
mumkin?
1) nisbat shakli; 2) shaxs-son; 3) zamon;
4) bo'lishsizlik; 5) fe'lning vazifa shakllari.
A) faqat 1
B) 1, 2
C) 1,4
D) 1,5
29. Quyidagi shakllardan qaysi biri ko'makchi
fe'lli so'z qo'shilmasida faqat ko'makchi fe'lga
qo'shiladi?
1) zamon; 2) fe'lning vazifa shakllari;
3) shaxs-son; 4) bo'lishsizlik
A) 2, 4, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2,4 D) 1, 2,3
30. Ravishdosh qatnashgan qatorni aniqlang.
A) Vaqtni o‘g‘irlamoq – baxt o‘g‘irlamoq.
B) Ko‘klam ko‘katlari gurkirab o‘sadi.
C) Ovozi shovqinan zo‘rg‘a eshitildi.
D) Navoiy kuy eshitilayotgan tomonga ildam yurdi.

Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling