1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


mart qishlog`ining tarixi


Download 323.5 Kb.
bet32/56
Sana17.06.2023
Hajmi323.5 Kb.
#1547914
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
Olka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’rni

8 mart qishlog`ining tarixi. Bu qishloq Sariosiyo rayonida joylashgan. Oktyabr’ to`ntarishidan oldin u qishloq o`rnini to`qay va mayda ko`llar qoplab yotar edi. U erda har xil vahshiy hayvonlar ko`p bo`lgan. Keyinchalik bu erlar asta-sekin o`zlashtirilib, yangi erlar ochildi, yangi uylar qurildi va odamlar yashay boshladilar. Qishloqda avval juda ko`p ko`l bo`lganligi sababli «Ko`l qishlog`i» deb ham atalib kelgan. 2-jahon urushi yillarida qishloq xo`jalik ishlarini boshqarish xotin-qizlar zimmasiga tushganligi, hamma ishlarni xotin-qizlar bajarganligi uchun «Ko`l» qishlog`iga 1946 yili Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami «8 mart qishlog`i» deb nom berilgan.
Sho`rchi — Surxondaryo viloyatining rayonlaridan biri, u 1935 yilda tashkil topgan. Sho`rchi deb nomlanishiga asosiy sabab rayon hududidagi erlar hech narsa ekib bo`lmaydigan darajada sho`r bo`lgan. SHuning uchun ham Sho`rchi nomini olgan. Hozirga qadar ekin ekishdan avval sho`ri yuvilib, so`ng ekin ekiladi.
Boysun — Surxondaryo viloyatining rayonlaridan biri. Uning nomi haqida har xil fikrlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Boysun toponimi kishi nomi bilan, ya`ni tarixiy shaxs bo`lgan Amir Temurning nevarasi Boysunqur nomi bilan aloqador deb hisoblaydilar. Boysunqur — SHohruhning uchinchi o`g`li. Onasi Gavharshodbegim. Astrobod va Jurjon viloyatlarining hokimi bo`lgan. Boysunqur so`zining qur affiksi tushib qolib Boysun bo`lib qolgan, degan fikrlar ham mavjud.
Bu rayon hududida toponimikasi qiziq bo`lgan qishloqlar ko`p uchraydi. Masalan:
Ajrim — 6u qishloq nomining ma`nosi ajratilgan bo`lib, berilgan degan ma`noni anglatuvchi o`zbekcha nomdir. Qishloq geografik joylashishiga ko`ra markazdan juda chekkada, aholi soni kam. To`ntarishdan oldin boy-imomlar erlarni dehqonlarga chorikor sifatida bo`lib-bo`lib, ajratib, chegaralarini ajrim qilib bergan. Erdan olingan hosilning to`rtdan birini o`sha boylarga berishgan. CHorikorlar o`z erlarini aniq ajratib olganlar, shuning uchun bu qishloq nomi Ajrim bo`lib qolgan deyishadi.
Dashtig`oz — bu qishloq nomining ma`nosi ikki tarkibiy qismdan: «dasht» va «g`oz» so`zidan iborat. Bu erdan soy o`tgan, soy er sathidan juda chuqur bo`lib, o`z sohillariga suv bermagan. Suvdan dasht tomonlardan uchib kelgan o`rdak va g`ozlargina naflanganlar, xolos. SHuning uchun bu joyni dashtdan kelgan g`ozlar yashaydigan joy, deb ataganlar. Mahalliy xalq (tojiklar) bu so`zlarni birga qo`shib Dashtig`oz deb yuritganlar. Hozir ham shu nom bilan ataladi.
DUGOBA — (duoba) — tog` qishlog`i bo`lib, ikki soy qo`shilishi joyida joylashganligi uchun shu nom berilgan. Haqiqatan ham qishloq Qayroq va Xo`janpok daryosi qo`shilgan joyda joylashgan. Tojikcha Dugoba bo`lib o`zlashtirilgan.

Download 323.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling