1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 323.5 Kb.
|
Olka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`shko`pir
Hazorasp — shu nomli rayon markazi. Hazorasp so`zining ma`nosi quyidagicha: Hazor degani fors-tojik tilida «ming», asp degani “ot” ya`ni ming ot degan ma`noni bildiradi. Hazorasp Xorazmning janubiy chegara qal`asi bo`lib, unda ming otliq saqlangan. Dushman hujum qiladigan bo`lsa, Hazorasp qal`asi zarbani birinchi bo`lib o`ziga olgan. Xivadan madad kelgunga qadar dushman bilan kurashgan. Asta-sekinlik bilan qal`a ichida aholi ko`payib, qal`adan tashqarida o`rnasha boshlagan. Qal`adan bir necha kilometr beriroqda ham qishloq qurila boshlagan.
YAngibozor — aholining savdo-sotiq ishlari faqat qal`a bozorida bo`lgan, so`ngra u chekka qishloqlarning birida to`planib, savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Qal`a bozori bilan bu bozorni bir-biridan farq qilish uchun qishloq bozoriga «YAngi bozor» deb nom qo`yishgan. SHu-shu bo`lib qishloqning nomi YAngibozor bo`lib qolgan. Qo`shko`pir — rayoni Xorazm viloyatining yirik rayonlaridan biri. Hozirgi kunda rayonda 9 ta qishloq bo`lib, bu qishloqlar nomlarining kelib chiqishi juda qiziq. Quyida biz bu haqda fikr yuritamiz: Kenagas — bu qishloq mahalliy xalq orasida Kanayas deb yuritiladi, chunki hududdan Kanayas arig`i oqib o`tadi. Qishloqning markaziy qismiga Karaman qal`asi deyishadi. Karaman — Xorazmda o`suvchi ulkan daraxt. Qariyalarning so`zlariga qaraganda, bu erda Xiva xonligi davrida mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o`ziga xos qal`acha bo`lgan. Kenagas degan qabila ham bo`lgan. Xadra — Qo`shKo`pir rayonidagi ikkinchi qishloqning nomi. Xadra so`zining ma`nosi qal`a yoki shaharning cheti demakdir. Xadra qishlog`i Xiva qal`asining shimol tomonida joylashgani uchun ham Xadra nomini olgan bo`lishi mumkin. O`zbekyop — shu rayondagi uchinchi qishloq bo`lib, uning ma`nosini shunday tushuntirish mumkin. O`zbek — shu qishloqda yashovchi xalqning millati. «yop» so`zi xorazmcha bo`lib, ariq yoki kanal ma`nosini bildiradi. Bu qishloq qo`shni Turkmaniston erlariga yaqin bo`lgani uchun ular bu ariqni o`zbekning yopi, ya`ni arig`i deyishgan. O`zbekyop qishlog`ining markazi Qorovul deb ataladi. Bu so`zni mahalliy sheva tili ma`nosida qora va ovul deb tushunish mumkin, u bora-bora Qoravul bo`lib qolgan. Download 323.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling