1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Download 327 Kb.
bet14/56
Sana03.02.2023
Hajmi327 Kb.
#1152527
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
Toponomika va tilshunoslik

Kaffoli SHoshiy maqbarasi
Bu me`moriy obyda Zarqaynar ko`chasida Hazrati Imom (Xastimom) nomi bilan mashhur bo`lgan imom Abu Bakir Muxdmmad ibn Ali ibn Ismoil al-Kaffol ash-SHoshiyga atab qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Kaffol SHoshiy maqbarasi me`mor G`ulom Husayn tomonidan 1541 — 1542 yillarda qurilgan. eshik tepasidagi kitoba va gumbazning pastki qismidagi yozuvlar saqlangan. Maqbara tarxi chortoq bo`lib, o`rtadagi katta xona qo`sh qavat gumbaz bilan yopilgan. Maqbara burchaklarida ikki va uch qavatli sakkiz yoqli va to`rtburchak hujralar bor. Katta xonaning uch tomoni peshtoqli Maqbaraning janubiy tomonidan qadimgi qabrli hovliga chiqiladi. Maqbaraning tashqi tomonlari bezaksiz. Maqbara 1960 yilda ta`mirlangan.

Статья I.Hazrat imom kompleksi


O`z davrining o`qimishli kishilaridan biri bo`lgan imom, Abu Bakr Muhdmmad ibn Ali ibn Ismoil al-Kaffol al-SHoshiy (904 —976)ning qabri asos qilinib bunyod etilgan obida. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston hamda me`morchilik yodgorliklari kompleksi (Kaykovus bog`i bilan birga) Hazrati imom nomi bilan ataladi. Dastlab, XVI asrning 30- yillarida ikkita maqbara qurilgan, kattasi Toshkentning shayboniylar sulolasidan bo`lgan Xoni Suyunchxo`jaxon maqbarasi, deb taxmin qilinadi. XVI asrning 50- yillarida bu binolar Barakxon madrasasi me`morchilik yodgorliklari tarkibiga qo`shilgan. O`sha davrda Hazrati imom qabri ustida Kaffol SHoshiy maqbarasi buntyod etilgan. XVI asr oxirlarida uning qarshisida «Qo`sh» uslubida Kaffol SHoshiyning` avlodi, Boboxoji maqbarasi qurilgan (bu bino 1939 yili buzib tashlangan). XVI asrda Xastimom kompleksida sayrg`oh bog` bo`lgan (asriy chynorlar, qayrag`och va boshqa daraxtlar, hovuz va ayvonlar mavjud edi), xalq sayillari o`tkazilgan. XIX asr o`rtalarida Barakxon madrasasi ro`parasida Namozgoh, (tillashayx), Mo`yi muborak madrasasi, Jome masjidi (saqlanmagan) qurilgan. XX asr boshlarida 6 ustunli 12 gumbazli Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Hazrati imom kompleksida Movarounnahr musulmonlari idorasi joylashgan.
SHunday qilib, biz Toshkent shahri va vohasidagi toponimlarni ilmiy asosda, tarixiy hujjatlar, manbalarga suyanib, turli-tuman nomlarning bir guruhininggina tarixini o`rganib chiqishga muvaffaq bo`ldik. Agar sizlar ham o`z jonajon maktabingiz, kolxoz, sovxozingiz, qishloq va rayoningiz hududidagi nomlarning kelib chiqishi bilan qiziqsangiz mana shunday toponimik ma`lumotlarga ega bo`lasiz. Bu esa jonajon o`lka tarixini o`rganishda, uni sevishda, olgan bilimla-ringizni chuqurlashtirish va rivojlantirishda, ijodiy izlanishingizda sizga yaqindan yordam beradi.

3. Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari toponimikasini o`rganish





Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling