1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 327 Kb.
|
Toponomika va tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarautsoy qo`riqxonasi
Jarqo`rg`on minorasi — hozirgi Jarqo`rg`on rayoni markaziga yaqin erda bundan 860 yil burun bunyod etilgan ajoyib minora qad ko`tarib turibdi. Bir vaqtlar bu minora masjid bo`lib xizmat qilgan. Bizgacha minoraning xarobasigina etib kelgan. Hozir minora ta`mirlanib asl holiga keltirildi. Minora o`rta asrga xos SHarq me`morchiligida munosib o`rin egallaydi. Baland minoraning qubbasi shaxdrga fayz baxsh etadi. O`sha vaqtlarda so`filar shu minora tepasidan turib azon aytganlar. Minoradan atrofga har xil voqealar to`g`risida darak berishda ham foydalanganlar. Minora XII asrda qayta tiklangan. Minora bezaklari g`ishtdan ishlangan. U pastdan yuqoriga tomon ingichkalantirib qurilganki, bu osmono`par minorani tomosha qilish kishiga zavq baxsh etadi. Minora ichiga sakkiz qirrali qilib supacha o`rnatilgan. Minora tashqarisiga ishlangan o`n olti dumaloq kolonna esa xuddi minoraga o`ralgan lentaga o`xshab turibdi. Minoraning pastki qismidagi ettita qirrasiga g`ishtni o`yib yozuv yozilgan bo`lib, sakkizinchi qirra bilan to`qqizinchi qirra oralig`idagi yo`l orqali minoraning ichidagi aylanma zinapoyalariga chiqiladi. Minoraning saqlanib qolgan yozuvlaridan birida shu minorani yaratgan me`morning ismi va bunyod etilgan yo`li ko`rsatilgan. Me`morning ismi Ali bo`lib, hozirgi Turkmanistonning Seraxs shahrida istiqomat qilgan Muhammadning o`g`li ekan. Minora hijriy 502 yilda, ya`ni 1108—1109 yillarda bunyod etilgan. Minoraning yuqori qismi vayron bo`lib ketgan. Qolgan qismining balandligi 30 metr chamasi keladi. Tadqiqotchilarning taxminiga qaraganda, minoraning balandligi 40 metrdan ortiq bo`lgan. Uning aylanasi 17 metrcha keladi.
Zarautsoy qo`riqxonasi — Termizdan yuz kilometr narida KO`hitog` oralig`ida Zarautsoy nomli manzarali joy bor. Er osti suvlari, yomg`ir va shamol natijasida qoyalarda juda ko`p shalolalar, g`orlar paydo bo`lgan. 1932 yilda ovchi va o`lkashunos I. F. Lomaev tog`li qishloq aholisidan zaraut — kamar nomi bilan mashhur bo`lgan «Qizil suratli g`orlar» to`g`risidagi afsonani eshitib qoladi va bu sirli rasmlar hiqidagi ma`lumotni Surxondaryo viloyati o`lkashunoslik muzeyiga ma`lum qiladi. Toshlarga tushirilgan rasmlar olimlar e`tiborini o`ziga tortadi. Arxeologlar va rassomlar barcha g`orlarni o`rganishadi. Tekshirishlar natijasida toshlarga solingan 200 dan ortiq rasm aniqlandi. Lekin ulardan faqat o`ttiztasigina yaxshi saqlanib qolgan bo`lib, ibtidoiy jamiyat kishilari ovchilik bilan shug`ullanganliklaridan dalolat beradi. Zarautsoy toshlaridagi rasmlarning nusxasi olingan bo`lib, ular viloyat o`lkashunoslik muzeyi fondida saqlanmoqda. Zarautsoydagi rasmlar tosh davriga, ya`ni paleolit, mezolit, neolit davrlariga mansubdir. Ba`zi rasmlar mezolit davrining oxirlarida yaratilgan bo`lsa, ba`zilari milodimizdan oldingi III — II asrlarda kashf etilgan, ayrimlari milodimizning boshlanishiga yaqin bunyod etilgan bo`lsa ajab emas. Ming yillar o`tishi bilan rasmlar o`z rangi va sayqalini yo`qotgan bo`lsa-da, uzoq o`tmishdan saqlanib qolgan yodgorlik sifatida qimmatlidir. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling