1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
Download 327 Kb.
|
Toponomika va tilshunoslik
CHirchiq — Sirdaryoning o`ng irmog`i, Toshkent vohasini deyarli shu daryo sug`oradi. Park yoki Parak deb ham atalgan. Obi turk varianti ham bor. V. V. Bartol’d ma`lumotlariga ko`ra, CHir nomi birinchi marta Temur tarixida tilga olindi. «Boburnoma» da «CHir siyi» deyilgan. «Abdullanomada» esa «CHir daryosi CHirchiq nomi bilan ko`proq mashhur» deyiladi. e. Mirzaev (SMGT, 257- bet), H. Hasanov (UOJNT, 56-bet) «tezoqar», «shovullagan» deb izohlaydilar. CHirchiq vodiysida CHirchiqning Qolgan o`zani bor. «Qolgan» so`zi gidronimlar tarkibida (Masalan, Sirdaryo Sirdaryo viloyatida, Qolgandaryo Farg`ona viloyatida, CHirchiq shahri esa Toshkent viloyatida) ko`p uchraydi.
Piskent — Toshkent vohasining qadimiy shaharlaridan biri. X asr geograflarining ma`lumotlariga qaraganda, Iloq davlati tarkibiga kirgan. Pushti Mahmud tepaligi Piskentning dastlabki qismi bo`lib, u VI-VII asrlarda shahar qiyofasini ola boshlagan. SHosh (Toshkent) dan Farg`onaga o`tgan savdo yo`lining qulay joylashganligi tufayli IX — X asrlarda bu erda qadimiy tarixchilar tomonidan «Biskent» deb atalgan shaxarcha paydo bo`lgan, u «Yigirma xonadonli shahar» ma`nosini bildiradi. Piskent o`z nomini o`rta asrlarda olgan bo`lib, o`sha vaqtda shaharda yigirmata karvonsaroy bo`lgan va ular orqali Toshkentdan Qo`qon, Xo`jand kabi bir qancha shaharlarga savdo yo`li o`tgan. Parkent — bu qishloq Toshkentdan 50 — 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloqning Parkent deb nomlanishi haqida xalq orasida turli fikrlar va afsonalar mavjud. Ayrim kishilar bu qishloq oldin bir necha qishloqlardan iborat bo`lib, Parkent ularning birlashishidan tashkil topgan, desalar, boshqalar qishloqning qoq o`rtasidan kesib o`tgan Parkent soyi sababli qishloq teng ikkiga bo`lingan va shuning uchun uning nomi Parkent, ya`ni juft deydilar. Lekin qishloq nomining asl ma`nosi haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Iskandar — bu CHirchiqdan birinchi suv oluvchi kanalning nomi. 1889 yili bu kanal o`rnida kichik bir «sart» arig`i bo`lgan, bu ariqni podsho Aleksandrning qarindoshi Konstantin Romanov qayta qurdirib, unga «Oq podsho» Aleksandr nomini qo`ydiradi. U joy obo donlashtirilib, axoli yashaydigan joyga aylantiriladi va erli xalq odatiga ko`ra Aleksandrni Iskandar deb yurita boshlaydilar. Hozirgi kunga qadar ham shu nom bilan yuritilib kelinmoqda. Betagali — Toshkent viloyatida Betagalisoy, Betaga-li degan joylar mavjud. Betaga so`zi mayda o`t demakdir. Bu o`t buta-buta, ya`ni to`p-to`p bo`lib o`sadi. ehtimol, butaka so`zi vaqtlar o`tishi bilan «betaga» bo`lib ketgandir. Bobur aytgandek, betagani ayniqsa yilqi yaxshi ko`radi. Betaga egan yilqi yaxshi semiradi. Betagali yaylovda yurgan biyalarning qimizi yog`li va yoqimli bo`ladi. Betagalisoy va Betagali — Qo`ytosh degan joylarda hali ham yilqilar boqiladi. Sirdaryo va Farg`ona viloyatlarida ham Betagali — Qo`ytosh degan yaylov va yassi tog` bor. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling