1-topshiriq Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish Reja: Ichtimoiy pedagogika tushunchasi
Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari
Download 42.49 Kb.
|
Mohir pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari. O’zbekistonning zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari
Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari
MADANIYAT DIN TA’LIM OILA IJTIMOIY INSTITUTLAR 3-Ilova Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat mе'yorlari va axloq qoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi Oila – ijtimoiylashishning yеtakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kеrak bo’lsa shu jamiyatdan oladi. O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari. O’zbekistonning zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi: Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish sharoitida davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari I.Karimov asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan. Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish choralari to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq etish. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi. I. Ijtimoiy muammolarga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi milliy havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun vaqtida choralar qabul qilish nihoyatda muhimdir. Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi, turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot tarzining buzilishini keltirib chiqardi. Shuning uchun O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning maqsadi quyidagilardir: Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash; Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni ta’minlash. Mustaqillik yillarida ko’rsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon bo’ladi: -ishlab chiqarishni barqarorlashtirish; -davlat mablag’laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik fond va tashkilotlarining mablag’larini yo’naltirish; -aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yo’l qo’ymaslik; -kambag’allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish. Milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini inobatga olib, eng kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga mahalla qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini ta’minlaydi. Respublikada mustaqillik yillaridan to bugungi kunga qadar olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo’lib davlatimiz Prezidenti tomonidan chiqarilgan har bir sohaga tehishli bo’lgan Farmon, Qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo’nalishlarga doir hujjatlar xizmat qilmoqda: O’tgan yillar davomida chiqarilgan hujjatlarni o’rganar ekanmiz yildan yilga jamiyatimizfa bo’layotgan o’zgarishlar, islohatlarning barchasi inson manfaatlariga qaratilganligiga guvoh bo’lamiz. Download 42.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling