1-topshiriq.
Jadid maktablari va ularda o’qitish tizimini o’zlashtirishga
doir blits-so’rov savollari
1. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida maktab va pedagogik fikr rivojlanishini
qanday sharhlaysiz?
2. Jadid ya’ni “Usuli jadid”ning ma’nosi nima va uning asoschisi deb kim tan
olingan?
3. Turkistonda birinchi yangi usul maktabi qachon ochildi?
4. Jadidlar milliy uyg’onishning asosini nimada ko’rdilar?
5. Jadidlarning harakat dasturi qaysi masalalarni hal qilishga qaratilgan edi?
6. Milliy uyg’onish dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qaysi jadid
ma’rifatparvarlar o’z g’oyalari bilan qatnashdilar?
7. Yangi usul maktablarining afzalliklarini ayta olasizmi?
8. Yangi usul maktablari bilan bir qatorda mavjud bo’lgan maktablarni aytib
bering.
9. Nima uchun Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari “
bodroqdek ochildi” ?
10. Yangi usul maktabida ta’lim –tarbiya dasturi haqida ma’lumot bering.