1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 24.22 Kb.
bet5/6
Sana05.08.2023
Hajmi24.22 Kb.
#1665394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar. 1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring -www.hozir.org

Yangi va eng yangi davr

Ushbu davr falsafa rivojida keskin o’zgarishlarga boy bo’lgan. Yangi va Eng yangidavr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta’limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniymodernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm Foma Akvinskiy ta'limotiga asoslanadigan

zamonaviy katolik falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo‘lib hisoblinadi. 1879 yilda uVatikanning rasmiy doktrinasi maqomiga ega bo‘lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik“yangilanishi” ga sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi.

Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaningajralmas bog‘liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e'tibor Xudo va olamning o‘zaromunosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy taraqqiyot sohasida “kapitalistik

individualizm” va “marksistik kollektivizm” oralig‘idagi “uchinchi yo‘l” bo‘ylab harakat qilishzarurligi ta'kidlab o‘tiladi. Cherkov va jamiyat muloqotiga oliy diniy-axloqiy qadriyatlarni

hozirgi zamon madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent

g‘oyalarning mavjudligi fundamental qadriyatlar sifatida tan olinadi. Bu oqimning taniqli

vakillari Eten Jilson (1884-1978) , Jak Mariten (1882-1973) lardir. Teyyar de Sharden (1881-

1995) xristian evolyusionizmi asoschisi bo‘lib, bu ta'limot diniy modernizmning bir ko‘rinishi
hisoblanadi.


Yangi davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining "oltin asri" hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi.


Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AЈShda keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yo`llari va usullari haqida muloxaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.


Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dyui va boshqalardir. Ularning ta’limotida olamning o`zgaruvchanligi o`z ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o`zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni kabo`l qilishni talab etuvchi hodisalar majmui sifatida ta’riflaydilar.





Download 24.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling