Tillar masalasi hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan, maktab hayotida dolrzab muammolardan biri, binobarin, milliy masalaning tarkibiy qismi sanaladi. Bu xususda vaqtli matbuot, radio va televideniye orqali turli sohalarning vakillari, pedagoglar va yirik mutaxassis olimlar keng fikr yuritmoqdalar. Ana shu chiqishlar oqituvchilarni ona tilidan chuqur bilim berishga, yoshlarni shu fannni mehr-muhabbat bilan organishga davat etmoqda. Buni maktabimizda tashkil etilgan «yosh tilshunoslar» togarak faoliyatida yaqqol korish mumkin. Togarakda til muammolariga oid temalar organiladi, vaqti-vaqti bilan kecha va uchrashuvlar otkaziladi. «Oz ona tilimizni sevamiz» temasidagi adabiy-badiiy kompozisiya ana shunday yirik tadbirlardan biridir. Quyida shu mavzuga bagishlab maktabda otkazilgan va mutaxassis oqituvchi-lar, ota-onalar hamda yoshlarga manzur bolgan kechaning ssenariysi hamkasblar etiboriga havola etilayotir.
Kecha maktabning katta zalida otkaziladi. Sahnada «Biz oz tilimizni va Vatanimizni sevamiz» shiori yaqqol kozga tashlanib turadi.
|
|
Darsliklar, tilga oid adabiyotlar oquvchilarning namunali daftarlari korgazmasi tashkil etiladi. Oq kartonga yirik qilib yozilgan arab garfikasi (1000-1929 yillar), lotin grafikasi (1929-1940), rus grafikasi (1940 yildan hozirgacha) asosdagi ozbek alfaviti, togarakning «Tilga etibor elga etibor» gazetasining maxsus soni devorga osiladi.
Adabiy kompozisiya quyidagi sher bilan boshlanadi.
Boshlovchi:
Tunov kuni barcha darslar
Majlis qilib qolishdi.
Bu yig’inda barcha do’stlar
Galma-gal so’z olishdi.
Shunda dedi ona tili:
Soz bering bizga qani
Oz tilini bilmay turib,
Bilish qiyin boshqani.
Birinchidan savod kerak
Organishga har fanni.
Fikrlari ravon oqar
Tilni yaxshi bilganni.
|